1-mavzu: O‘zbekiston-yagona vatan!


Download 440.66 Kb.
bet2/4
Sana19.02.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1214114
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy 1

2-topshiriq. Vatan, ona, tuproq, yuksalmoq, chiroyli, ajdodlarimiz, foydali, burch, ardoqla soʻzlari ishtirokida matn tuzing.
3- topshiriq. Quyidagi maqollarning ma’nosini izohlang.
1. Oʻz uyim – oʻlan toʻshagim. 2. Har kim oʻz uyida xon.3. Begona tuproq – devona tuproq. 4. Bulbul chamanni sevar, odam – Vatanni. 5. Vatan qadrini bilmagan oʻz qadrini bilmas. 6. Vataning tinch – sen tinch. 7. Ona yurting – oltin beshiging. 8. Ona yurting omon boʻlsa, rangi roʻying somon boʻlmas.

Oʻzbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror oʻlkalardan biridir. Uni umrida bir bor koʻrish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bagʻrida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne’matlaridan bahramand boʻlamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi.


Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning oʻrta va shimoliy qismida joylashgan mamlakat. U shimoli-sharqda Qirgʻiziston, shimol va shimoli-gʻarbda Qozogʻiston bilan, janubiy-gʻarbda Turkmaniston, janubiy-sharqda Tojikiston bilan, janubda qisman Afgʻoniston bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 447 ming 400 kvadrat kilometr. Maydonining beshdan toʻrt qismi tekislik, oz qismi togʻ, adir, togʻ yonbagʻirlaridan iborat. Oʻzbekiston hududidan Markaziy Osiyoning eng katta daryolari — Amudaryo va Sirdaryo oqib oʻtadi. Mamlakatimizning sharqiy va janubi-sharqiy qismida Tiyonshon, Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor togʻlari bor. Bu togʻlar orasida Fargʻona, Zarafshon, Kitob — Shahrisabz, Surxon — Sherobod, Chirchiq — Ohangaron kabi katta vodiylar joylashgan. Aholining asosiy qismi ana shu vodiylarda yashaydi.
Y urtimiz tasviri tushirilgan xaritaga diqqat bilan qarab koʻrganmisiz? Unda har bir viloyat alohida ajralib turibdi. Har bir mintaqa va viloyat o‘zining betakror tabiati, odamlari, shahar va qishloqiariga ega. Prezident Islom Karimovning “Vatanimizdagi har bir viloyat, tuman, har qaysi shahar-qishloq — barchasining oʻziga xos qiyofasi, fayz-u tarovati bor” degan soʻzlari ana shu haqiqatni nazarda tutib aytilgan.
O ʻzbekistonda foydali qazilmalar va mineral xomashyo zaxiralari juda serob. U oltin zaxirasi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi, uni qazib olish boʻyicha esa yettinchi oʻrin turadi. Shuningdek, mamlakatimiz uran zaxiralarining miqdori boʻyicha ham yetakchi oʻrinni egallaydi. Bu yerda neft, gaz resurslari ham koʻp. Yurtimizda, shuningdek, mis, kumush, litiy, fosfor, kaliy kabi mineral qazilmalarning ham boy zaxirasi mavjud. Bundan tashqari, Vatanimiz hududi ko‘mir zaxiralariga ham boy. Mamlakatimizda 20 ta marmar koni, 15 ta granit va qimmatbaho toshlar koni aniqlangan. Ulardagi toshlar rang-barang va noyobdir.

Vatanimiz mustaqillikka erishganidan soʻng oʻzining yer osti va yer usti boyliklariga toʻla egalik qilib, ulardan samarali foydalana boshladi. Bu esa uning iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qilmoqda. Qashqadaryodagi Koʻkdumaloq kompressor stansiyasi, Shoʻrtangazkimyo majmuasi, Buxorodagi Neftni qayta ishlash zavodi, Qoraqalpogʻistondagi Qoʻngʻirot soda zavodi, Dehqonoboddagi kaliyli oʻgʻitlar zavodi kabi oʻnlab yirik sanoat korxonalari, zamonaviy temir va avtomobil yoʻllar istiqlol yillari barpo etilib, xalqimiz va Vatanimiz manfaatlari yoʻlida xizmat qilmoqda.


B iz “Neksiya”, “Damas”, “Matiz”, “Lasetti”, “Epika”, “Kaptiva”, “Spark” yengil avtomobillarini, “Suzuki” avtobuslarini yaxshi bilamiz. Bular istiqloldan keyin o‘zimizda, Asaka va Samarqand shaharlarida, ish boshlagan avtomobil zavodlarida tayyorlanishidan ham yaxshi xabardormiz. Bu yurtimizning qisqa muddat ichida oʻz avtomobilsozlik sanoatiga ega boʻlgani bilan bogʻliq. Dunyoda avtomobilsozlik sanoatiga ega boʻlgan 28 davlatning biri Oʻzbekiston ekani bizga katta g‘urur-iftixor baxsh etadi.

4- topshiriq. Quyidagi she’rni yod oling va ma’nosini izohlang.





Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling