Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so‘ng, albatta, natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli qadamdan so‘ng qo‘yilgan masala yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko‘rilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm deb atay olmaymiz.
. Algoritmni so‘zlar yordamida ifodalanishi.
Hayotimizdagi bir qator misollar inson og‘zaki nutqida ishlatiladigan so‘zlar orqali ifodalanadi (masalan, choy damlash yoki yig’indi hisoblash algoritmi). Algoritmning bunday tasvirlash usulida ijrochi uchun ko‘rsatma jumlalar orqali buyruq shaklida beriladi.
Misol tariqasida suv havzasi oldida turgan A litrli va B litrli suv idishi bor ijrochi uchun {A ni to’ldir; B ni to’ldir; A dan B ga quy; B dan A ga quy; A ni bo’shat; B ni bo’shat} ko’rsatmalar sistemasini olish mumkin. Bu ijrochiga xos masalaning maqsadi o’lchab olinishi kerak bo’lgan suv miqdorining A yoki B idishlardan birortasida hosil bo’lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |