1. Agrobiznes va uning turlari Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari


Download 67.19 Kb.
bet2/8
Sana06.09.2023
Hajmi67.19 Kb.
#1673418
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Agrobiznes va uning turlari Agrar munosabatlarning iqtisodiy

Agrobiznesning asosiy shakli va bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. Chunki bu xo’jaliklar bevosita qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Fermer va dehqon xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerd ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanishlari ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishni yuqori samaradorligini ta‘minlaydi va ular bozor kon‘yuktura (holati)siga tez moslashaoladilar. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas‘uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida zarar ko’rib ishlash natijasida og’ir ahvolga tushib qolgan davlat xo’jaliklarining tarkibi fermer xo’jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylntirish, mavjud davlat va jamoa xo’jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo’jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon xo’jaliklarini tarkib toptirish yo’li bilan hozirgi uyushgan va mulkka ega bo’lgan fermer va dehqon xo’jaliklari rivojlantirilmoqda. Fermer xo’jaliklarining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko’rsatadi.
Fermer va dehqon xo’jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O’zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi (1998), “Dehqon xo’jaligi to’hrisida”gi (1998), “Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risidagi” (1998) Qonunlarga hamda qishloq xo’jaligi islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilagn boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi. Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq muddatli (50 yil) ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo’yildi.
Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni rag’batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi. Buning natijasida 2007 yilda respublikada fermer xo’jaliklarini soni 185492ta bo’lgan bo’lsa, 2009 yilda 220, 1taga yetdi. Qashqadaryo viloyatda 33447tani tashkil qildi. Fermer xo’jaliklarini qishloq xo’jalik foydalanishidagi yerlar maydoni 4881,9 ming gektardan ko’proqni tashkil qilib, bir xo’jalik ixtiyoridagi yer maydoni 26,3 gektarga, har bir kishiga 3,49 gektarni tashkil etadi.
O’zbekistonda xo’jalik toifalari bo’yicha yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlarining ishlab chiqarilishini chizmada tasvirlash mumkin.


Download 67.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling