1. afrika va Lotin Amerikasi davlatlarining urushdan keying holati
Download 74.5 Kb.
|
28-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ch ili
Kuba: modernizatsiyalashning inqilobiy varianti. 1950-yillar oxi- rida Karib dengizidagi kichikina orol—Kubada yuz bergan voqealar butun dunyoning e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Kuba jamiyatni moder- nizatsiya qilishning inqilobiy yo‘lini tanladi.1959-yil 1-yanvar kuni Fidel Kastro boshchiligida qo‘zg‘olonchilar Kuba poytaxti Gavana shahriga kirib kelishdi, inqilob g‘alaba qozondi. F. Kastro hukumati faqat keskin sifat o‘zgarishi Kubani qoloqlikdan olib chiqadi, jamiyatni taraqqiyotning zamonaviy darajasiga ko‘taradi, deb o‘ylab, keskin ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirdi.Kuba dastlabki davrda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini modernizatsiya qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Sof agrar mamlakat bo‘lgan Kubani agrar-industrial mamlakatga aylanti- rish kursi tanlandi.Ammo 1980-yillardan jamiyatni modernizatsiya qilishning Kuba variantida ma’lum kamchiliklar ko‘zga tashlana boshladi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari, aholining yashash darajasi pasaydi. SSSRning parchalanishi Kuba uchun juda katta zarba bo‘ldi. 1990-yillarda ko‘pchilik F. Kastro rejimining qulashini bashorat qilgan edi. Ammo bu rejim saqlanib qoldi.Chili: modernizatsiyaning neokonservativ varianti. Ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘tgan vaqt davomida Lotin Amerikasi mam- lakatlari jamiyatni modernizatsiya qilishning optimal variantini izla- dilar. 1960-yillari Chilida hukumat mamlakatni modernizatsiyalashga harakat qildi. Bunda u ilgari ilg‘or mamlakatlarda sinovdan o‘tgan islohotchilik tizimlariga tayandi. Ammo boshlangan islohotlar bor- gan sari jamiyatdagi bo‘linishni kuchaytirdi, mamlakat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohalarida keskinlikni yuzaga keltirdi. Meksika: modernizatsiyalashning islohotchilik varianti.1958-yili Meksika sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi bo‘yicha Lotin Amerikasida birinchi o‘ringa chiqdi. Mamlakatning muvaffaqiyatli iqtisodiy rivojlanishida davlat sektori asosiy rol o‘ynadi. Lotin Amerikasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan Kuba inqilobi Mek sika rahbarlarini ham ijtimoiy sohaga jiddiy e’ti bor qaratishga undadi. Ammo modernizatsiyalashning Kuba variantini qabul qilmasdan, Meksika ayni paytda Chili variantiga ham o‘ta ishonchsizlik bilan qaradi. Meksika hukmron doiralari rivojlanishning liberal-islohotchilik yo‘lidan chekin madi. 1980-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Meksika uchun katta sinov bo‘ldi. Inqiroz yengib o‘tilgan bo‘lsada, ishsizlik, tashqi qarz keskin oshdi, tashqi dunyoga, birinchi navbatda AQSHga qaramlik ham ortdi.
Savol va topshiriqlar: 1.1950 — 1980-yillar birinchi yarmida Lotin Amerikasi mamlakatlarida yuz bergan asosiy siyosiy o‘zgarishlar haqida gapirib bering. 2.Modernizatsiyalashtirishning Kubaga xos bo‘lgan inqilobiy yo‘li qanday keskin o‘zgarishlarni nazarda tutadi? 3.Urushdan keyingi Yaponiyaning ahvoliga umumiy ta’rif bering. 4.Yaponiyada demokratik jarayonlarni boshlagan amerikaliklar o‘z oldilariga qanday maqsadlarni qo‘ygan edi? 5.Yaponiya iqtisodini isloh qilishda D. Makkartur boshchiligidagi Amerika ma’murlari qanday rol o‘ynadi? Download 74.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling