1. Agregatlarning ish unumi va turlari. Yonilg‘i va moylash mahsulotlari sarfi. Mehnat va mablag‘ (ekspluatatsion) sarfi


Download 122.68 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi122.68 Kb.
#1580952
1   2   3   4
Bog'liq
AGREGATLARNI ISHLATISHDA ISH UNUMI, ENERGIYA VA YOQILG‘I SARFLARINI HISOBLASH

1 savol bo‘yicha darsning maqsadi: energiya sarfi va uni hi­soblash hamda kamaytirish yo‘llari haqida tushuncha hosil qilish.


Identiv o‘quv maqsadlari:
1.1. Texnologik jarayonni bajarishdagi energiya sarfini izohlaydi.
1.2. Energiya sarfi miqdorini texnologik jarayonning turiga bog‘liqligini tushunadi.
1.3. Energiya sarfini analitik ko‘rinishda yoza oladi.
1 savol bayoni. Texnologik jarayonlarni bajarishda, may­donga ishlov berish yoki biron hajmdagi yukni ortish-tushirish va tashishda albatta agregat tomonidan ma’lum darajada mexanik energiya sarflanadi.
Shu sarflangan energiya miqdoriga qarab texnologik jara­yonlarni bir-biriga nisbatan taqqoslab, kam energiya yoki ko‘p energiya talab qiladigan jarayonlar deb baholash mumkin.
Texnologik jarayonni bajarishda ish birligiga sarflangan energiya solishtirma energiya deyiladi. Uni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
● to‘liq energiya At hamma turdagi sarflangan energiyani qamrab oladi;
● samarali energiya As dvigatelda sarflangan issiqlik energiyasi hisoblanmaydi va dvigatelning effektiv quvvati bilan aniq­lanadi;
texnologik energiya Aa faqat texnologik jarayonni baja­rishda agre­gatning ishlashiga sarf bo‘lgan energiyani ko‘rsatadi;
● foydali energiya Af texnologik jarayonni bajarishida faqat foydali ish uchun sarflangan energiya miqdori bilan baholanadi.
To‘liq solishtirma energiyani shu jarayonni bajarishda sarf bo‘lgan yoqilg‘ining potensial energiyasi orqali aniqlash maqsadga muvofiqdir. Sarflangan yoqilg‘ining issiqlik chiqarish qobi­li­yatini – Qu (kkal/kg) va ajralayotgan issiqlik energiyasining ekvivalenti (tengdoshi)ni 427 kgm/kkal deb qabul qilsak, u holda to‘liq energiyani quyidagicha ifodalash mumkin:
(1.)

bunda, Qyo – sarf bo‘lgan yoqilg‘i miqdori, kg.


Sarflangan yoqilg‘i miqdorini agregatning ishlash rejim­lari orqali ifoda etib uning ish unumini hisobga olsak, u holda to‘liq solishtirma energiya miqdori At (kgm/ga) quyidagicha aniqlanadi:


(2)

bunda, z – traktorning foydali ish koeffitsienti;


Gst – agregatning salt yurishi va to‘xtashida sarf bo‘lgan yoqilg‘i miqdori, kg;
Tst – agregatning salt yurishi va to‘xtashi uchun sarflangan vaqt, soat;
Tu – smena vaqtida agregatning foydali ish bajarishi uchun sarf bo‘lgan vaqt, soat;
ge – solishtirma yoqilg‘i sarfi, kg/e.kVt soat.
Texnologik jarayonni bajarishda sarf bo‘lgan solishtirma samarali energiya miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi:


Adabiyotlar:


1.Shoumarova M., Abdillayev T. Qishloq xo’jaligi mashinalari. Toshkent, O’qituvchi 2002Y.
2.A.I. Komilov, Q.A. Sharipov, N.T. Umirov, I.M.Marupov, R.T. Rustamov Traktor va avtomobillar. Toshkent «Talkin» -2003.(lotin alifbosida)
3.F.B.Yevdokimov Umumiy elektrotexnika T.O’qituvchi.1995.
4.N.I.Vershagin i dr. Organizasiya i texnologaya mexanizirovannыx rabot v rastenivodstve, Ucheb, posb № IRPO; Izd.sentr «Akademiya», 2000
5.E.Oyxo’jayev, X.Qo’shnazarov «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini mexanizasiyalash» Toshkent «Mehnat», 1988.
Download 122.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling