1. Aholi daromadlari tushunchasi


Download 304.24 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi304.24 Kb.
#1382807
Bog'liq
kurs


REJA
Kirish
1.Aholi daromadlari tushunchasi.
2.Aholi daromadlari tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari.
3.Aholi daromadlari tengsizligi va uning sabablari.
4.Yashash minimum va istemol savati.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH
Bozor iqtisodiyoti taqsimot munosabatlari sohasida sodir bo'layotgan jarayonlarni nazariy jihatdan qayta ko'rib chiqishni talab qiladi. Bu, birinchi navbatda, doirasida qo'llaniladigan yondashuvlarni qayta qurishga taalluqlidir iqtisodiy nazariya, aholi daromadlari tushunchasi va mazmunini aniqlash, ularning tabaqalanishi va u tomonidan yaratilgan aholining tabaqalanishi, aholi turmush darajasi tendentsiyalarini kuzatish, daromadlarning shakllanishi va o'sishi masalalarini ko'rib chiqish. adekvat davlat daromad siyosati kontekstida.
Mavjud ilmiy tadqiqotlarda daromadlar muammosi, qoida tariqasida, uning turli modellari bo'yicha aholi daromadlarini shakllantirish kontekstida yoki turli iqtisodiy sharoitlarda daromadlarni taqsimlash aspektida ko'rib chiqiladi. Ko'pincha bu masala faqat qashshoqlik, qashshoqlik, aholining ijtimoiy himoyasi bilan bog'liq holda o'rganiladi. Daromadlar hajmining miqdoriy va sifat jihatidan o'zgarishi va taqsimlash tamoyillarining o'zgarishi ham butun iqtisodiyotga, ham juda muhim bo'lgan daromadlar nazariyasi sohasiga tegishli nazariy qoidalar bilan birgalikda tekshirilishi kerak.
Shu nuqtai nazardan, “daromad” va “boylik” tushunchalari o‘rtasidagi munosabatni alohida ta’kidlash lozim. Bizningcha, “boylik” tushunchasi kengroqdir. Daromad hozirgi paytda jamiyat a'zolarining pul, tovarlar va xizmatlar zaxiralaridan iborat bo'lib, har doim ham ulardan iste'mol qilish orqali foydalanish bilan bog'liq emas. Daromad boylik shakllanishining asosini tashkil qiladi va ma'lum vaqt oralig'ida, odatda bir yil davomida aniqlanadi. Daromadning o'sishi va boylikning ko'payishi har doim ham bir xil yo'nalishda o'zgarmaydi.
Lekin, umuman olganda, aholining daromadlari va boyligi kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishning asosi bo‘lib, ijtimoiy farovonlik yuksalishining eng muhim omili hisoblanadi Zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining mohiyatini aniqlashga turlicha yondashuvlar mavjud bo‘lib, ularning tadqiqot darajasidan kelib chiqib, turlicha izohlanadi. Ushbu yondashuvlarni sarhisob qilsak, ularni o'rganish ikki asosiy yo'nalishda olib borilganligini ta'kidlash mumkin. «Iqtisodiyot»da aks ettirilgan birinchi yo'nalish doirasida miqdoriy munosabatlar ko'rib chiqiladi, ya'ni. aholi daromadlari "vaqt birligidagi tushumlar yoki pul mablag'lari yig'indisi sifatida" aniqlanadi. Tadqiqotning mohiyati talab va taklifga ta'sir qiluvchi va o'z navbatida ishlab chiqarish omillariga bo'lgan talab va taklif nisbati bilan belgilanadigan ma'lum pul miqdori sifatida qaraladigan daromadning miqdoriy xususiyatlarini o'rganishdan iborat.
Aholi daromadlari tushunchasi.
«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o‘zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tuShumni, pul mablag‘larini, natural ko‘rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo‘lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o‘rin tutadi.
Aholi daromadlari -- ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko‘rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko‘rinishida keltirilgan:
1) Pul va natural shakldagi ish haqi va maosh
2) Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko‘rinishdagi ta’minotlari
3) Tadbirkorlarning ajratmalari:
a) ijtimoiy sug‘urta va Shu kabilarga,
b) boshqa maqsadlarga.
Ijtimoiy bandlikdan olinadigan daromadlar
4) Erkin kasblardagi shaxslar
5) Fermerlar
6) Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar va savdogarlar
O‘zini-o‘zi band qilishdan daromadlar
7) Renta, sof foiz, dividendlar
Mulkdan olinadigan daromadlar
8) Joriy transfertlar, kompaniyalarning xayriyalari
9) Davlat nafaqalari va boshqa to‘lovlar
Transfert daromadlari
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, daromad tarkibining Yuqorida keltirilgan tasnifida ma’lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko‘rinishdagi ta’minotlarini alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir, Chunki harbiy xizmatchilar ham o‘z faoliyatlari natijalarini ish haqi yoki maosh ko‘rinishida oladilar. Shuningdek, 4 – 6 tartib raqamlari bo‘yicha keltirilgan bandlar daromad turini emas, balki faoliyat turini ko‘rsatadi va h.k. Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tuShumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o‘z ichiga oladi.Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo‘ladi.
Jamiyat a’zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanib, Shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sog‘lig‘ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste’mol bozorining tovarlar bilan to‘yinganlik darajasi kabilar muhim o‘rin tutadi.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: «Mustaqillik yillarida odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo‘lgan munosabati ham tubdan o‘zgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o‘ziga bog‘liq ekanligini tuShunib etayotgan odamlar tobora ko‘payib bormoqda».
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo‘lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori hisoblanadi.
Ixtiyorida bo‘lgan daromad – Shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to‘lov summasiga kam bo‘ladi.
Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko‘rsatadi, Ya’ni daromadning xarid quvvatini bildiradi. Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul tuShumlari;
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari.
Respublikamizda 2004 yilda aholining nominal pul daromadlari 2003 yilga nisbatan 17,6 foizga o‘sib, 7571,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Iste’mol narxlari indeksi bo‘yicha hisoblangan aholining real daromadlari esa 16% ga o‘sgan. Aholi real daromadlarining oshishida asosiy omil bo‘lib makroiqtisodiy sharoitning qulayligi, iqtisodiy o‘sishning tez sur’atlarda oshishi, inflyasiyaning sezilarli darajada pasayganligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya qilishning kuchayganligi hisoblanadi.
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o‘zining etakchi rolini saqlab qoladi.
Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lovlar sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta’minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi.
Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar; Shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; jamg‘arma bankiga qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar; aksiya, obligatsiya bahosining ko‘payishidan olinadigan daromad va zayom bo‘yicha to‘lovlar; lotereya bo‘yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; har xil turdagi kompensasiya to‘lovlar va h.k.
Keyingi yillarda mamlakatimiz aholisining pul daromadlari shakllanish manbalari bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar orqali tavsiflanadi
Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin.
Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlari tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:
1.Tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar.
2.Hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari.
3.Oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish.
4.Turar joy sharoitlari.
5.Ma’lumot va madaniyat.
6.Mehnat qilish va bandlik sharoitlari.
7.Aholining daromadlari va xarajatlari.
8.Hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari.
9.Transport vositalari.
10.Dam olishni tashkil etish.
11.Ijtimoiy ta’minot.
12.Inson erkinligi.
Bu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid ko‘rsatkichlar ham ajratib ko‘rsatiladi: aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YAIM, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi iste’mol hajmi va boshqalar.
Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne’matlar to‘plami mehnat sharoiti, ta’lim, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog‘liq.
Manba: O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi
Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste’molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste’molchi byudjetlarining bir qator turlari mavjud bo‘ladi: o‘rtacha oila byudjeti, Yuqori darajada ta’minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta’minlanganlar byudjeti, nafaqaxo‘rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti Shular jumlasidandir.Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining Shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’mol savati to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi. Masalan, O‘zbekistonda aholining uzoq muddatli foydalanish vositalari bilan ta’minlanganligini 4-jadval orqali tasavvur etish mumkin xo‘jaliklari byudjetlarini tahlil qilish materiallariBozor iqtisodiyoti aholining Yuqori ta’minlangan yoki “boy” qatlamining mavjud bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining Yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo‘lgan juda oz miqdori kiradi. AQSHda aholi bu qismining Shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar baholanadi.Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq. Turmush tarzi – bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, Ya’ni:
- mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;
- turmush va bo‘sh vaqtdan foydalanish shakllari;
- siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;
- moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;
- kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari.
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o‘rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi.
O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy o‘sish daromadlarning ko‘payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutloq miqdorda asta-sekin o‘sib boradi. Daromadlarning mutloq miqdori ko‘payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin.
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig‘idan foydalaniladi (1-chizma). CHizmaning yotiq chizig‘ida aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig‘ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo‘luvchi) 0E chiziqda ifodalangan bo‘lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko‘rsatadi. Ya’ni aholining 20% barcha daromadlarning 20%ni, aholining 40% daromadlarning 40%ni, aholining 60% daromadlarning 60%ni olishini bildiradi va h.k. Demak, 0E chizig‘i daromadlarning taqsimlanishidagi mutloq tenglikni ifodalaydi.
Shuningdek, nazariy jihatdan mutloq tengsizlikni ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunda aholining ma’lum guruhlari (20%, 40 yoki 60% va h.k.) hech qanday daromadga ega bo‘lmay, faqat bir foizi barcha 100% daromadga ega bo‘ladi. CHizmadagi 0FE siniq chizig‘i mutloq tengsizlikni ifodalaydi.
Real hayotda mutloq tenglik va mutloq tengsizlik holatlari mavjud bo‘lmaydi. Balki aholining ma’lum guruhlari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishi notekis ravishda boradi. Bunday taqsimlanishini Lorens egri chizig‘i deb nomlanuvchi 0E egri chizig‘i orqali kuzatish mumkin. Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini birlashtiruvchi egri chiziqdan ko‘rinadiki, aholining dastlabki 20%ga daromadlarning juda oz (taxminan 3-4%gacha) qismi to‘g‘ri keladi. Keyingi guruhlarga to‘g‘ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng katta qismi (deyarli 60%) aholining so‘nggi 20%ga to‘g‘ri keladi. Bu guruh chegarasi ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, Ya’ni dastlabki 10% taxminan 20% daromadga ega bo‘lsa, keyingi 10%ga daromadning deyarli 40% to‘g‘ri keladi va h.k.
Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig‘i o‘rtasidagi tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo‘lsa, Ya’ni Lorens egri chizig‘i 0E chizig‘idan qanchalik uzoqda joylashsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham Shunchalik katta bo‘ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng bo‘lsa, bunda Lorens egri chizig‘i va bissektrisa o‘qi bir-biriga mos kelib, farq yo‘qoladi.
Daromad, %
100 E
80
60
40
20
F
0
20 40 60 80 100 Aholi, %
Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko‘proq qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlaridan bir ditsel koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 10% eng Yuqori ta’minlangan aholi o‘rtacha daromadlari va 10% eng kam ta’minlanganlar o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSH va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:1ga, SHvetsiyada esa 5,5:1ga teng.
YAlpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsienti) ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Djini koeffitsienti chizmadagi Lorens egri chizig‘i bilan mutloq tenglik chizig‘i o‘rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (Ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik Shuncha kuchli bo‘ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko‘rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQSHda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy beqarorlik tufayli qarab chiqilgan bu ko‘rsatkich o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi. Umumiy daromadning tabaqalanishi alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqlarning ortishi bilan birga boradi. Milliy iqtisodiyotda o‘rtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar va ishlovchilar toifalari bo‘yicha Yuqori tengsizligi tarkib topadi.
Jumladan O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal ish haqiga nisbatan alohida tarmoqlarda ish haqi darajasining o‘zgarishi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi. Daromadlar tengsizligi va uning sabablari. Daromadlar tengsizligining ko'rsatkichlari.
Aholi jon boshiga yoki bitta ishchiga to'g'ri keladigan daromad darajasidagi farqlar odatda daromadlarni farqlash deb ataladi. Daromadlarning tengsizligi barcha iqtisodiyotlarda keng tarqalgan, ammo har xil darajada. An'anaviy tizim eng katta daromad farqiga ega. U erkin raqobat kapitalizmiga o'tish bilan asta-sekin kamaydi va zamonaviy bozor tizimiga o'tish bilan sezilarli darajada kamaydi. Ma'muriy-buyruqbozlikdan bozor tizimiga o'tish davrida daromadlar tengsizligining sezilarli darajada oshishi qayd etilgan. Buning sababi shundaki, aholining bir qismi parchalanib ketgan eski tuzum sharoitida yashashni davom ettiradi va shu bilan birga bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida harakat qiladigan ijtimoiy qatlam paydo bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan bozor munosabatlariga aholining keng qatlamini jalb qilish orqali tengsizlik kamayadi.
Daromadlar va boylik tengsizligi juda katta bo'lishi va mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorlikka tahdid solishi mumkin. Shu sababli, dunyodagi deyarli har bir rivojlangan davlat ushbu tengsizlikni kamaytirish uchun doimiy ravishda choralar ko'rmoqda. Ammo bu chora-tadbirlarni ishlab chiqish faqat daromadlar va boyliklarni farqlash darajasini, shuningdek, davlat siyosati yordamida unga ta'sir o'tkazish natijalarini aniq o'lchash imkoniyati bilan mumkin bo'ladi.
Odamlar o'zlarining bizneslarini yaratishlari (tadbirkorlar bo'lishlari) yoki ishlab chiqarish omillarini (ularning mehnatlari, erlari yoki kapitali) o'zlarining mulkida boshqa odamlar yoki firmalardan foydalanishlari uchun ta'minlashlari natijasida daromad olishadi. Va ular ushbu mulkdan odamlarga kerakli foyda olish uchun foydalanadilar. Daromadlarni shakllantirishning bunday mexanizmida dastlab ularning tengsizligi ehtimoli kiritilgan. Buning sababi:
Odamlarga tegishli ishlab chiqarish omillarining turli xil qiymatlari (kompyuter shaklidagi kapital, asosan, belkurak shaklidagi kapitalga qaraganda ko'proq daromad keltirishi mumkin). Ishlab chiqarish omillaridan foydalanishdagi farqli yutuqlar (masalan, kam mahsulot ishlab chiqaradigan firma xodimi, mahsuloti qiyinchilik bilan sotiladigan firmada ishlaydigan bir xil malakadagi hamkasbiga qaraganda yuqori daromad olishi mumkin);
Odamlarga tegishli bo'lgan ishlab chiqarish omillarining har xil hajmi (ikkita neft qudug'i egasi, boshqa narsalar teng, bitta quduq egasiga qaraganda ko'proq daromad oladi).Shunga asoslanib, daromadlar tengsizligining sabablarini tushunish uchun odamlarning imkoniyatlariga murojaat qilish kerak.
Avvalo, tug'ilishdan boshlab odamlarga turli xil aqliy va jismoniy qobiliyatlar beriladi. Boshqa barcha narsalar teng (bu shart har doim yodda tutilishi kerak), ajoyib jismoniy kuchga ega bo'lgan odam taniqli va yuqori maoshli sportchiga aylanish ehtimoli ko'proq.
Ikkinchidan, mulkka, xususan meros qilib olingan mulkka egalikdagi farqlar. Odamlar qaysi oilada tug'ilishini tanlashlari mumkin emas - merosxo'r millionerlar yoki oddiy ishchilar. Demak, daromad oqimining bir turi, ᴛ.ᴇ. mulkdan olingan daromad biz nomlagan sub'ektlar uchun sezilarli darajada farq qiladi.
Uchinchidan, ta'lim darajasidagi farqlar. Aynan shu sabab ko'p jihatdan yuqorida aytib o'tilganlarga bog'liq. Boy oilada tug'ilgan bola, ehtimol, kambag'al, ko'p bolali oiladagi bolaga qaraganda juda yaxshi ma'lumot va shunga mos ravishda yuqori daromad keltiradigan kasbni egallaydi.
To'rtinchidan, teng imkoniyatlar va ta'lim olish uchun bir xil boshlang'ich sharoitlar mavjud bo'lsa ham, ba'zida "ishchi" deb ataladigan odamlar ko'proq daromad olishadi. Bu odamlar o'z ishlarida yuqori natijalarga erishish uchun ko'p narsalarga tayyor.Beshinchidan, shunchaki omad, imkoniyat, kutilmagan yutuq va boshqalar bilan bog'liq bo'lgan bir qator sabablar mavjud. bozor iqtisodiyotiga xos bo'lgan noaniqlik sharoitida ushbu sabablar guruhi daromadlarni taqsimlashdagi tengsizlikning ko'plab holatlarini tushuntirishi mumkin
Daromad tengsizligida katta farqlari mavjud bo‘lishining asosiy sababi bozor tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bizning respublikada ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish daromadlar tengsizligi muammosini keskinlashtiradi. Bu erda asosiy rolni mol-mulk (uy-joy, ko‘chmas mulk, aksiya va boshqalar)ga ega bo‘lish omili o‘ynay boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanish jarayoni etarli darajada tez boradi, minimal darajadan bir necha o‘n baravar Yuqori daromadga ega bo‘lgan ijtimoiy qatlam shakllanadi. Daromadlarning tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Vaqt o‘tishi bilan oilalarning to‘plagan mol-mulki meros qoldirishi sababli daromadlar tabaqalanishining kuchayishi ro‘y beradi. Har xil oilalar uchun turlicha iste’mol muhit yaratiladi. Ijtimoiy tenglik va daromadlar taqsimotida adolatlikni ta’minlab berishning muhim muammolari kelib chiqadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar ham mavjud bo‘ladi. Bularning asosiylari quyidagilar:
kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;
ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o‘rnatishga layoqatliligi (bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar.
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi.
Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert to‘lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to‘lovlari eng past daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75%)ni tashkil qiladi va qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
1. Daromadlarni davlat tomonidan qayta taqsimlash g‘oyasi, maqsadi va dastaklari.
2.Ijtimoiy himoyaning mazmuni va uning shakllari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati.
3.Hozirgi bosqichda kasanachilik sohasi bandlik va oila byudjeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha manbaiga aylanib borayotganligi.
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish (masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi. Aholi daromadlari tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari.
Aholi turmush darajasi tushunchasiga ularning hayot kechirish uchun zarur bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar bilan ta‘minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne‘matlari bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin. Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga qo’yidagi guruhlarni oladi:
Tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar.
Hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari.
Oziq-ovqat tovarlarni iste‘mol qilish.Turar joy sharoitlari.
Birinchidan, yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasining aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.
Aholi guruxlari bo’yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste‘mol byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste‘molchi byudjetlarinig bir qator turlari mavjud bo’ladi: o’rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta‘minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta‘minlanganlar byudjeti, nafaqaxo’rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rtacha daromad “o’rtacha sinf” deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo’yicha aniqlanadi. Bunday gurux iste‘mol savati to’plamiga uy, avtomashina, dal hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalar o’qitishi imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi. Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta‘minlangan yoki “boy” qatlaminig mavjud bo’lishini taqazo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo’lgan juda oz miqdori kiradi.
Faravonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta‘minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta‘minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qishloqning boshlanishi) sifatida chiqadi. Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog’liq.
Turmush tarzi - bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya, turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya‘ni:
Mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari.
Turmush va bo’sh vaqtdan foydalanish shakllari;
Siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtiroq etish;
Moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirish shakllari;
Kishilarning kundalik hayotidagi hulq-atvori me‘yorlari va qoidalar
Kishilar hayoti faoliyati uchun zarur ne‘matlar to’plami mehnat sharoiti, ta‘lim, sog’liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarini o’z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a‘zolarining aholida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog’liq. Ya‘ni, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi iste‘mol hajmi va boshqalar daromad manbalari hisoblanadi.
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali turli guruhlari o’rtasidagi qayta taqsimlashdan iborat.Davlat daromadlarini qayta taqsimlashdan ijtimoiy to’lovlar bilan birga bozor narxlarini o’zgartirish va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.
Ijtimoiy to’lovlar – kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural yordam ko’rsatishga qaratilgan tadbirlar tizini bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi.Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni inson parvarishlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
Aholini daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta‘sir ko’rsatish sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste‘mol tovarlarni narxnig o’sishini hisobga olish va nominal daromadlarini narxlar o’sishiga bog’liqlikdan oshirib borish hisoblanadi.
SHaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishi aholining kambag’al qatlamini qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Amaliy hayotda qashshoqlikning o’zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishning minimal me‘yor bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarni ham o’z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko’zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan malakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulkni miqdori, oilaviy ahvoli kiritiladi. Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishag yo’naltirilgan siyosatdir.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish – bu narxlar erkinlashtirilishni va pulning qadrsizlanish darajasiga ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. “Ma‘lumki, malakatimzda kam ta‘minlangan oilalarni bepul sigir berish yo’li bilan qo’llab-quvvatlash alohida e‘tibor qaratiladi. Masalan, 2006 yildan hozirga qadar nan shunday oilalar uchun 103 mingdan ziyod qoramol berildi. Natijasida 2009 yilning birinchi yanvargacha shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklari qoramol boquvchi sifatida ro’yxatga olingan fuqarolarning umumiy soni bir million 100 mingdan ko’proqni tashkil etdi. Shulardan 54 ming kishiga yangi mehnat darajasiga berildi, bir yuz o’n bir ming fuqaroning esa mavjud mehnat daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi” .Aholining ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi – ichki iste‘mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq – ovqat mollari asosiy turlari iste‘molini muayyan darajada saqlab turish bo’ldi. Bunga erishishida muhim mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ulrga yuqori boj to’lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me‘yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyaga ega bo’ladi.Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo’nalishi - aholining kam ta‘minlangan tabaqalarning ijtimoiy himoyalash va qullab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazganligi bo’ldi. Masalan, pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo’llar bilan himoya qilib borildi.
Yalpi ijtimoiy kafolatlar tizimdan ishonchli ijtimoiy kafolatlari va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tiziiga izchillik bilan o’tish-ijtimoiy siyosati amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlanishini bildiradi.Turmush darajasi - bu jismoniy, manaviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqiyosi va ularing qondirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
Turmush darajasi to’g’risida to’liqroq malumot olish uchun aholi daromadlari va ehtiyojlari, istemol darajasi va tarkibi, uy-joy, mol-mulk, madaniy-maishiy buyumlar va boshqalar bilan tabminlanganlik darajasini chuqurroq o’rganish lozim bo’ladi.
Turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar turli-tuman bo’lib, ular quyidagi turkumlarga ajratiladi:
-umumiy va xususiy;
-iqtisodiy va ijtimoiy-demografik;
-obyektiv va subyektiv;
-qiymat va natural;
-miqdo rva sifat;
-istemol proportsiyasi va tarkibi ko’rsatgichlari;
-statistik va boshqa ko’rsatkichlar.
Umumiy ko’rsatgichlarga:
1.Milliy daromad
2.Istemol fondi
3.Milliy boyliklar iste’mol fondi kabilarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ulushi kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining umumiy darajasini ifodalaydi.
Xususiy ko’rsatkichlardan:
1.Iste’mol darajasi va usullari.
2.Mehnat sharoitlari.
3.Turar-joy taminoti va maishiy qulayliklar.
4.Ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish darajasi
5.Bolalarni tarbiyalash sharoitlari.
6.Ijtimoiy taminot va boshqalarni keltirib o’tish mumkin.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar inson va jamiyat hayotining iqtisodiy imkoniyatlarini ifodalaydi. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti va har bir insonning farovonligi (va ha-iqiy daromadlar, ish bilan bandlik va boshqalar) darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkichlarni iqtisodiy ko’rsotkichlar sirasiga kiritiladi.
Ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar aholining yoshi, jinsi, kasbiy-malakaviy tarkibini, ishchi kuchini jismoniy takror ishlab chiqarishni ifodalaydi.
Obyektiv ko’rsatkichlar obnktiv (iqtisodiy, texnik va hokazo) bazaga,ega bo’lsa, subyektiv ko’rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida shaxslarning mehnat,oilaviy munosabatlar, daromadlar,ish, turmush tarzi vash u kabilardan qoniqish bo’yicha hisobga olinadi.
Qiymat ko’rsatkichlari barcha daromad ko’rsatkichlari va pul ko’rinishidagi boshqa ko’rsatkichlarni (tovar aylanishi, xizmatlar, tashishlar, pul jamg’armalari va qo’yilmalari va hokazolarni hajmi) o’z ichiga oladi. Natural ko’rsatkichlar natural birliklarda (dona,kvm, kubm va hokazolar) o’lchanadigan muayyan moddiy nematlar va xizmatlar-oziq-ovqat mahsulotlari, energiya istemoli, mol-mulk, turar-joylar, madaniy–maishiy tovarlar taminotining hajmini ifodalaydi.
Miqdor ko’rsatkichlari muayyan moddiy nematlar va xizmatlar istemol hajmini aniqlaydi. Sifat ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat jihatdan baholash imkonini beradi.
Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko’rsatkichlar tizimi taklif etiladi:
1)umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar;
2)aholi daromadlari;
3)aholi iste’moli va harajatlari;
4)aholining pul jamg’armalari;
5)jamg’arilgan mol-mulklar va turar-joylar;
6)aholining ijtimoiy tabaqalanishi;
7)aholining kam ta’minlangan tabaqalari.
Turmush darajasini ifodalash uchun mutlaq va nisbiy qashshoqlik ko’rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Mutlaq qashshoqlik-daromadning umuman yo’qligi yoki shaxs (oila)ning minimal turmush ehtiyojlarini qondirish uchun zarur daromadining yo’qligi. Mutlaq qashshoqlik ko’proq daydilar, boshpanasizlar va shu kabilar orasida uchraydi.O’zbekistonda nisbiy qashshoqlik yashash minimummidan kam bo’lgan daromad miqdori bilan aniqlanadi. Jahon amaliyotida esa bu ko’rsatkich mamlakat bo’yicha o’rtacha daromadning 40-60 foizidan kam bo’lgan daromadlarga nisbatan qo’llaniladi.
Jamiyat a'zolarining daromadlari darajasi ularning farovonligining eng muhim ko'rsatkichidir, chunki u shaxsning moddiy va ma'naviy hayotining imkoniyatlarini belgilaydi: dam olish, ta'lim olish, sog'lig'ini saqlash, shoshilinch ehtiyojlarni qondirish.
Ijtimoiy siyosat - bu ijtimoiy farovonlikka erishish, aholining hayot sifatini oshirish va jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning asosiy printsipi ijtimoiy adolatni ta'minlashdan iborat: bir tomondan, davlat fuqarolarga yashash uchun teng boshlang'ich sharoitlarni ta'minlashi kerak, boshqa tomondan, jamiyatning eng faol a'zolari ko'proq imtiyozlar olishlari kerak. va ularning ishi uchun xizmatlar. Daromad miqdoriga ko'p turli omillar ta'sir qiladi, ko'pincha ta'sirning ko'p qirrali xususiyatiga ega. Ularning ichida harakatning kuchini va daromad shakllanishining boshqa omillari yo'nalishini belgilovchi ijtimoiy-siyosiy; daromadning jinsi, yoshi, jismoniy chidamliligi va intellektual qobiliyatiga bog'liqligini hisobga olgan holda demografik; kasbiy, ta'lim darajasini, malakasini va ish tajribasini o'rganish; shaxsning jamiyatdagi o'rniga va lavozim ierarxiyasiga qarab daromad miqdorini belgilovchi maqom; ijtimoiy-iqtisodiy, xususan, faoliyat turi va turini, bandlik imkoniyatlarini, ishlab chiqarish turini, ishlab chiqarish vositalariga egalik shaklini, mehnat sharoitlarini o'z ichiga oladi.
Turli xil iqlim sharoitlariga ega bo'lgan mamlakatlarda geografik omillar alohida ahamiyatga ega, chunki asosiy tovarlar va xizmatlarning narxi mintaqadan mintaqaga sezilarli darajada farq qiladi va shunga mos ravishda turli darajadagi daromadlarni nazarda tutadi.Shunday qilib, aholi daromadlari uy xo'jaliklari tomonidan olingan barcha natura va pul mablag'laridir. Ular naqd yoki naqd shaklda bo'lishi mumkin. Natura shaklidagi daromadlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, chorvachilik mahsulotlari, xizmatlar va boshqa natura ko‘rinishdagi mahsulotlarning barcha tushumlari kiradi. Naqd pul daromadlari - odatda qayta tiklanadigan va har oy muntazam ravishda uy xo'jaligi yoki alohida a'zolarga hisoblangan pul tushumlari.Aholining daromadlari hajmiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan omillar qatoriga ish haqining o'zi hajmidan tashqari, chakana narxlarning dinamikasi, iste'mol bozorining tovarlar bilan to'yinganlik darajasi va boshqalar kiradi. Mamlakat iqtisodiyotining holati va amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat aholi daromadlari darajasiga bevosita ta'sir ko'rsatmoqda.Aholining real daromadlari mamlakat hukumati uchun eng muhim ko'rsatkichlardan biri bo'lib, uning yordamida barcha fuqarolarning moddiy ta'minlanish darajasi aniqlanadi. Bundan tashqari, bu ko'rsatkich mehnat unumdorligining o'sishiga ta'sir qilishi mumkin. Shu sababli, turmush darajasi ko'rsatkichini hisoblashning yangi usullari muntazam ravishda o'rganiladi.
Jamiyatning real rentabelligining qiymati davlatdagi ijtimoiy iqlimga ta'sir qiladi. Aholining moddiy boyligining o'sishi bilan davlatning umumiy turmush darajasi yaxshilanadi. Buning uchun yagona shartga - real daromadlarni butun mamlakat aholisiga teng taqsimlashga rioya qilish kerak.
Haqiqiy va nominal daromad o'rtasidagi nisbat quyidagi formula bilan ifodalanadi: DR = DN / C. Bu erda:
DR - haqiqiy qaytish.
DN - nominal rentabellik.
C - mutlaq narx darajasi.
Turmush darajasini o'rganishda ijtimoiy standartlar va aholining o'rtacha minimal daromadlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ular qonun bilan tasdiqlangan va aholi daromadlarining eng muhim kafolatlari bo‘lib, ular mamlakatning erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasidan kelib chiqib davlat tomonidan ta’minlanishi shart. Ijtimoiy me'yorlarga yashash minimumi, eng kam ish haqi, qarilik nafaqasi va boshqalar kiradi.Natijalarga ko'ra namunaviy so'rovlar uy xo'jaliklari budjetlari jami daromadlarning hajmi va tarkibini belgilaydi, turar-joy, oila tarkibi, bandlik va boshqa ijtimoiy-demografik va tabiiy-iqlim omillariga qarab ayrim turdagi uy xo'jaliklari daromadlari darajasidagi farqlarni aniqlaydi.Uy xo'jaliklarining umumiy daromadi o'z ichiga oladi pul daromadlari (tarkibida pul daromadlari va xarajatlari balansining o'xshash ko'rsatkichi bilan mos keladi), o'z ishlab chiqarishi tomonidan iste'mol qilingan yoki boshqa manbalardan olingan oziq-ovqat narxi (qarindoshlarning yordami va boshqalar), shuningdek natura shaklida beriladigan subsidiyalar va imtiyozlar.
Uy xo'jaliklarining soliqlar va majburiy to'lovlargacha bo'lgan pul mablag'lari va umumiy daromadlari nominal, ushbu to'lovlardan keyin esa - bir martalikdir. Vaqt o'tishi bilan tendentsiyalarni o'rganish uchun umumiy va foydalaniladigan pul daromadlari real ko'rinishda hisoblab chiqiladi (iste'mol narxlari indeksiga moslashtirilgan).
Milliy hisoblar tizimi doirasida xalqaro standartlarni hisobga olgan holda hozirgi kunda yangilari joriy etilmoqda. Shunday qilib, turmush darajasini tahlil qilish uchun uy xo'jaligi sektorining yalpi va to'g'rilangan ixtiyoriy daromadlari ko'rsatkichlari tobora keng tarqalgan.Yalpi ixtiyoriy daromad rezident xonadonlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etishi munosabati bilan olgan birlamchi daromadlari summasini (ish haqi, aralash daromad, mulkiy daromadlar), shuningdek olingan va o‘tkazilgan joriy transfertlarning qoldig‘ini o‘z ichiga oladi.Tuzatilgan ixtiyoriy daromad ixtiyorida bo‘ladigan daromadlar va natura ko‘rinishidagi ijtimoiy transfertlar yig‘indisiga teng (ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va boshqalar sohasida bepul yoki subsidiyalangan xizmatlar qiymati).
Aholining daromadlarini o'lchashning o'ziga xos xususiyati shundaki, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonlari har doim ham to'g'ridan-to'g'ri kuzatish mumkin emas va ba'zi elementlarni faqat bilvosita baholashmumkin. .....................................................XULOSA.
Chuqur moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida mamlakat aholisining salmoqli qismi qashshoqlik chegarasida qolib, ishdan mahrum bo'lib, omon qolish yoki majburiy o'zini-o'zi ta'minlash sharoitlariga joylashtirildi. Aholini yashash iqtisodiyoti sharoitlariga moslashtirishning asosiy yo'nalishlaridan biri xo'jaliklarning bozor imkoniyatlaridan foydalangan holda ham, ular faoliyatining an'anaviy yo'nalishlarida ham amalga oshirilgan faoliyatini har tomonlama faollashtirish bo'ldi.Xo'jaliklarning keyingi yillarda faollashgan mehnat-xo'jalik funksiyalariga quyidagilar kiradi: shaxsiy yordamchi xo'jaliklarni saqlash; tovar va notijorat mahsulot ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan individual - mehnat va xususiy - tadbirkorlik faoliyati; kichik hajmdagi havaskor savdo; anʼanaviy uy xoʻjaligi va “oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish” turlarini ishlab chiqarish koʻlamini kengaytirish, yer, koʻchmas mulk, chorva mollari, uzoq muddat foydalaniladigan mahsulotlarni ijaraga berish; naqd pul depozitlari, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar. Bu funksiyalarning amalga oshirilishi uy xo‘jaliklariga zarur iste’mol darajasini saqlab qolish va umuman, ma’lum chegaralarda ularning turmush darajasini barqarorlashtirish imkonini beradi.Belgilangan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish jamoat birlashmalari, tadbirkorlar va davlatning o'zaro hamkorligi sharoitida muvaffaqiyatli bo'ladi. Bu odamlarning hokimiyatga bo‘lgan ishonchini tiklash, resurslarni umummilliy tiklanish sari yo‘naltirish imkonini beradi.
Hayot darajasi va sifatini oshirish uchun zarur bo'lgan iqtisodiy resurslar qonun buzilishi natijasida shaxsiy qo'llarga o'tgan milliy boylikning bir qismini qayta taqsimlash natijasida olinishi mumkin edi.
Resurslarning asosiy manbai barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy o‘sish hisobidan olingan va ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat byudjetida nazarda tutilgan mablag‘lari bo‘lib, ijtimoiy rivojlanish uchun yetarli darajada jamlanma xarajatlarni ta’minlaydi. Byudjet va soliq qonunchiligi hududiy va mahalliy byudjetlarda ijtimoiy xarajatlarning moliyaviy etarliligini ta'minlashi kerak bo'ladi. Federal byudjetdan tashqari jamg'armalar, shuningdek, davlat kafolatlari ostida yaratilgan xususiy byudjetdan tashqari ijtimoiy jamg'armalarning qo'shimcha resurslaridan samarali foydalaniladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.Abdullaev Yo. «Bozor iqtisodiyyoti asoslari» Toshkent: «Mehnat»-1997 yil, 306-316 betlar.
2.Abdurahmonov Q., Bozorov.N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 111-155 betlar.
3.Abdurahmonov Q.H, Xolmo’minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent-2004 yil, 76-96 betlar.
4.Dodoboev Yu.T, Xudoyberdiyev A. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Farg’ona-2001 yil, 219-222 betlar.
5.Usmonov S.N., Dodoboev Yu.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «fan»-1999 yil, 235-236 betlar
6.O’lmasov A. «Iqtisodiyot asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil, 191-203 betlar.
7. Neshitoy А.S. Investitsii: Uchebnik. – M.: Dashkov i Kє. 2006. – 376 – 1 ekz.
8. Karimov N.G., Аngelidi M.S. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish tizimida sindikat asosida kreditlashtirish. (Savollar va javoblar). – T., TMI. 2005. – 93 b. 100 nusxa.
9. Juraev А. Xoʼjamkulov D. Investitsiyalar dasturlari monitoringi. – T.: TMI. 2003. – 10 b. 50 nusxa.
10. Joʼraev А., Xoʼjamkulov D. Xalqaro investitsiya bozori. – T.: TMI. 2003. – 12 b. 50 nusxa.
11. Karimov N., Karimov X., Mamatov B. Davlat investitsiya dasturi. – T.: TMI. 2003. – 10 b. 50 nusxa.
12. Joʼraev А., Mamatov B., Xoʼjamkulov D. Investitsion tahlil. – T.: TMI. 2003. – 14 b. 50 nusxa.
13. Joʼraev А.S, Nosirov E.I. Davlat investitsion siѐsati. – T.: TMI. 2003. – 11 b. 50 nusxa.
14. Joʼraev А.S, Xoʼjamkulov D. Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish. – T.: TMI. 2003. – 12 b. 50 nusxa.
Internet-saytlarga havolalar
www.arxiv.uz www.ziyonet.uz
www.stat.uz www.aim.uz
Download 304.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling