1-mavzu: O‘zbekiston-yagona vatan!


Download 440.66 Kb.
bet1/4
Sana19.02.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1214114
  1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy 1


1-MAVZU: O‘ZBEKISTON-YAGONA VATAN!

Vatan ona, Vatan chamandir,


Vatan quyosh, Vatan osmondir.
Vatan she’rdir, Vatan xayoldir,
Vatan tuproq, Vatan iymondir.
1- topshiriq. Matnni oʻqing va ma’nolarini izohlang.
Vatan – yagona kenglik. Vatandan tashqarida vatan yoʻq. Mana shuning uchun inson faqat jonajon yurtida oʻzini magʻrur, xotirjam his qiladi. Vatan sevgisidan Yurak yorugʻ, e’tiqod va imon uygʻoq. Jamiki insoniy jasoratlarning onasi – Vatan. Oʻz diyorida kishining qoʻrqishga, bosh egib yashashga haqqi yoʻq. Chunki bu – Vatanga munosib boʻla olmaslik, yanada yomoni uning sha’nini tahqirlashdir. Vatan ishqi oʻlimdan ustun. Qalbida vatan muhabbati bor kishini dunyodagi hech bir yovuz, hech qaysi jallod yenga olmagan. Qiynagan, ayovsiz haqoratlagan, oʻldirgan, lekin magʻlub qilolmagan. Vatanni sevish – burch, kurash, zarur chogʻda, hech ikkilanmasdan jonni qurbon qilishdir.
Vatan nima oʻzi? Vatan – ona allasi taralgan, beshiging izlari chizilgan zamin. Ajdodlaring koʻmilgan qabriston, ota – onangning izlari qolgan koʻchalar, sening lahjangda soʻzlashadigan, qosh-u koʻzi xuddi sening kabilar yashaydigan qadrdon yer – Vatandir!
Birinchi bor bahorni tanigan, ilk bor varrak uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan joying, birinchi oʻqituvchi, birinchi muhabbatingni tanitgan makon – Vatandir!
Tarix, til, xalq, tabiat – biz bularni bitta nom bilan Vatan deb ataymiz. Vatan tuygʻusi eng ulug‘ tuyg‘u. Har bir inson o‘z vatanini sevadi. Ha, Vatan taqdiri, bu – ona til va muqaddas tarix qismati. Vatan hayoti deyilganda “eng soʻnggi nonin” ham “oʻzi” yemay farzandiga tutgan zahmatkash xalq toleyi, u yashayotgan tabiat sogʻlomligi anglashilishi kerak.
Vatanni bilish – dunyoni bilish, oʻzlikni anglash, har bir insonning butun bashariyat bilan qanchalik bogʻliq, aloqador ekanini tushunish yoʻli ham demakdir.
Matnni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. Vatan tuygʻusi deganda nimani tushunasiz?
2. Oʻzbekistonning ob-havosi qanday?
3. Oʻzbekiston bogʻlarida nimalar yetishtiriladi?
4. Oʻzbekistondagi qanday tog‘larni bilasiz?
5. Oʻzbekiston hududidagi daryolar nomini sanag.
6. Vatan so‘zining sinonimlarini toping?



Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling