Darsning jihozi:darslik,Boborahim Mashrab siymosi,tarqatmalar,Mashrab g’azallaridan namunalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Boborahim Mashrab hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.Mashrab lirikasi haqida qanday ma’lumotlarni bilib oldingiz.Draslikdagi ma’lumotlar asosida bahs-munozara;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Mashrab tasavvuf adabiyotining mashhur vakilidir.Barcha so’fiy shoirlar kabi uham nafsni yengish orqali ko’ngilni yuksaltirish,ruhni poklantirish,o’tkinchi dunyo havaslaridan ustun bo’lishga urinadi,insonga uning moddiy mavqeidan wmas,ma’naviy fazilatlaridan kelib chiqib yondashadi.
So’fiy shoirlarni ilohiy ishq kuychilari deyishadi.Lekin ishqni kuylashda har bir shoirning o’z yo’li,o’zgachaligi bor.Mashrab ko’ngildagi ishq olovi qanday bo’lsa,unni shundayligicha she’rga ag’daradi.
Ollohga bo’lgan muhabbatini ochiq izhor etadi.Shuning uchun ham she’rlarini o’qigan kitobxon oshiq shoir ko’nglidagi jununni,betoqatlikni aniq his qilib turadi.Shoir boshqa mavzularni ham qalamga olb o’tgan.
Arshning kungurasin ustida qo’ydim ayoq’im,
Lomakondin joy olibman,bu makonni na qilay?
II,Mashrab she’riyati haqida daslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish va matn ustida ishlash.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.”O’ttum”radifli g’azalini ifodali o’qish va g’azalni g’oyaviy’badiiy tahlil qilish.
Ishq vodiysidin bir kecha hay-haylab o’ttum,
Monandi nayiston guliga o’t qalab o’ttum.
Ofoqni bir lahzada kezdim na ajabdur,
Mino tog’idin akkasidan hakkalab o’ttum…
Bu g’azal so’fiy shoirning ishqdagi holati,tariqat-poklanish yo’lidagi a’moli tasviri va tavsifiga bag’ishlangan.She’rning birinchi baytida Yaratgan bilan yaqinlik hosil qilgan va buning natijasida o’zining jismoniy o’zligidan kechib borayotgan oshiq timsolini ko’ramiz.Baytda ishq bir vodiygab o’xshatilmoqda .Bu vodiy jism bilan oyoqda yurib o’tilmaydi,balki qalb bilan qalbdagi yo’nish bilan behud bo’lib(o’zlikni yo’qotib) hay-haylab o’tiladi…
Do'stlaringiz bilan baham: |