1. Agrobiznes va uning turlari Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari


Download 67.19 Kb.
bet4/8
Sana06.09.2023
Hajmi67.19 Kb.
#1673418
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Agrobiznes va uning turlari Agrar munosabatlarning iqtisodiy

Agrosanoat kombinatlari qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo’jalik va korxonalarning ma‘lum bir hududida birlashuvidir. Qishloq xo’jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo’jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qo’shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Agrobiznes turiga ko’ngilli va paychilik mablag’lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma va ittifoqlarni ham kiritish mumkin.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Agrar munosabatlar – yerga egalik qilish, o’zlashtirish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish bilan bog’liqlikda vujudga keldaigan munosabatlar;
Renta munosabatlari – yerdan foydalanish natijasida vujudga kelaigan qo’shimcha sof daromadni taqimlash va o’zlashtirish bilan bog’liqlikda vujudga keladigan munosabatlar ;
Differentsial renta – yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad;
Differentsial renta I – yerlarning tabiiy unumdorligidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad;
Differentsial renta II – yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad;
Absolyut renta – qishloq xo’jaligida yerga bo’lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdari yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta;
Monopol renta – alohida tabiiy sharoitga ega bo’lib, noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta;
Undirma sanoatda renta – foydali qazilma konlarining joylashishi (er yuzasiga nisbatan) va ularning boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga keladi;
Agrosanoat majmuasi – qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq xo’jalik tarmoqlarining birligi;

Download 67.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling