Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.”Fasli navbahor o’ldi..”matla’li g’azalini ifodali o’qish va g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:
Fasli navbahor o’ldi ketibon zimistonlar,
Do’stlar, g’animatdur ,sayr eting gulistonlar.
Bu g’azal tabiat lirikasining go’zal namunasi.Unda ko’klam kelishi bilan tabiatga ro’y berayotgan g’ozal o’zgarishlarni g’oyat sinchiklab kuzatgan shoirning qalb kechinmalari aks etgan.Shoir bahor kelib,zimistonlar ketgan ekan,do’stlarini g’animat bu damlarda gulistonda sayr etishga chaqiradi…
II.G’azal haqida darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish.
III.Test sinovi:
1.Furqat qanday oilada tug’ilgan?
A.Kosib B.Savdogar C.Dehqon D.Temirchi
2.Yoshligidan puxta egallagan hunari
A.Xattotlok B.Mirzalik C.Savdogarchilik D.Temirchilik
3.Qo’qong qaytgan adib qaysi asarini yaratadi?(1880-yillarda)
A.”Nuh manzar” B.”Sarguzashtnoma”
C.”Hammomi xayol” D.”To’y tavsifi”
4. “To’y tavsifi”,”Gap ta’rifida”,”Aza tavsifi”Furqatning qanday asarlari hisoblanadi?
A.Publisistik B.Ilmiy C.Badiiy D.Nasriy
5.Kolomindin halovat topmog’I jonlarni ondinkim,
Dahon nozik,zabon nozik ki lab nozik,suxan nozik
Baytda qanday badiiy tasvir vositasi qo’llanilgan?
A.Tazod B.Talmeh C.Jonlashtirish D.Mubolag’a
Javoblar:1.B 2.A 3.C 4.B 5.D
Uyga vazifa: Shoirning lirik merosi haqidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish va g’azallar tahlili
O’quvchilar bilimini baholash
Sana:
Sinf: 9 “A”-sinf
Darsning mavzusi: Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat lirikasi,
g’azallarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy-o’quvchilarga Zokirjon Xolmuhammad o’gli Furqat lirikasi haqida ma’lumot berish,g’zallarni ifodali o’qib,undagi g’oyaviy-badiiy xususiyatlarni tahlil qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |