1-mavzu: O‘zbekiston-yagona vatan!
Download 440.66 Kb.
|
Amaliy 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ish Vatan haqida maqol, hikmatli soʻz, rivoytlarni o‘qing. Ma’nosini oʻzlashtiring. GRAMMATIKA
Vatanim
Muhammad Yusuf Men dunyoni nima qildim, Oʻzing yorugʻ jahonim, Oʻzim hoqon, Oʻzim sulton, Sen taxti Sulaymonim. Yolgʻizim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, Oʻzing mening ulugʻlardan Ulugʻimsan, Vatanim… Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onam deymi, Hamdard-u hamxonam deymi, Oftobdan ham oʻzing mehri Iligʻimsan, Vatanim. Mustaqil ish Vatan haqida maqol, hikmatli soʻz, rivoytlarni o‘qing. Ma’nosini oʻzlashtiring. GRAMMATIKA: ORFOEPIYA QOIDALARI. OʻZBEK TILIDA TOVUSHLAR TIZIMI Orfoepiya tilshunoslikning mustaqil kichik boʻlimi boʻlib, "orfo" toʻgʻri, "epos"-aytaman deganidir. Bu boʻlimda adabiy talaffuz me’yorlari, ogʻzaki nutq qonun-qoidalari oʻrganiladi. Masalan, talaffuzda jarangli soʻzlar jarangsiz talaffuz qilinadi. Obod-obot, izsiz-issiz, aytdi-aytti; qoʻsh undosh bilan tugagan harfning biri tushib qoladi. Rost-ros, artist-artis, musht-mush; yonma-yon kelgan unlilar oʻrtasiga y orttiriladi. Rais-rayis, oila-oyila; o unlisi oʻzlashma soʻzlarda oʻ talaffuz qilinadi. Stanok-stanoʻk, tok-toʻk va boshqalar… Nutqning xarakteriga ko‘ra, adabiy talaffuzni 2 guruhga ajratish mumkin: to‘liq talaffuz; qisqargan talaffuz; ma’ruzachilar, aktyorlar, diktorlar nutqi to‘liq talaffuzni aks ettiradi, chunki bunda har bir so‘z, uning morfemalari adabiy til qoidasiga mos ravishda to‘la, aniq, dona-dona talaffuz qilinadi. So‘zlovchi o‘z nutqiga beparvo qarashi orqasida, o‘z shevasi ta’sirida ayrim fonemalar turli o‘zgarishlarga duch keladi, so‘zning ba’zi birliklari qisqaradi. Masalan, olib keldi — obkeldi; olib bordi — obbordi. Bu qisqargan talaffuzdir. O‘zbek adabiy tilining asosiy orfoepik qoidalari unli va undosh fonemalarning talaffuzi, morfologik birliklarning aytilishi, so‘z birikmalarining talaffuz qilinishi kabilarni o‘z ichiga oladi. Shunga ko‘ra umumiy orfoepik me’yorlar belgilanadi. Orfoepik me’yorlar, odatda, transkripsion belgilar vositasi bilan ifodalanadi. Orfoepiya orfografiya bilan zich bog‘langan. Biroq so‘zning yoki so‘z shakllarining jonli talaffuzi hamma vaqt ham ularning yozuvdagi ifodasiga teng bo‘lavermaydi. Jumladan, yozuvda bor ba’zi tovushlar talaffuzda sezilmaydi: biroq, bilan, tuhmachchi, adabiyochchi kabi yozuvda berilgan tovushlar talaffuzda tushib qoladi: badbax, ayolman, abstrak, Samarqan kabi yozuvda ifodalangan tovush talaffuzda boshqasi bilan almashtiriladi: obod-obot, kitob-kitop, peshvoz-peshvos kabi. Talaffuzdagi ana shu murakkab tomonlarni hisobga olgan holda yagona orfoepik qoidalar yaratish lozim bo‘ladi. Download 440.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling