1. Akfa kompaniyasining kelib chiqish tarixi Akfa haqida umumiy ma’lumotlar
Download 1.01 Mb.
|
1 Akfa kompaniyasining kelib chiqish tarixi Akfa haqida umumiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Termo seria.
- Fasad seriyasi
3.Akfa serialari haqida ma’lumot
Aldoks seriyasi Yarim yorug’lik o’tkazuvchi va to’siqli konstruksiyalar uchun alyuminiy profillar tizimi. Ushbu tizim issiqlik izolyatsiyasi talablari kuchaytirilmagan vitrajlar, dereza va eshiklar, xonalararo to’siqlar tayyorlashni o’z ichiga oladi. Alyuminiy kostruktsiyalarning xizmat qilish muddati 80 yilni tashkil qiladi. Alyuminiy profillar uchun ishlab chiqarilgan zamonaviy bo’yash texnologiyalari kukunli rang qoplamalarining har xil turdagi ko’rinishini olishga yordam beradi. Buning yordamida biz o’z mijozlarimizga rang va alyumin konstruksiyalar dizayni bo’yicha ulkan tanlovlar dunyosini taklif etamiz. Profil konstruksiyalari va furnituralar derazaning turli shakl va usullarda ochish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga qotishma va qoplamlarni hisobga olgan holda buyurtmachining loyihasi asosida profillar tayyorlanishi mumkin Termo seria. Alyumin termoseriya sovuqdan, issiqdan hamda shovqindan mukammal himoya qiluvchi, bino ichida istalgan sharoitlar yaratuvchi yuqori sifatli profillar tizimidan iborat. Ushbu turdagi alyuminiy profillar a’lo darajadagi texnik va estetik sifatlarni o’z ichiga olib alyumin tizimlarga eng ko’p qo’yiladigan talablarga to’liq javob beradi. Termoseriyadagi alyumin profillarning oddiy alyumin profillardan farqi shundaki, ularning ichki va tashqi qismlari orasiga termostat qo’yiladi. Unga poliamidli, mustahkamlangan oynatolalaridan qilingan ikkita izolyatsiya plankalari joylashtirilgan bo’lib. Ular seriyaning kuchli issiqlik izolyatsiyasi hosil qilishini ta’minlaydi. Fasad seriyasi O’zining noodatiy tashqi ko’rinishi va qo’llanilish xususiyatlariga ko’ra fasad tizimlar arxitektor va quruvchilar orasida ommalashib ketgan. Oyna va karkasdan iborat bo’lgan bino fasadi turli rang, xususiyat va shaklga (vertikal, nishab, gorizontal) ega bo’lishi mumkin. Fasad tizimlarning turli shakllari bino fasadlarining dizayniga yangicha va ijodiy yondashish imkoniyatini yaratadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling