O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Oybek hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.Muso Toshmuhammad o’gli Oybek she’riyati,uning g’oyaviy-badiiy olami haqida qanday ma’lumotlarga ega bo’ldingiz?
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Oybekning “Na’matak”she’rini ifodali o’qish she’rni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:
Nafis chayqaladi birtup na’matak,
Yuksakda shamolning belanchagida.
Quyoshda ko’tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o’shshaygan qoya labida
Nafis chayqaladi bir tup na’matak…
Na’matak tog’ning eng yuqori choqqisida o’sadigan oq gul.Shoir mana shu yuksaklikda yolg’iz o’sgan na’matakka chiroyli ta’rif-u tashbihlar berishi blan birga
Unda insoniylik tuyg’ularini jo etadi.Na’matak qanchalik yuqorida bo’lmasin,u insonlarga go’zallik baxsh etishdan charchamaydi.na’matak-kamtarlik timsoli…
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.”Tog’ sayri”she’rini ifodali o’qish va she’rni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:
Axtarib topganimda o’n ikki buloq,
Qalbimda o’n ikki sh’er birdan jo’sh urdi.
Hammasi shivirlaydi sizdek sha’n,inoq,
Ko’ksimda naq o’n ikki bahor yugurdi…
Shoir tabiatning buyuk mo’jizalaridan bo’lmish o’n ikki buloq haqida jo’shib kuylaydi.Unda tashbihlar,jonlantirishlar buloq tasviriga betakror husn baxsh etadi.Bu tuyg’ular beg’ubor va buloq yanglig’ kabi jo’shqin aks ettiriladi..
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash;
1.”…Men hozir Oybekning o’limoldi kunlarini yozishga qanchalik shaylanmay ,qo’lim qaltirab ,nafasim tiqilib qolmoqda…”,-degan fikrlarni kim aytgan?
A.Zulfiya B.Zarifa Saidnosirova C.G’afur G’ulom D.Hamid Olimjon
2.”Na’matak”she’rida qanday g’oyani ulug’laydi?
A.Kamtarlik B.Go’zallik C.Tabiatni asrash D.Manmanlikka qarshi
3.Poyiga yig’laydi kumush qor yum-yum,
Nafis chayqaladi bir tub na’matak-qanday san’at qo’llanilgan?
1A.Mubolag’a B.Tazod C.Tashbih,jonlantirish D.Irsoli masal
4.Quyidagi misralarda qanday san’at qo’llanilgan?
Hammasi shivirlaydi sizdek sha’n ,inoq, Ko’ksimda haq o’n ikki bahor yugurdi.
A.Tashbih ,jonlantirish B.Tardi aks C.Tazod D.Talmeh
5.”Sevinch qaynar,jildirar sof kumushida…”degan misralarda shoir nimani nazarda tutadi?
A.Quyosh nurida suvning tovlanisnini B.Suvning tiniqligi va beg’uborligini
C.Buloq atrofidagi qor uyumlarini D.O’n ikki buloqning ko’zlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |