1-9 Adabiyot 9-sinf


Download 288.05 Kb.
bet76/137
Sana21.04.2023
Hajmi288.05 Kb.
#1371636
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137
Bog'liq
9 sinf adabiyot fanidan dars ishlanm

Darsning jihozi:darslik,Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon siymosi,qo’shimcha badiiy adabiyotlar,tarqatmalar”Kecha va Kunduz”romani;
Abdulla Qodiriy siymosi,”O’tkan kunlar”romani
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Cho’lpon hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.”Kecha va Kunduz”romani asosida berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlash.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Bahs:Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” va Cho’lponning “Kecha va Kunduz”romanidan olingan taassurotlar asosida:”Romandan olgan taassurotlarim”
II.Asar matnlaridan ifodali o’qish va asarda ilgari surilgan g’oya va badiiyat haqida suhbat.Matndagi g’oya asosida qahramonlarga xos fazilatlarni ochib berish.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Berilgan insho mavzulariga mos reja tuzish va mavzularga mos epigraf tanlash:

1. Insho
Otabek va Kumush timsollariga tavsif
Reja:
1.Xon qiziga loyiq bir yigit.
2.Ota-ona orzusi.
3.Kundoshlikning achchiq qismati. Moziyga qarab ish ko’rmoq xayrlikdir. (Abdulla Qodiriy)



  1. Insho

Zebi timsoliga tavsif
Reja:
1.Baxtli onlar yakuni.
2.Kundoshlikning achchiq zahri.
3.Zebi-o’zbek ayoli siymosi.
Men dutor bilan tug’ishgan,
Ko’hna bir devonaman.
Ul tug’ishgonim bilan,
Bir o’tda doim yonaman.
(Cho’lpon)

II.O’quvchilar tuzgan rejalarni ko’rish,tahlil qilish va ular sosida fikrlar bayonini tinglash.
III.O’quvchilarning inshoga tanlab olingan epigraflarning insho mavzulariga qanchalik mos ekanligi yuzasidan suhbat.
Uyga vazifa:Tuzgan rejalar asosida berilgan ikki mavzu(1)”Otabek va Kumush timsollariga tavsif”;2)”Zaynab timsoliga tavsif”)dan biriga insho yozib kelish.
O’quvchilar bilimini baholash


Download 288.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling