1. Akrabatik mashqlarini o’rgatish Akrobatik mashqlar
Download 430.36 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Akrabatik mashqlarini o’rgatish Akrobatik mashqlar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Himoyalash va yordam
- Boshda turish
Himoyalash va yordam: bajaruvchining orqa tomonida turib, bel qismidan chalkash ushlab,
harakatning oxirigacha yordam berish. Boshdan aylanish. Yarim о‘tirgan, qо‘llar oldinga – pastga uzatilgan holatdan bosh egilib, tos- bо‘ksa qismlari keskin yoyilib, oyoqlar bilan turtki olish (uchish fazasi bilan) holatiga chiqish, oyoqlar uchida turib, tosni oldinroqqa itarib, harakatni tugallash. Agar о‘quvchilar avval tayanch holatidan kuraklarni egib, (yon tomonda turgan sheriklarining qо‘lidan ushlab) oldinga-yuqoriga, yо‘nalishda keskin yoyilib, oyoqqa turib olib, sо‘ngra matlar tahlami ustidan boshdan aylanishni egallab olsalar (4-6 marta), sekin asta balandlikni kamaytirib, va nihoyat, akrobatik yо‘lakchada (yoki matlarda) bu aylanishni osonroq о‘rganib oladilar Himoyalash va yordam: yon tomonda turib, bir qо‘l bilan yelka ostidan, ikkinchi qо‘l bilan tos ostidan tutib turib, harakatni oldinga-yuqoriga yо‘naltiring va bajaruvchiga yerga tushguncha yordam bering. Turishlar – oyoqlarni yuqoriga uzatilgan (vertikal) turg‘un holatlar. Burishlarni bajarish о‘quvchilarda tо‘g‘ri qomatni saqlashga yordam beradi. Kuraklarda turish. Orqa tomonga dumalashdan sо‘ng kaftlar bilan qaddining orqa tomoniga tayanib, tanani gavda va oyoqlar bir chiziqda yotadigan qilib yoyiladi. Yanada murakkabroq variant – qо‘llar polga qо‘yiladi. Turishning asosiy variantini egallagach, uni oyoqlar orasini ochish, oldinga va orqaga siltash, shuningdek, kuraklarga egilgan (45 0 burchak ostida) turishni bajarish mumkin. Boshda turish. О‘tirish holatidan boshga shunday tayanish kerakki, bunda bosh va qо‘llarning barmoqlari teng tomonli uchburchak hosil qilsin va oyoqlarning turtkisi bilan tos kо‘tariladi (guruhlashtirib). Sо‘ngra oyoqlarni yozib, tana muvozanatini vertikal holatida saqlagan holda turishga chiqing. Turishni bir oyoqda о‘tirib, ikkinchi oyoqni siltab, ikkinchisidan turtki olib, bajarish mumkin. Bu holda zarur bо‘lsa, yordam berish mumkin: bir qо‘lni yelka ostiga, boshqasini siltanadigan oyoqqa qо‘yiladi (turishga chiqqunga qadar). Chala о‘tirgan yoki tovonlarda о‘tirgan holatdan bajarish yanada murakkabroq variant hisoblanadi О‘quvchilar avval kuraklarda turishni va gimnastik devorda osilish bо‘lib egilib turishni о‘rganib olgan bо‘lishlari kerak. Download 430.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling