Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Darslikda berilgan Oybek haqidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish.
II.Qo’shimcha badiiy adabiyotlar Zarifa Saidnosirovaning“Oybegim mening”asaridan Oybekka oid ma’lumotlarni o’zlashtirish;
III.Test sinovi:
1.Oybek qanday oilada tavallud topgan?A.Ziyoli B.Kosib C.Hunarmand to’quvchi D.Temirchi
2.Uning asli kasbi nima bo’lgan? A.Injener B.Doktor C.Arxitektor D.To’quvchi
3.Birinchi she’rlari qaysi matbuotda bosilgan?A.”Tong yulduzi”devoriy gazetasi B.”Sadoyi Turkiston”gazetasi C.”Sharq yulduzi”jurnali D.”Gulxan”devoriy gazetasi
4.”Dilbar-davr qizi”,”O’ch”,”baxtigul va Sog’indiq”qaysi janrda yozilgan?
A.Qissa B.She’r C.Doston D.Ballada
5.Qatag’on davrida yozilgan asari: A.”O’ch” B.”Navoiy” C.”Qutlug’qon” D.”Ulug’ yo’l”
Javoblar:1.C 2.A 3.A 4.C 5.D
Uyga vazifa:Shoir she’rlarini tahlil qilib kelish.
O’quvchilar bilimini baholash
Sana:
Darsning mavzusi: Oybek lirikasi haqida ma’lumot berish,”Na’matak”va “Tog’ sayri”she’rlari
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy- Muso Toshmuhammad o’g’li she’riyatining badiiy va g’oyaviy olami haqida bilim berish va “na’matak” va “Tog’ sayri”she’rlarini ifodali o’qish va sh’rlarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilarda ona tabiatni asrash,uning har bir go’zalligidan bahra olish,she’riyatga,adabiyotga qiziqish tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish.
Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash,ifodali o’qish,she’rlar tahlili,nazariy ma’lumot;
Darsning jihozi:darslik,Oybek siymosi,qo’shimcha badiiy adabiyotlar,tabiat tasvirlari;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;b)kitob-daftarlar nazorati;d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |