1. Algoritm tushunchasi nima Algoritmni so‘zlar yordamida ifodalanish
Download 64.57 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish qismi.
Reja: 1.Algoritm tushunchasi nima 2. Algoritmni so‘zlar yordamida ifodalanish 3. Algoritmni formulalar yordamida ifodalanishi 4. Algoritmni jadval yordamida ifodalanishi 5. Algoritmni grafik shaklda ifodalanishi. 6.Algoritmni dastur shaklida ifodalanishi. Kirish qismi. Algoritm nima. Bu so’z hayotimizga qayerdan kirib kelgan. Shunday savol mazmunidagi sarlavha ostida BiBiSi ijtimoiy tarmog’i tomonidan video rolik namoyish etildi. Xususan, video rolikda shunday deyiladi: «Biz algoritm so'zini o'zimiz uchun yangilik deb bilamiz aslida esa bu termin bundan 900 yil oldin vujudga kelgan. Algoritm so'zi buyuk matematik Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan bog'liq. U milodiy 780-yili hozirgi O'zbekiston hududida tavallud topgan. Uning ismi yashagan joyidan olingan. Al-Xorazmiy Bog'dodning markazida joylashgan “Baytul hikma”ning raisi bo'lgan. U matematika, astronomiya, geografiya va kartografiya sohalariga ulkan hissasini qo'shgan. “Hind hisoblash san`ati haqida tushuncha” nomli kitobi 300 yildan keyin qaytadan o'rganilib lotin tiliga tarjima qilingan. Bu kitob g'arb dunyosiga hind-arab raqamlarini tanitdi. Buning natijasida esa noqulay rim raqamlari o'rnini hind-arab raqamlari egallay boshladi. Bugungi kunda butun dunyoda ishlatilayotgan o'nlik sanoq sistemasi Al-Xorazmiyning kitobida tasvirlangan. Xorazmiyning ismi lotinchaga o'girilganida “algoritmi” bo'lgan. Bu esa “algoritm” so'zining asosidir. Biz “algebra” so'zi uchun ham Xorazmiyga rahmat aytishimiz kerak chunki u ham Xorazmiyning kitobidan olingan. Buguni kunda biz ishlatayotgan barcha texnik narsalar negizida Xorazmiyning o'nlik sanoq sistemasi turibdi. Uning kitoblari g'arb olimlari uchun yangilik bo'ldi. Uning kitoblar ba`zi masalalarni qanday osonlik bilan yechilishini ko'rsatib berdi. Algoritm so'zi 13 asrda ingliz atamasi sifatida Chouser tomonida qo'lanila boshlandi. Biroq, faqatgina 19-asrning oxirida algoritm atamasi muammoni hal etish uchun ketma ket keladigan qoidalar majmuasini anglatar edi. 20-asrning boshida ingliz matematiki va kompьyuter olimi Alan Tyuring, nazariy jihatdan, kompьyuterning algoritmik ko'rsatmalarga qanday rioya qilishi va murakkab matematik masalalarni qanday hal qilish mumkinligini o'rgandi. Bu esa kompyuter asrining boshlanishi edi. U Ikkinchi jahon urushi davrida nemislar tomonidan ishlatilgan Enigma kodini algoritm yordamida buza oladigan mashina yaratdi. Algoritm hozirda odatiy narsaga aylangan bo'lsada ko'pchiligimiz buni aynan nimalarda ishlatilishini bilmaymiz. Hozir algoritm bizga A nuqtadan B nuqtaga yetib olishimizda, internet qidiruvlarida, video ko'rish va uni do'stlarga ulashish kabi sodda narslarda yordam beradi. O'rta asrlarda yaratilgan bu kichik so'z hayotimizni asta-sekin o'zgartirmoqda. Umurnan olganda algoritm - bu qo‘yilgan masalaning yechimiga olib keladigan, ma'lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketma-ketligidir. Boshqacha qilib aytganda. algoritm boshlang‘ish ma'lurnotlardan natijagasha olib keluvshi jarayonning aniq yozilishidir. Algoritm tushunshasining turli ta’riflari bir qator talablarga javob berishi kerak: - algoritm chekli sondagi elementar bajariluvshi ko‘rsatmalardan iborat bo‘lishi kerak; - algoritm chekli sondagi qadamiardan iborat boMishi kerak; - algoritm barcha boshlang'ich berilganlar uchun umumiy bo'lishi kerak; - algoritm to'g'ri yechimga olib kelishi kerak. Har qanday algoritm ma'lutn ko‘rsatmalarga binoan bajariladi va bu ko‘rsatmalarga buyruq deyiladi. Yuqoridagi fikrga ko‘ra algoritm asosan masalani yechimini topish uchun tuziladi. Bitta masalani yechishning bir necha algoritmi mavjud bo'lishi mumkin. Ular orasida eng samaralisini, bajarilishi uchun eng kam amallar, mashina vaqti, xotira va h.k.ni talab qiluvchi algoritmni tanlash lozim. Samarali algoritmlar mavjud bo iish shartlari va ularni qurish (ishlab chiqich)ni o'rganish algoritmlar nazariyasi asosini tashkii etadi. Algoritm kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bo'lib, bu atama o'rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk o'zbek matematigi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. U IX asming 825 yilidayoq o'zi kashf etgan o'nli sanoq tizimida to‘rt arifmetika amallarini bajarish qoidalarini bergan. Arifmetika amallarini bajarish jarayoni esa al-xorazm deb atalgan. Bu atama 1747 yildan boshlab algorismus, 1950 yilga kelib algorifm deb ham ataldi. Fanda "Yevklid algoritmi", "G'iyosiddin Koshiy algoritmi", "Laure algoritmi", "Markov algoritmi" deb ataluvchi algoritmlar m a’lum algoritm tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan algoritmlar nazariyasi paydo bo'lgan. Kompyuterlar paydo bo'lishi bilan algoritm atamasi hozirgi ma'nosi bilan axborot texnologiyalari sohasida eng asosiy atamalardan biri bo'lib qoldi. Odatda algoritmlar u yoki bu hisoblashga doir masalaiarni (computational problems) yechish uchun tuziladi. Qo'yilgan masala ushun yaratiladigan algoritmda kiruvchi va chiquvchi m a’lumotlar muhim ahamiyatga ega, agar algoritm to'g'ri tuzilgan bo'Isa, ijrosi (kom pyuter) aniq natijalar beradi. Algoritm quyidagi xossalarga ega: aniqlik, tushunarlilik, ommaviylik, natijaviylik va diskretlik. Aniqlik va tushunarlilik - deganda, algoritmda ijrochiga berilayotgan ko'rsatmalar aniq mazmunda bo'lishi tushuniladi. Chunki ko'rsatmalardagi noaniqliklar mo'ljallangan maqsadga erishishga olib keimaydi. Ijrochiga tavsiya etiladigan ko'rsatmalar 8 tushunarli mazmunda bo‘lishi shart, aks holda ijrochi uni bajara olmaydi. Ommavivlik - deganda, har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi masalalaming barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi. ya’ni umumiy bo‘lishi tushuniladi. Natiiaviylik - deganda, algoritmda chekli qadamlardan so‘ng albatta natija bo4lishi tushuniladi. Shuni ta'kidlash joizki, algoritm avvaldan ko‘zlangan maqsadga erishishga olib kelmasligi ham mumkin. Bunga ba'zan algoritmning noto‘g‘ri tuzilgani yoki boshqa xatolik sabab bo‘lishi mumkin, ikkinchi tomondan, qo‘yilgan masala ijodiy yeshimga ega boMmasligi ham mumkin. Lekin salbiy natija ham deb qabul qilinadi. Diskretlik - deganda, algoritmlami chekli qadamlardan tashkil qilib bo'laklash imkoniyati tushuniladi. Download 64.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling