1. Algoritmik jarayonlarning matematik modellari 2
Download 118.18 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqmustaqil ish 12
Algoritmik modellar Algoritmning intuitiv tushunchasi va uni aniqlash zarurati.Tyuring mashinalari va ular orqali hisoblanuvchi funksiyalar REJA 1. Algoritmik jarayonlarning matematik modellari 2. Matematik modellarni qurish bosqichlari 3. Tyuring mashinalari Model so‘zi lotincha modulus, so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor, obraz, namuna, analog, "o‘rinbosar" degan ma’nolarni bildiradi. Modelь tushunchasini ta’riflash juda qiyin. Bir manbada uning 31 ta ta’rifi sanab o‘tilgan. SHunday bo‘lsada bu tushuncha har birimizga tanish: o‘yinchoq samolyot - samolyotning modeli, globus - Erning modeli, planetariy ekrani-osmon va undagi yulduzlar modeli, S=vt formula- jism xarakati modeli. Bu bayon qilingan predmetlar grafik tasvirlar, formulalar bitta "model" so‘zi bilan birlashadilar. YAna turli shaklda berilgan ta’riflardan ba’zilarini keltiramiz. Keng ma’noda modelь biror ob’ekt yoki ob’ektlar sistemasining obrazi yoki namunasidir. N. N. Moiseev ta’rifi buyicha «Modelь deganda biz predmet (hodisa ) haqida uning u yoki bu ayrim xossalarini aks ettiruvchi ma’lum bir chegaralangan ma’lumotni beruvchi soddalashtirilgan bilimni tushunamiz. Modelga ma’lumotni kodlashning maxsus shakli sifatida ham qarash mumkin. Modellarni qurish kishilar faoliyatida juda katta ahamiyatga ega. Model qurish jarayoni modellashtirish deyiladi. Modellashtirish deganda ob’ekt (sistema) ning modeli yordamida shu ob’ektning xossalarini tadqiq qilish jarayoni tushuniladi. Modellashtirish - turli jarayon va hodisalarni o‘rganishning eng keng tarqalgan metodlaridan biridir. Model tushunchasi biologiya, meditsina, ximiya, fizika, iqtisodiyot, sotsiologiya, demografiya va boshqa fanlarda ham qo‘llaniladi. Modellarning matematik modelь, fizik modelь, biologik modelь, iktisodiy modelь va boshka turlari mavjud. Matematik modelь tushunchasining ham turli ta’riflari mavjud. Ulardan ba’zilarini keltiramiz. Jarayonning matematik tavsifini, ya’ni jarayonning matematik tildagi bayonini matematik modelь deb yuritamiz. Matematik modelь olamning ma’lum hodisalari sinfining matematik belgilar bilan ifodalangan taqribiy ifodasidir. O‘rganilayotgan jarayon yoki hodisani matematik simvollar yordamida bayon qiluvchi matematik munosabatlar sistemasi matematik model deyiladi. Ob’ektning xarakteristikalarini bayon qiluvchi matematik ifodalar matematik modelь deyiladi. Download 118.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling