1. A. Fitratning ‘’oila ‘’ asarida oila qurish tartibi
Download 23.03 Kb.
|
nazarbek
A. FITRATNING ‘’OILA ‘’ ASARIDA OILA QURISH TARTIBI VA FARZAND TARBIYASI , ’’RAHBARI NAJOT’’ RISOLASINING ‘’BAXTSIZ ODAMLARNING IKKI TOIFASI’’ GA OID QARASHLARI. Reja:
2.Abdurauf Fitratning axloqiy qarashlari 3. ’’RAHBARI NAJOT’’ RISOLASINING ‘’BAXTSIZ ODAMLARNING IKKI TOIFASI’’ GA OID QARASHLARI. Fitrat O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi o‘zbek adabiyotining asoschilaridan, usuli jadid maktablarining nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, nosir, shoir va olim. U madaniyatimiz tarixida shoir va nosir, dramaturg va publitsist, tilshunos va adabiyotshunos, tarixchi va faylasuf, sanʼatshunos va jamoat arbobi sifatida qolgan. 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra Navoiy mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi. Abdurauf Abdurahmon o‘g‘li Fitrat 1886 yil Buxoroda ziyoli oilada tug‘ilgan. Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununlarida o‘qigan. Fitrat arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o‘zlashtirgan. Adibning otasi savdo ishlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, 1918 yilgacha Qashqarda turib qolgan. U asosan, onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo‘lgan. Mustafo bibi Sharq adabiyotini yaxshi bilgani tufayli Bedil, Navoiy, Fuzuliy, Zebuniso, Uvaysiy kabi ulkan shoirlarning g‘azallaridan xabardor bo‘lgan. Fitrat 1909 yili Turkiyaga o‘qishga borib, 1913 yilgacha Istambul dorilfununida tahsil ko‘rgan. «Oila” asarida oilaviy xayotning islohotidan bahs yuritilib, adib najot yo‘llarini axtaradi. Fitratning oilaga nisbatan qarashlari zaminini Qurʼonda shu masala bo‘yicha olg‘a surilgan fikr va g‘oyalar tashkil etadi. Shuning uchun xam bu kitob o‘z vaqtida taraqqiyparvar yoshlar tomonidan samimiy qarshi olingan. Oila asosini to‘g‘ri qurmasdan va yosh avlodni to‘laqonli to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalamasdan turib, jamiyatni isloh qilish, uning rivojini tarqqiyot sari yo‘naltirish mumkin emas. Oxir oqibatda millat taqdiri uning oilasining xolatiga bog‘liq. Bu g‘oya Fitrat asarida o‘z ifodasini topgan: “Xar bir millatning saodati va izzati albatta shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik anashu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat xam shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi.” Oila, Fitratninng talqinida, uch muhim komponentdan iborat: 1)Er. 2)Xotin. 3)Farzandlar. Ana shu uch komponentning xar biri nozik, spetsefik jihatlarga ega. Chunki, er va xotin uchun oila qurish asosiy muammo bo‘lishi bilan birga, bu masala o‘zining muxim qirralariga xam ega. Fitrat oilaning xuquqiy asoslarini yoritib, berishdan avval, masalaning g‘oyat muhim tomonlarini xam yodda saqlaydi. Xayotning farzandlar shaklida davom etishi, Fitrat nazarida, faqat oila emas, balki millatning xam kuch-qudratini, shaʼn-shavkatini bildiruvchi omildir Masalan, Belgiyaliklar va inglizlarni olib ko‘raylik, xar ikkala millat aʼzolari ishchan va xarakatchandir. Lekin ko‘z oldimizga ularni keltirib, muxokama qilsak, ko‘ramizki, ingliz millati belgiya xalqidan yuz barobar ko‘proq kuch va shavkati eʼtiborga egadir. Qizig‘i shundaki, ingliz va belgiyalik millatlar o‘rtasida ilmu-amal va saʼy xarakatda farq yo‘q.Unda shavkatu shon va izzat bobida shuncha farq qayerdan? Bu savolning javobini xar ikkala millatning umumiy sonidan topsa bo‘ladi, yaʼni ingliz milatining axolisi 44 ming, belgiyaliklar esa 7,5 mingga yetadi. Shuning uchun xam ingliz millatining umumiy saʼy-xarakati va amali belgiyalikning saʼy-xarakati va amalidan bir necha marotaba unumlidir. Ingliz millatining kuchi va izzati, eʼtibori xam ana shu saʼy va amallarinning natijasidir. Shundan kelib chiqib, Ovropa xukmdorlari o‘z millatlarining sonini ko‘paytirishga xarakat qiladilar. Ovropa olimi o‘z xalqining nufuziga putur yetsa,: “Ey! Mamlakatimizning sharafi va eʼtibori qolmayapti, Millatimiz nest-nobud bo‘ladi. Sharafimizni, vatan va millatimizni himoya qilish uchun farzand yetishtiringiz,”- deya dod soladi”. Ko‘ramizki, oila va farzand masalasi erkak yo ayolning xususiy masalasi emas. Farzand nafaqat ota-ona xayotining davomi balki ayni paytda millatning xam, iqtidori, obro‘ va eʼtiborini belgilaydigan zanjir xalqasidir. Millat esa vatan, mamlakatning yuragi, demak, millat son jihatidan qanchalik ko‘p bo‘lsa u yashayotgan vatanining xam kuch-kudrati shu qadar ziyod bulishi tabiiy. Oila masalasi: 1)Millat. 2Mamlakat 3) Kishilik jamiyati, degan uchlikni taʼminlab turuvchi muxim bir xalqadir. Fitrat talqinida son, miqdor sifat degani emas, xalqning soni ko‘p bo‘lishi, ammo uni tashkil etuvchi kishilar ishyoqmas, tebsa-tabranmas kishilar xam bo‘lishi mumkin.O‘z saodati, kelajagi, yaxshi yashashi, osuda xayot egasi bo‘lishlik o‘sha millat kishisining xarakatchanligiga xam bog‘liqligini aytadi.” Qaysi millatning nomoyondalari g‘ayratli, shijoatli bo‘lsalar, qo‘l oyog‘i kuchli va chaqqon, xamma aʼzolari sog‘ va faol izzat va eʼtibor soxibi bo‘ladilar” deya taʼkidlab o‘tadi. Fitrat millatning sifati uning miqdori bilan xam bog‘liq tomonlarini anglatgan. Buning uchun qayg‘urgan xam. Oilada millatning qadri va shaʼnini belgilovchi xarakatlar, avvalo er va xotinning iffat, diyonati bilan bog‘liq ekanini xayotiy misollar bilan anglatadi. Abdurauf Fitratning axloqiy qarashlari, milliy o‘zlikni anglash haqidagi g‘oyalari asosan o‘zining “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” nomli asarida berilgan. Ushbu asar 1914 yilda yozilgan. “Oila” asari o‘sha davr shiddatini o‘zida mujassamlashtirgan asar hisoblanadi. U o‘zgacha bir shiddatli uslub bilan yozilgan. Sababi, o‘sha davr shiddati qaysidir maʼnoda badiiy asarlarga ham ko‘chgandi. “Oila” asarida ham tanqidiy ruh, ham daʼvat ruhi kuchli. Fitrat ona Turkistonni ozod ko‘rishni istaydi, buning uchun har bir turkistonlik oila, axloq, aʼmol va erk o‘chog‘i bo‘lmog‘i lozim. Mutafakkir yangi oilani ana shu tartibda qurishga daʼvat etadi. Har jihatdan sog‘lom bo‘lgan oila yetishtirgan farzandlargina millatni yuksakka ko‘tara olishini, uni istibdoddan qutqarishini aytadi: “Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jismu tan, aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz sinib, zang bosib chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na saodat va na rohat bor…”, — deydi alam bilan Fitrat. Darhaqiqat, davlatimiz kelajagi ham, rivojlangan mamlakatlar orasida tutgan mavqei va salohiyati ham, dunyoqarashi, bilimi, aql-zakovati, Vatan, jamiyat va oila oldidagi burchi va masʼuliyatini teran anglashi, bugungi avlodga bog‘liqdir. Zero bilim va kasb-hunarga qiziqish, ota-onaga xurmat, do‘stga sadoqat, mehr-shafqat, halollik va poklik kabi axloqiy fazilatlar oilada shakllanadi va sayqal topadi. Abdurauf Fitratning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” asari oilaning paydo bo‘lishi, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, oilada amal qilinadigan ichki tartib va qoidalarga bag‘ishlangan. Ayniqsa, asarning “Uylanish yoki uylanmaslik xususida”, “Qalin (puli) va to‘y qanday bo‘lishi lozimligi haqida”, “Er-xotinning qanday yashamoqliklari xususida”, “Oilaning maishati va idorasi” qismlarida bu masalalar xususida atroflicha fikr yuritilgan. Fitrat O’rta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi o’zbek adabiyotining asoschilaridan, usuli jadid maktablarining nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, nosir, shoir va olim. 1886 yili Buxoroda tug’ilgan. Dastlab eski maktabda, so’ng “Mir Arab” madrasasida o’qidi. U 18 yoshlariga qadar Buxoroda yashadi. So’ng haj qildi. Turkiya, Hindiston, Arabistonda bo’ldi. Shuningdek, u Markaziy Rusiyaning Moskva, Peterburg shaharlariga ham sayohat qiladi. 1909-1913 yillarda Istanbuldagi “Voizon” madrasasida o’qiydi va bu yerda “Buxoro ta’mimi (umumiy) maorif” jamiyatini tuzadi. 1913 yili Buxoroga qaytib keldi. Shahrisabz va Karkida yangi maktablar ochdi. Qisqa muddatda Buxoro jadidchilik harakatining etakchi vakillaridan biriga aylandi. 1917 yili Fevral voqealaridan so’ng siyosiy faoliyat bilan shug’ullandi. “Yosh buxorolilar” inqilobiy partiyasiga sarkotib bo’lib saylandi. Samarqandlik ilg’or yoshlarning “Hurriyat” (1917) gazetasida keskin maqolalar bilan chiqdi. Ko’p o’tmay, unga redaktorlik qildi. (1917 yil 27-sondan 1918 yil 87-sonigacha). Yangi Rusiya Muvaqqat hukumati bilan o’zaro tenglik aloqalarini yo’lga qo’yish ishlarida faol qatnashdi. Biroq, bir tomondan, amir va u suyangan mutaassib a’yonlar, ikkinchi tomondan, chor kalonial siyosatining bolsheviklar tomonidan o’zgarishsiz qolishi Yosh buxorolilarning mustaqillik va demokratiya haqidagi orzulari amalga oshishiga yo’l bermadi. Shu sababli “bolshevik balosi” bosh ko’targan 1917 yilning Oktyabrini “Yurt qayg’usi” deb baholadi. Shunga qaramay, u kelajakdan umid uzmadi. 1917 yilgi Turkiston muxtoriyatini so’ngsiz mehr bilan qarshi oldi. U e’lon qilingan 27 noyabrni “Milliy laylatulqadrimiz” deb atadi. 1918 yil 19-20 fevralidan Turkiston muxtoriyati sovetlar tomonidan qonga botirildi va u “Qo’qon voqeasi” nomi bilan tarixga kirdi. Fitrat o'sha yili Toshkentga keldi. Dastlab Xadradagi maktabda, may-iyun oylaridan Turkiston musulmon dorulfununi qoshida tashkil topgan dorulmualliminda til va adabiyotdan dars berdi. 1919-20 yillarda Afg’onistonning Toshkentdagi elchixonasida tarjimonlik qildi. Fitratning Toshkentdagi eng yirik ishlaridan biri “Chig’atoy gurungi” jamiyatini tashkil etishi bo’ldi. Jamiyat o’zbek tili va adabiyotinigina emas, umuman o’zbek madaniyatining shakllanish va taraqqiyot tarixini yangi, zamonaviy ilm asosida o’rganishga asos soldi. Fitrat 1920 yil 9 aprelida “Tong” jurnalining 1-sonini bosmadan chiqardi. Jurnalda “Chig’atoy gurungi” a’zolarining deyarli barchasi ishtirok etdi. Afsuski, uning 3-soni chiqib, to’xtab qoldi. 1920 yili Fitrat Buxoroga keladi. 1921 yildan xalq maorifi noziri, yana bir yil o’tgach, Xorijiya noziri, xalq xo’jaligi yig’ilishining raisi, jumhuriyat MIK o’rinbosari. Xalq nozirlari sho’rosining muovini, Hukumat plan va smeta tashkiliy hay’atining raisi, BXShJ Mehnat kengashining Prezidium a’zosi vazifalarini olib boradi. Jumhuriyat ijtimoiy-madaniy hayotining hamma masalalarida faol ishtirok etadi. Uning tashabbusi bilan 1921 yili Buxoroda Sharq musiqa maktabi ochiladi. 1923-24 yillarda Fitrat Moskvadagi sobiq Sharq tillari (
1930 yildan unga siyosiy ayb qo’yila boshlandi. 1937 yil 24 aprelda hibsga olindi va bir yarim yillik qiynoqlardan so’ng 1938 yil 4 oktyabrida otib o’ldirildi. 1909 yili “Munozara” (Hindistonda bir farangi ila buxoroli mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadida xususida qilgan munozarasi”) asari Istanbulda chop etildi. 1911 yili “Sayha” she’riy to’plami, 1912 yili “Sayyoh hindi” (“Bayonoti sayyohi hindi”) bosilib chiqdi. “Rahbari najot” (1915), “Oila” (1916), “Begijon” (1916), “Mavludi sharif” (1916), “Abo Muslim” kabi asarlari nashr etildi. Fitrat usuli jadid maktablari uchun yangi darsliklar ham yozdi. “O’qu” (1917, Boku) kitobi, Shokirjon Rahimiy va Qayum Ramazon bilan hammualliflikda yozilgan “Ona tili” (1918) darsligi, “Cho’zg’ilar” (“Unlilar”), “Bitim yo’llari” (1919), “Bedil” (1923, 1924) “O’zbek tili qoidalari”, Sarf (1-kitob), Nahv (2-kitob) (1925), Sarfi zaboni tojik (1925), “Adabiyot qoidalari” (1926) kabi darslik-qo’llanmalari shular jumlasidandirFitrat o’zbek dramaturgi sifatida “O’g’izxon”, “Temur sag’anasi” “Chin sevish” (1920), “Hind ixtilolchilari” (1923) “Abulfayzxon” (1924), “Shaytonning tangriga isyoni” (1924), “Arslon” (1926) kabi asarlarini yaratdi. Ayni paytda, uning o’z ahamiyatini bugungi kungacha saqlab kelayotgan “Eng eski turkiy adabiyot namunalari” (matn, tadqiqot, izohlar, 1927), “O’zbek adabiyoti namunalari” (matn, tadqiqot, izohlar, 1929), “Sharq shaxmati” (1928), “O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” (1927), “Fors shoiri Umar Hayyom” (1929) kabi ko’plab tadqiqotlari e’lon qilindi. Adabiyot nazariyasiga oid “She’r va shoirliq” (1919), “Adabiyot qoidalari” (1926), “San’atning mansha’i” (1926), “Aruz haqida” (1936) asarlari bilan o’zbek adabiy-estetik tafakkurini yangi bosqichga ko’tardi. Yusuf Xos Hojibdan Mashrabga qadar bo’lgan mumtoz adabiyot namoyandalari haqida chuqur nazariy maqolalar (30dan ortiq) yozdi. Vatan va millat mustaqilligi, ilm-fan rivoji, ta’lim-tarbiya ravnaqi kabi masalalar Fitrat asarlarining leytmotivini belgilaydi. Fitrat asarlari u hayotlik paytidayoq yuksak baho olgan, boshqa tillarga tarjima qilingan. Uni qayta “tanitish” 80-yillarning ikkinchi yarmida boshlandi. O’zMU professori B. Qosimov 1994 yili “Fitrat” monografiyasini e’lon qildi. H. Boltaboev “20 asr o’zbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy merosi” (T., 1996), I. G’aniev “Fitrat dramalari poetikasi” (T., 1998) mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Uning ijodiy merosi B. Ergashev, D. Toshqo’ziev kabi faylasuflar, huquqshunoslar tomonidan ham o’rganilmoqda. Fitrat nomida Toshkent va Buxoroda ko’chalar, maktablar bor. Tug’ilgan shahrida yodgorlik muzeyi ochilgan, xiyobon barpo etilgan, 1996 yili tavalludining 110 yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra Navoiy mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi.
Inson muhabbatdan tug'ilgan, oiladagi ilk onalik mehri va otalik m uhabbati bilan yo'rgaklangan. Go'dakning insoniy sifatlari kamol topishida ham mana shu m ehr-m uhabbat tarbiya m askani hisoblanadi. Binobarin, nikohdan birinchi maqsad ham naslning davomiyligidir. Fitrat qarashlarining zamirida islomiy oila mohiyatini anglatish yotgani uchun oilada millatning qadri va sha’nini belgilovchi harakatlar, aw alo, er va xotinning iffat va porsolig'i (diyonati) bilan bog'liq ekanini hayotiy misollar bilan anglatadi. Er-xotinlikning birinchi sharti va oxir-oqibati farzand ekan, bu maqsadga erishish vositasi va sababi visoldir. Visol ishtiyoqi yoshlarda ertaroq tug'ilishiga qaram asdan «hakim lar erkaklarga 23 yoshdan oldin uylanmaslikni va qizlarga 18 yoshdan oldin turmushga chiqmaslikni maslahat beradilar. Ushbu «maslahat»ning ham fiziologik va genetik, gigiyenik va sihattalab maqsadlariga qaratilganini eslash barobarida oilaning sog'lom va barkam ol farzand yetishtirishdagi vazifalarini erinmay birm a-bir uqtirib o'tgan. Oilani janjal, fisq, xiyonat va, boringki, taloq kabi kushandalardan saqlab turuvchi vosita madoradir, ya'ni er-xotinning murosasidir. Tabiiyki, tartibli oilada nikoh, homiladorlik va uning nihoyasi farzanddir. Fitrat farzand tug'ilishi bilan bog'liq barcha shar’iy hukmlarni eslatish barobarida asosiy e'tibomi farzand parvarishiga qaratgan. Shuning uchun ham kitobning ikkinchi bobi «Farzand tarbiyasi» deb nomlanadi. Tarbiya masalasiga ham millatga buyuk foyda yetkazuvchi soha deb qaramoq va uni boshqalarga ishonib topshirib qo'yish oilaning m as’uliyatsizligidandir, degan zarur xulosaga keladi . Fitrat tarbiya haqidagi qadimiy fanlar asosida uni uch shaklda: badantarbiya, aqliy va axloqiy tarbiya deb anglatgan. Biroq ularni bir-biridan ajratib ham bo'lmaydi. Ular o'zaro shunday bog'liqdirki, biriga ziyon yetsa, boshqalarida ham nuqson paydo bo'ladi. Biriga foyda yetsa, boshqalari ham undan bahramand bo'ladi.Oiladagi oddiy mojaro va harakatlar bilan o'ralashmay, bolalarning aqliy, ya'ni fikriy tarbiyasi millatning niyati bilan uyg'un bo'lishi lozim. Axloqiy tarbiya kishi axloqini kamolga yetkazish, odamning fe’l-u xo'yi va harakatiga yaxshi fazilatlarni singdirish demakdir. Hayot binosini qurishda va uning taraqqiyotida avlod tarbiyasining rolini ta’kidlar ekan, Fitrat uch narsa: tansihatlik, sog'lom fikr va yaxshi axloq muhimligini ko'rsatadi. So'ngra esa mana shu tarbiya uchun zarur bo'lgan turli xil vazifalarni ohm jamiyat a'zolari oldiga qo'yish bilan o'z risola-tadqiqotini yakunlaydi. XX asrning boshlarida Turkiston oʻlkasida jadidchilik harakati yuzaga keldi va aynan shu davrda yangi oʻzbek adabiyoti shakllana boshladi. Mana shu davrda adabiyotga zamonaviy dostonchilik, ocherk, hikoya janrlari, fantastik uslub kabilar kirib keldi. Publististika rivojlandi, realistik proza shakllandi. Adabiyotga “millat” va “vatan” tushunchalari kirib keldi. Milliy she’rlarga rag‘bat kuchaydi. Diniy ta’lim bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni o‘qitish kun tartibiga qo‘yildi. Bu davr mustaqillikdan so‘ng milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti deb davrlashtirildi. O‘lkamizda bu jarayon jadidchilik harakatini deb nom oldi va uni vujudga keltiruvchilar qatorida
Fitrat adabiyotga adabiyotshunos va shoir sifatida qadam qo‘ydi. 1905-1907-yillarda “Munozara” (dastlabki nomi “Hindistonda bir farangi ila buxorolik bir mudarrisning bir necha masalalar xususida qilgan munozarasi”) asarini yozdi. “Sayha” (“Chorlov”, “Na’ra”) (fors tilida), “Sayyohi hindi” (“Bayonoti sayyohi hindi”), “Rahbari najot” (“Najot yo‘li”), “Tarixi Islom” asarlarini Turkiyada tahsil paytida yozgan va “Munozara” 1908-yilda, “Sayha” 1910-yilda, “Sayyohi hindi” 1913-yilda Istambulda nashr etilgan. “Rahbari najot” va “Oila” 1915-1916-yillarda Bokuda nashrdan chiqqan. Bu asarlar o‘sha davrdayoq xalq orasida keng tarqalgan. “Rahbari najot” asarini Fitratning do‘sti, shoir va noshir Abdulvohid Burhonov Sank-Peterburgda nashrdan chiqargan. U qomusiy olim, adabiyot nazariyachisi, oʻtkir tilshunos, dramaturg, shoir, publistit, noshir, jurnalist, talantli davlat va jamoat arbobi, san’atshunos, siyosatshunos, birinchi oʻzbek professori. Uning ijodiy ishlari va ijtimoiy faoliyati xalqni jaholat, turgʻunlik, gʻaflatdan uygʻotish, ilmma’rifatga chorlash, erkin, ozod, baxt-saodatli hayotga, birinchi navbatda, milliy mustaqillikkka chorlashga qaratilgan. U oʻzbekning oʻzligini tanishi, ota-bobolari kabi ulugʻvor kashfiyotlar qilishga, birlashgan, kuchli davlat tuzishga chaqirgan. Butun ijodining mohiyati xalqning qalb koʻzini ochish, mehnat, yaratish, oʻqish, kurashga davatdan iborat. Adib turk va tatar she’riyatida shakllangan va oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida ayrim unsurlari boʻlgansochmani milliy adabiyotimizga olib kirdi (“Yurt qaygʻusi” (“Bir o‘zbek yigitining tilindan”). Ey, g‘amli Ona, nechuk mundan ayrilmaysan? Yonimda, ko‘zimda, miyamda, yuragimda nima axtarasan, nechuk ketmaysan?...1. Fitrat 20-yillarning oʻrtalarida yozgan va 30-yillarda qayta ishlagan “Qiyomat” hayoliy hikoyasihozirgi oʻzbek adabiyotida fantastikaning paydo boʻlishi va shakllanishida milliy manba boʻlib xizmat qildi. Yozuvchi 1914-1916- yillarda “Rahbari najot”, “Oila” va “Mavludi sharif yoki “Muxtori xayr ulbashar”, 1917-1920-yillarda “Oʻqu”, “Sharq siyosati” va “Yigʻla, Islom”, 1925-yilda esa “Muxtasar islom tarixi” asarlari bilan musulmon olami uchun oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan yoki muayyan tarixiy davrda saqlanib qoladigan ma’naviy qadriyatlarni yoritib bergan. Fors tilida yozilgan “Rahbari najot” risolasida tafsir, hadis, fiqh, kalom ilmlari, shuningdek, lisoniy, falsafiy, dunyoviy ilmlar toʻgʻrisida aniq tasavvur bergan. Avlod, badan, fikr, axloq tarbiyasiga oid falsafiy-etik qarashlarni olgʻa surgan. Buyuk mutaffakirlar farzand tarbiyasiga alohida e’tibor berib kelganlar. Sharqda “Kalila va Dimna” nomi bilan mashhur bo‘lgan hindlarning “Panchatantra” (“Besh hikmat”), “To‘tinoma” nomi bilan shuhrat qozongan “Shukasaptata” (“To‘tining yetmish besh hikoyasi”), Yususf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (“Baxt-saodatga yo‘llovchi bilim”), Muslihiddin Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston”,Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” (“Ko‘ngillarning sevgani”) va o‘nlab durdona asarlar asrlar mobaynida farzandlar tarbiyasida dastur vazifasini o‘tab kelmoqda2. Forobiy ham yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda aqliy va axloqiy tarbiyaga alohida e’tibor qaratib, bilim va ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog‘i ma’qul, aks holda kutilgan natijaga erishilmaydi, bola yetuk bo‘lib yetishmaydi, degan xulosaga keladi.
Yusuf Xos Hojibning fikriga ko‘ra esa bola tug‘ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog‘i lozim. Farzand tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i shart. Shundagina ularning noo‘rin xattiharakatlarga berilishining oldi olinadi deb ta’kidlaydi. Kaykovusning “Qobusnoma” asarida “Farzandga adab, hunar o‘rgatmakni meros deb bilg‘il. Agar sen xoh unga adab o‘rgatg‘il, xoh o‘rgatmag‘il turmush mashaqqatlarining o‘zi unga o‘rgatur” kabi mulohazalarni kuzatamiz3. Kaykovus Gishtosb haqidagi hikoyatni misol qilib keltirib fikrini dallilaydi. Abdurahmon Jomiy ham “Bahoriston” asarida o‘g‘li Ziyovuddin Yusufga ibratomuz she’r bilan murojaat qiladi: Nodonlardek otangning kimligini pesh qilma, O‘zingga sen hunardan o‘zgani ota bilma. Jomiyning ushbu asarida taomlanish haqida quyidagi misralarni keltiradi: Ovqatning ko‘p-kamin sog‘lig‘im xarob Qilmasin, deganlar me’yorida yer4. Fitratda esa “Hamma ovqatning kam yoki ko‘p bo‘lishiga yo‘l bermang, bunga diqqat qiling, ovqat kifoya qiladigan darajada bo‘lsin”5, deydi. Sharq allomalari axloqiy-tarbiyaviy asarlarining asosini Qur’oni Karim suralari, payg‘ambarimiz Muhammad sollohu alayhi vasallam faoliyati va ko‘rsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyalar tashkil qiladi. Kaykovusning “Qobusnoma” asari qatorida Fitratning “Oila” risolasi ham mana shu alfozda bitilgan. Fitratning “Oila” risolasida oilaning jamiyat va inson hayotidagi rolini oshirishga, oila a’zolarining huquqiy me’yorlarini belgilashga qaratilgan fikr va mulohazalar yanada rivojlantirilgan6. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining Oila kodeksida “Ota-ona oʻz bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular oʻz bolalarining sogʻligi, jismoniy, ruhiy, ma’naviyaxloqiy, kamoloti haqida gʻamxoʻrli qilishlari shart” ekanligi belgilangan (63-modda). Tarix fanlari doktori Sh. Vohidov Fitaratning “Oila” va “Rahbari najot” asarlarini forschadan oʻzbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirgan (1998, 2001). 36 yoshda nohaq qatagʻon qilingan Said Axroriy (1895-1931) “Oila kitobi (Xonim qizlarimizga tortuq)” nomli risola yozib, oʻzbek oilalari haqida dastlabki asarlarning debochasini boshlab bergan. Risolada balogʻat yoshidagi qizlarni oilaga tayyorlash usullari ilmiy-amaliy usulada bayon qilib berilgan7. Bundan tashqari, XI asrda yaratilgan Yusuf Xos Hojibning “Qutatgʻu bilig”, Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari han ma’lum ma’noda oila mavzusiga qaratilgan. Jahon adabiyoti namunalaridan Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik”, Dostoyevskiyning “Telba” asari kabilarni misol sifatida keltirishimiz mumkin, lekin ushbu asarlarning hech biri boshidan oxirigacha oila boshqarish, oilada ota, ona, farzand kabilarning roli, vazifa va burchlari haqida batafsil bayon etilmagan. Abdurauf Fitrat “Oila” asarida oʻz fikrini Qur’oni Karim va hadislar bilan dalillab, yoritib bergan. Ushbu asar oilaning paydo bo‘lishi, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, oilada amal qilinadigan ichki tartib va qoidalarga bag‘ishlangan. Ushbu asarda Fitrat islomshunoslik fani va dunyoviy ilmlardan boxabar huquqshunos, sotsiolog, pedagog, tabib va iste’dodli ruhshunos-pedagog sifatida namoyon boʻladi. “Odamning fe’l va harakatini bir yaxshi shakl va mazmunga keltirish uchun ruhini tarbiyalash lozim”8, – deb yozadi . Adib asar muqaddimasida “… oila boshqarishga asos solish Bani Odam madaniyatining asosi ekan, … Qayerda oila munosabati kuchli intizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli boʻladi. Agarda bir mamlakatning axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yoʻl qoʻysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi”9, – deb keltiradi. Ushbu fikrlar bundan yuz yil burun aytilgn boʻlsa-da, hamma zamonlar uchun o‘z zalvorini saqlab qoladi. Millatning poydevori oila ekan, avvalo, oila tinch-totuvligi, oʻzaro ahil-inoqligi, baxt-u saodati jamiyatning qay darajada mustahkam qurilganligini koʻrsatuvchi oyna sifatida e’tirof etilgan. Bir oila barpo etishdan oldin avval ota-ona oʻz farzandini toʻgʻri yoʻlga solgan boʻlishi, axloqi pokiza ekanligiga toʻla ishonch hosil qilishi kerak. Bu kabi mulohazalarni davom ettirib boraversak, ildizi ilmga borib taqaladi. “Har bir millat taraqqiysi uchun asosiy sabab ilmdir”10. Fitrat aqlning kamolini yaxshi bilmoq, yaxshi o‘rganmoq va mukammal fikr qilmoqda deb biladi.“… odam aqli va fikrlashi bilan boshqa jonzotlardan ajaralib turadi. Odamning kamol topishi uchun badantarbiya bilan bir qatorda aqliy va axloqiy tarbiya ham shartdir”, deydi va axloqiy tarbiyani eng yuqori darajadagi masalaga ko‘taradi11. Axloqiy tarbiya talab darajasida bo‘lmasa, deb fikrini davvom ettirib, aqli hamda jismoniy kuchini o‘zi yoki atrofdagilar zarariga ishlatadi deydi. Fitrat axloqiy tarbiya – odam axloqini kamolga yetkazish demakdir, ya’ni odamni shunday tarbiya qilish kerakki, fe’li va amali o‘ziga ham, boshqalarga ham foydali va manfaat keltiradigan bo‘lsin, ded ta’kidlaydi. Fitrat tarbiyada shunday tavsiyalarni beradi: “Bola tarbiyasi jarayonida ertak orqali bo‘lsa ham ularga doim fidokor odamlar haqida, muruvvatli shaxslarning fe’llari haqida, mo‘min va Allohdan qo‘rquvchi odamlar haqida hikoya qilib, yaxshi amallarning foydasini eslatib o‘tish lozim… Yomon xulq va ishyoqmaslikning zararlari haqida bolalarga aytib berish va zehniga buni joylash ota-ona uchun vojibdur”12. Bola tarbiyasida faoliyat (harakat) mayli haqida so‘z yuritadi va boladagi shu istakka qarshi chiqib, uni “qimirlamay o‘tirishga” o‘rgatilsa, ulg‘ayib xafsalasiz, dangasa, ishbilmas bo‘lib voyaga yetadi. Boladagi izzat-nafsni sindirishning oqibatida, undan biror-bir yaxshilik, foyda, fazilat kutib bo‘lmasligiga olib keladi. Bolalarga “ahmoq”, “eshak”, “juvonmarg”, “noma’qul qilibsan”, “b… yebsan”, “o‘ldiraman seni”, “senga gapirishni kim qo‘yibdi?” deb qarg‘ash, do‘pposlash, ko‘cha-ko‘yda bolani urish, izzat-nafsiga tegib, uni yo‘q qiladi deydi. Fitrat bolani shunday tarbiya etish lozimki, baxtga bo‘lgan intilishlari hech qachon xazon bo‘lmasin, so‘nmasin, balki ko‘karsin deb yozadi. Yuqoridagi fikrlarni jamlab xulosa qiladigan bo‘lsak, adibning ushbu asarni yozishda sharq mutafakkir olimlarining asarlaridan ilhomlangan va ularning g‘oyalarini o‘zining fikrlari bilan yanada rivojlantirib, boyitgan deb aytishimiz mumkin. Shu o‘rinda Ibn Sinoning “Sharq ko‘proq nasihat yo‘li bilan, G‘arb esa hayotni real ko‘rsatish orqali tarbiyalashga moyil”ligini qayd etishni lozim deb topdik. Inson kamoloti ota-onaning (badan, aqliy, axloqiy) tarbiyasi, yon atrofidagilarning xulq-atvori, pand-nasihati muhim ahamiyatga ega ekanligi bayon etilgan. Ushbu asarni har bir oila vakillari uchun asosiy qo‘llanma sifatida foydalanishlari tavsiya etiladi. Fitrat o‘z dramalarida, she’rlarida Sharq, xususan, Hindiston xalqining mustamlakachi inglizlarga qarshi kurashi orqali ona Vatan – Turkistonning tuganmas dardlarini ifoda qildi. Fitrat tarixiy drama janriga asos soldi. U “Abulfayzxon”, “Abo Muslim” kabi dramalarida tarixga yuzlanar ekan, o‘tmishdagi voqelikning mazmun-mohiyatini tarixiy shaxslar obrazi orqali ularning taqdirlari misolida qayta jonlantirishga hamda ulardan zamon uchun kerakli xulosalar chiqarishga muvaffaq bo‘lgan ijodkordir. Fitratning hayoti va ijodiy faoliyati tarixning eng qaltis damlarida Millat va Vatanga xizmat qilishning yorqin namunasidir. Yirik jadidshunos olim Begali Qosimovning so‘zlari bilan aytganda, har qanday holda ham xalq bilan birga bo‘lish, uning manfaatini har narsadan ustun qo‘yish, har narsadan muqaddas bilish Fitrat shaxsiyatining eng muhim xususiyatlaridan edi. Fitrat ham mamlakatdagi qashshoqlik, tengsizlik, ilm-fan, texnika sohasidagi qoloqlikdan qutulish yo'lini topish uchun Qur'on va hadislarga rioya qilish lozim deb hisoblaydi. Bu qarashlari uning 1913-yili fors-tojik tilida yozilib, 1915-yili Munzim Buxoriy noshirligida Petrograd shahridagi M.N. Maxsugov bosmaxonasida nashr etilgan falsafiy, axloqiy-didaktik asari "Rahbari najot"da o'z ifodasini topadi. Bu davrda Turkiston va Buxorodagi mutaassib ruhoniylar dunyoviy bilimlarni "kufrlik" deb atab, madrasalarning dars jadvallaridan olib tashlaydilar. Fitrat o'z asarida Qur'on oyatlari va hadislardan misollar keltirib, ularning bu ishlari noto'g'ri ekanligini isbotlab beradi. U islom dini hech qachon ilm o'rganishga, dunyoviy fanlarga qarshi bo'lmaganligini, aksincha, ilmga da'vat etganligini ko'rsatadi. Yosh avlod ta'lim-tarbiyasi, ularning aqliy va ma'naviy kamoloti uchun diniy va dunyoviy ilmlarni birdek zarur deb biladi. Jadidlar kabi yangi usul maktablari o'quv rejasiga dunyoviy ilmlar bilan birga diniy ilmlarni ham qo'shishni lozim topdi. Fitrat "Rahbari najot"da o'rta asr Sharq mutafakkirlari ijodiga xos an'anani davom ettirib, fanlar tasnifini beradi. Bu narsa unga zamondosh boshqalar ijodida uchramaydi. Fitrat hayot mazmuni haqida o'z ta'limotini ishlab chiqadi. Bunda ham din bilan ilmni qo'shishga harakat qiladi. U inson kamoloti masalasini din bilan bog'lashga intilishida o'zidan oldingi mutaffakkiñaming tartiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqib yondashgan qarashlarini davom ettiradi. Uning fikricha, hayot mazmuni bu ikki dunyo saodatiga erishmoqdir, ikki dunyo saodati tolibi bo'lgan kishigina komil musulmon bo'la oladi. Fitrat faqat shu dunyonio'ylab, boylik ortirish, yeb-ichishni hayot maqsadi deb bilganlar; ham yoki hayot g'oyasini narigi dunyo saodatiga eгishishdan iborat deb, bu dunyo saodati uchun ish qilmay, bu dunyo kofirlar uchun jannat, musulmonlaг uchun do'zax deb bilgan ham xato o'ylaydilar ulaг insoniyat vazifalaгini bilmaydito deb hisoblavdi. Foydalanilagan adabiyotlar: 1.Abduгauf Fitгatning "Rahbaгi najot" asari. . 2.Shoira Abdujalilovaning "Abduгauf Fitгatning oila taгbiyasiga oid qarashlari" 3.Yoqub Saidov "Fitгat badiiy asariari leksikasi" disseгtatsiyasi 4.Nafisa Davuгboyeva "Fitгat dгamalaгida milliy ozodlik g'oyasining talqini" asari. Download 23.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling