1-9 Adabiyot 9-sinf


Download 288.05 Kb.
bet78/137
Sana21.04.2023
Hajmi288.05 Kb.
#1371636
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   137
Bog'liq
9 sinf adabiyot fanidan dars ishlanm

Sana: Sinf: 9 sinf
Mavzu: 7 –nazorat tahlili
Insho:1.Kumush va Otabek timsollarifa tavsif;
2.Zebi timsoliga tavsif.
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy- o`quvchilarning o’tilgan mavzular yuzasidan olgan bilim ,ko`nikma, malakalarini baholash va xatolar ustida ihlash;
b) tarbiyaviy- o`quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat,buyuk ajdodlarga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi- oquvchilarning badiiy asar o’qish salohiyatini takomillashtirish,og`zaki va yozma nutqni o`stirish.
Dars turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:tahlil,xatolar ustida ishlash,nazm gulshani,ijodiy ish;
Darsning jihozi:nazorat ishi daftarlari,buyuk ajdodlar timsolari,Alisher Navoiv va Zahiriddin Muhammad Bobur siymolari,asarlari;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish ,navbatchi axboroti;
b)nazorat ishi daftarlarini tarqatish;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.O’quvchilarning 7-nazorat ishidan olgan baholarini izohlash va tahlil qilish;
II.Xatolar ustida ishlash:
a)imlo xatolari ustida ishlash;b)uslubiy xatolar ustida ishlash;d)ishoraviy xatolar ustida ishlash.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Nazm gulshani:Alisher Navoiy Va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan yod aytish(Alisher Navoiyning 574 yillik va Zahiriddin Muhammad Boburning 532 yillik tavalludlariga bag’ishlab lirik chekinish va o’quvchilarning shoirlar haqidagi fikrlarini tinglash).
II.Ijodiy ish:1.So’z mulkining sultoni
2.Vatan ishqida kuygan shoir
So’z mulkining sultoni
Turk nazmida chumen tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
Alisher Navoiyning bu misralari barcha asarlarini birlashtiradigan oltin ko’prik.Shoir qalami bilan nafaqat turkiy xalqlarni,turkiy yurtlarni ham birlashtirdi.Islom Abdug’aniyevich Karimov bu zotni “Ul zotni avliyo desak,avliyolarning avliyosi,mutafakkir desak,mutafakkirlar mutafakkiri,shoir desak,shoirlarning sultonidir”,-deb ta’riflaydilar.
Zahiriddin Muhammad Bobur “Alisherbek naziri yo’q kishi erdi.Turkiy til bila to sher bitibdurlar hech kim oncha ko’p va xo’p aytqon emas”,-deb ta’rif beradi.

Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq.
Kerak sher oldida ham she’ri jangi,
Agar she’r o’lmasa bori palangi Vatan ishqida kuygan shoir

Zahiriddin Muhammad Bobur Alisher Navoiyni o’ziga ustoz deb bilgan va Navoiy kabi o’zbek adabiyotimiz xazinasini nodir va betakror g’azallari,buyuk “Boburnoma”asari... bilan boyitdi.Bobur bizga Vatanni sevishni,uning har bir qarich tuprog’ini asrash...ni o’rgatdi..

Tole’ yo’qi jonima balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim xatolig’ bo’ldi.
O’z yerin qo’yib Hind sori yuzlandim,
Yo Rab,netayin ,ne yuz qarolig’ bo’ldi...

Javohirla’l Neru “Bobur-dilbar shaxs”deb ta’rif beradi.Chunki Bobur Hindistonda turli madaniy yodgorloklar qurdi,ma’naviy-madaniy tarqqiyotiga ulkan hissa qo’shdi,ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi ,turli bog’lar barpo qildi.U ona yurtida amalga oshirmagan orzularini shu yerda amalga oshiradi.Ammo ona yurt sog’inchi uni umrbod qiynaydi..
Charxning men ko’rmagan javr-u jafosi qildimu,
Xasta ko’nglum chekmagan dard-u balosi qoldimu?
II.Ijodiy ishlar tahlili.
Uyga vazifa:Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad g’azallaridan yod olish.
O’quvchilar bilimini baholash


Download 288.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling