Bir cho’michli ekskavatorlar


Download 80.26 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi80.26 Kb.
#1798366
Bog'liq
Bir cho


Bir cho’michli ekskavatorlar.

Reja:





  1. Bir cho’michli ekskavatorlar konstruktivtuzilishi va asosiy qismlari.

  2. To’g’ri kurakli suriladigan zuriqmali dastakli bir cho’michli ekskavatorlar.

  3. To’g’ri kurakli tirsak-richagli zuriqmali dastakli bir cho’michli ekskavatorlar.

  4. Gidravlik to’g’ri va teskari kurak va cho’michli yuklagich.

  5. Draglayn, ekskavator- greyfer va ekskavator-strug konstruktiv sxemalari.



UTV. Kompьyutervideoproektor, ekran, slayd, tarqatma materiallar, uskuna, modelь, maketlar.
IPT. «Bumerang».


Ishdan maqsad:ЭКГ rusumidagi bir cho‘michli mexanik ekskavatorlar ishchi uskunalari tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganish.


Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Ishchi uskunalar ekskavator turini va uning konstruktiv sxemasini belgilaydi. Ekskavatorlar ishchi uskunalariga strela, rukoyat, cho‘mich va ba’zi ish bajaruvchi mexanizmlar kiradi. Ekskavatorlarda ushbu uskunalarni katta va kichik o‘lchamdagilari yoki boshqa turdagilari bilan almashtirish mumkin bo‘ladi. Bir cho‘michli ekskavatorlar ishchi uskunalarining xilma-xilligiga qaramasdan ularning barchasi ish bajaruvchi organning ekskavator platformasi bilan bog‘lanishiga qarab ikki guruhga ajratiladi: qattiq bog‘langan, egiluvchan bog‘langan. Birinchi guruhga - to‘g‘ri va teskari lopatali ekskavatorlar, ikkinchi guruhga esa draglaynlar kiradi.
Draglaynning ishchi uskunasi cho‘mich va streladan tashkil topadi. To‘g‘ri va teskari lopatalar ishchi uskunalari esa strela, rukoyat, cho‘mich, kuch berish mexanizmi va cho‘mich tagini ochish mexanizmlaridan tashkil topgan.
Surilma rukoyatli to‘g‘ri lopatalar ishchi uskunalarining mavjud konstruksiyalari strelasi konstruksiyasi bo‘yicha ikki turga bo‘linadi.
• rukoyat balkalari strela atrofidan o‘tuvchi tashqi rukoyatli mexanik lopatalar (ЭКГ-5А, ЭКГ-12, ЭКГ-4УС, ЭКГ-20);
• rukoyat balkalari strela orasidan o‘tuvchi ichki rukoyatli mexanik lopatalar (ЭКГ-10, ЭКГ-15 i ix modifikatsii).;
Tashqi rukoyat (15-rasm. d, e, j) ikki balkadan tashkil topadi va strelani o‘rab turadi. Ichki rukoyat esa bitta balkadan tashkil topadi va strelaning ichidan o‘tadi.

15-rasm. Strelaning konstruktiv sxemalari (planda):— bir balkali (yon taraflaridan tortilgan); b,v — kesim yuzasi to‘rtburchak shakldagi bir balkali tayanch zo‘g‘otalar ochilgang, j — butun ramali ikki balkalid,e — qirqilgan ikki balkali
Tashqi rukoyatlar kon jinslarini massivdan ajratishda cho‘michning yaxshi turg‘unligini ta’minlaydi va og‘ir sharoitlarda ishlatishga mo‘ljallangan mexanik lopatalarda ishlatiladi.
Bir balkali rukoyatlarning afzalliklariga ikki balkali rukoyat bilan solishtirlganda kichik massaga egaligi, o‘zining va egarli uzellari konstruksiyasining oddiyligidir. Bir balkali rukoyatlar ko‘proq kanatli kuch berish mexanizmi bilan ishlatiladi. Ikki balkali rukoyatlar esa ko‘proq tishli-reykali kuch berish tizimida ishlatiladi. Strela. Hozirgi kunlarda kanatli kuch berish tizimida ishlatilayotgan ekskavatorlarda ikki balkali strela va ichki bir balkali rukoyatlar qo‘llaniladi. Bir balkali strela va tashqi ikki balkali rukoyatlar esa tishli-reykali kuch berish tizimi bilan jihozlangan ekskavatorlarda qo‘llaniladi. Bu ekskavatorlar ЭКГ-5А, ЭКГ-12 va ЭКГ-20 mexanik lopatalaridir.
Ekskvatorlarning zamonaviy modellari ko‘pgina strelalari tayanch tomoniga kengaytirilgan shaklda ishlab chiqarilmoqda. Buning uchun strela yon taraflaridan qo‘shimcha tortuvchi konstruksiyalar ulanadi, bu strelaning barqarorligini ta’minlaydi (ЭКГ-5А).
Bir balkali ichki rukoyatlar uchun odatda ikki balkali strela (15-rasm. gj); ikki balkali tashqi rukoyatlar uchun bir balkali strela qo‘llaniladi(15-rasm, a—v);
Ikki balkali strelalar kanatli va tirsak-richagli kuch berish tizimida ishlaydigan ekskavatorlarda qo‘llaniladi. Bu strelalar yaxlit ramali(15-rasm, g, j) yoki sharnir-birikmali (15-rasm, d, ye).usulda ishlab chiqariladi.
Tirsak-richagli va kanatli kuch berish tizimida ishlaydigan ekskavatorlar strelalarida kuch berish mexanizmi joylashtirilmaganligi uchun faqat bo‘ylama siqilish hisobiga ishlaydi (uncha katta bo‘lmagan o‘zining og‘irligi ta’siridagi yuklamalarni hisobga olmaganda).
Kanatli kuch berish tizimida ishlaydigan ekskavatorlarning sharnir-birikmali ikki balkali strelasi pastki va yuqorigi qismlardan tashkil topgan (15-rasm, d). Strelaning pastki qismi ikki oyoqli ustun 5 va podkos 4 bilan birgalikda mustahkam uchburchak hosil qiladi. Strelaning yuqorigi qismi pastki qismi bilan sharnir orqali bog‘langan bo‘lib strela kanati yoki qattiq tortqi 3 yordamida osib qo‘yiladi.
Kuch berish mexanizmining ish bajaruvchi qismi egarli podshipnik 8 bilan birga strelaning pastki va yuqorigi qismlarini birlashtiruvchi o‘qda joylashadi. Strelaning yuqorigi qismi faqat ko‘tarish kanatidan hosil bo‘ladigan yuklamani uzatishga xizmat qiladi va U to‘rtburchak yoki quvur shaklidagi ikkita ustundan tashkil topadi.
Strela korpusi to‘rtburchak yoki quvur yuzali ko‘rinishda payvand orqali tayyorlanadi. Quvur shaklidagi elementlar yuqori mustahkamlikka ega va yengil bo‘ladi.
Tirsak-richagli kuch berish tizimida ishlovchi yuqori quvvatli ekskavatorlar strelalari sinchli panjara shaklidagi yaxlit ramali ikki balkali konstruksiyaga ega (15-rasm, j).
Rukoyat (16-rasm) mexanik ekskavatorlarda cho‘michga zo‘riqma kuchini uzatishga, gidravlik ekskavatorlarda ko‘tarish kuchini uzatishga xizmat qiladi. Balkalar soniga qarab bir balkali (ichki) va ikki balkali (tashqi) rukoyatlar farqlanadi.Bir balkali rukoyat to‘g‘ri burchakli yoki aylana kesim yuzali ichi bo‘sh balkadan tashkil topgan bo‘lib, bir uchi cho‘mich bilan proushina yoki flanets orqali boltlar bilan ulanadi. Rukoyatning ikkinchi uchiga kuch berish bloki (kanatli kuch berishda) yoki universal sharnir vilkasi (tirsak-richakli kuch berishda) qotiriladi.
Bir balkali rukoyat balkasining (16-rasm, A)oldingi uchiga quyma yasalgan uchlik 5 payvandlanadi. Uchlikka cho‘mich tagini ochuvchi mexanizm valikini o‘rnatish uchun kronshteyn 7 o‘rnatiladi. Kuch berish va qaytarish kanatlari 1 va 6 yarim bloklari orqali rukoyatni oldinga yoki orqaga suradi. Balkada o‘rnatilgan oldingi 4 va orqa 2 tirgaklar rukoyatning surilish yo‘lini chegaralaydi. Orqa tirgak so‘ndiruvchi apparat 8 korpusiga o‘rnatilgan. So‘ndiruvchi apparat rukoyat balkasi zaboy tomonga oxirigacha surilganda kuch berish mexanizmiga beriladigan zarb energiyasini so‘ndirishga xizmat qiladi. Echiladigan burchaklar ugolki lar kanatlarning yarim blok yo‘lakchalaridan chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi.
Ikki balkali tashqi rukoyat strelani tashqaridan qamrab o‘tadi va egarli podshipnikning ikkita yo‘naltiruvchi uyachalari orqali o‘tadi. Ushbu yo‘naltiruvchi uyachalar kuch berish valida strela konstruksiyasi tashqarisiga o‘rnatiladi.

16-rasm. Bir cho‘michli ekskavator rukoyatlari: a— bir balkali yumaloq kesim yuzali— ikki balkali quvur shakldagi


Ikki balkali rukoyat (16-rasm, b) bir uchlari quyma uchlik 2 bilan tutashtirilgan ikkita parallel balka 1 dan tashkil topgan.
Balka ustki qoplamasi 3 bo‘ylab egarli podshipnik polzunlari sirpanadi. Qoplamalar yedirilganda ularni almashtirish mumkin. Balkaning ostki qismiga tishli reykalar 4 payvandlanadi. Rukoyat cho‘mich bilan kronshteyn 5 va uzunligi o‘zgaradigan tyag bilan bog‘lanadi.
Ko‘pgina mexanik ekskavatorlar rukoyatlari balkalari tyag o‘rniga gidrotsilindrlar bilan jihozlangan bo‘lib, bu konstruksiya cho‘michning qiyalik burchagini o‘zgartirish imkonini beradi (ЭКГ-4У, ЭКГ-8И).
Gidrotsilindrlar ekskavator mashinistining masofadan turib tishlarning kesish burchagini cho‘mich harakatining trayektoriyasi bo‘yicha o‘zgartirish imkonini beradi. Cho‘michning o‘rnatilish burchagi gidrotsilindr shtoklarining surilishi hisobiga rukoyat o‘qiga nisbatan 34-79oraliqda o‘zgartirilishi mumkin. Gidrotsilindrlar nasos yoki gidro-pnevmatik akkumlyatorlarning energiyasi yordamida ishga tushiriladi.
Cho‘mich.Mexanik lopatalar cho‘michlari konstruksiyalari ishga belgilanishiga, uning tayyorlanish usuliga va yukdan bo‘shatish usullariga bog‘liq holda turli ko‘rinishlarda ishlab chiqarilgan. To‘g‘ri lopatalar cho‘michlari rukoyatga o‘rnatilish usuliga qarab ikki guruhga bo‘linadi: sharnirli va mustahkam bog‘langan. Birinchi guruhdagi cho‘michlar ko‘pchilik karyer ekskavatorlarida mavjud. Ikkinchi guruhdagi cho‘michlarning orqa devori rukoyatning cho‘mich maxkamlanadigan otlivkasi hisoblanadi.
Ekskavator cho‘michlari ishga belgilanishiga qarab og‘ir, o‘rtacha va yengil turlariga ajratiladi. Bu cho‘michlar mos ravishda og‘ir, o‘rtacha va yengil kon jinslarini qazib olish uchun, hamda ko‘mirni qazib olish va yuklash uchun xizmat qiladi.
Cho‘michlarning turlari va hajmiy qatorlari 4 м3 va undan katta hajmlarda ishlab chiqariladi. Rossiyada o‘rnatilgan OCT 24.072.06—80 ga asosan cho‘michlarning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: KOПЛ – juda yengil jinslar uchun (зичлиги1,6 t/м3 gacha); KПЛ – yengil jinslar uchun (зичлиги1,6 t/м3 dan 2 t/мgacha); KПС – o‘rtacha jinslar uchun (zichligi 2 t/м3 dan 2,5 t/мgacha); KПT – og‘ir jinslar uchun (zichligi 4 t/мгача). Cho‘michlarning ishga belgilanishi uning tayyorlanish texnologiyasini aniqlaydi.
Og‘ir sharoitlarda ishlatish uchun (rudani, qattiq jinslarni yuklash va boshqalar) quyma cho‘michlar, yengil jinslar uchun esa payvand cho‘michlar qo‘llaniladi. Eng ko‘p tarqalgan va ko‘p ishlatiladigan cho‘michlar payvand-quyma usulda yasalgan cho‘michlardir.
Rossiyaning Ijorskiy zavodida payvand-quyma usulida ishlab chiqarilgan
8-10 м3 hajmdagi cho‘mich (17-rasm) quyidagi qismlardan tashkil topgan: korpus 1, tag qism 2, travers 3, beshta tishlari va tag qismini ochuvchi-yopuvchi mexanizm 5.
Cho‘mich korpusi to‘rtta quyma qismlar chetlarini bir-birlariga payvandlash orqali birlashtirishdan hosil qilinadi. Korpusning oldingi devori ko‘proq yedirilishga ishlaganligi sababli 110Г13Л yuqori marganetsli po‘latdan tayyorlanadi. Orqa devor esa past uglerodli po‘latdan yaxlit quyma holatda tayyorlanadi. Orqa devor chetlari ikki yon devor chetlari bilan payvand usulida birlashtiriladi.

17-rasm. Payvand-quyma cho‘mich (a) va cho‘mich tag qismi (b)

Orqa devor rukoyat bilan ulanishi uchun 6 zo‘g‘ota va tag qismini ochish va cho‘mich traversini qotirish uchun 7 zo‘g‘ota mavjud.

Tag qism zulfin yo‘naltirgichi 1 va kronshteyn bilan birga 110Г13Л po‘latidan quyiladi. Kronshteynga tag qismini tutib turish uchun balka 5 maxkamlanadi. Zulfin richag 6 va zanjir 7 orqali tortiladi. Zulfinning surilish o‘lchami palets 9 ga kiydirilgan shayba 8 bilan moslashtiriladi.
Cho‘michlar yukni bo‘shatish usuliga ko‘ra tag qismi erkin ochiluvchi (mayatnikli tabaqali), jag‘simon ochiluvchi va ag‘darilish bilan yuk bo‘shatuvchi turlariga bo‘linadi. To‘g‘ri lopatali ekskavatorlar cho‘michlarida eng ko‘p tarqalgan turi birinchi konstruksiyadagi cho‘michlar bo‘lib, yukni bo‘shatish uchun eng kam harajat va kuch sarf qilinadi. Ikkinchi turdagi konstruksiyali cho‘michlar to‘g‘ri lopatali gidravlik ekskavatorlarda keng tarqalgan.
Zamonaviy mexanik ekskavatorlar cho‘michlari orqa devori oldingi devoriga nisbatan past. Oldingi devor kon jinslarini yaxshi qamrashi uchun va cho‘michni samarali to‘ldirishi uchun tekis yoki katta radiusli silindr shaklida yasaladi. Qattiq jinslarda ishlatilishga mo‘ljallangan cho‘michlarning oldingi devori nisbatan aylana shaklda ishlab chiqariladi. Oldingi devor yuqori qirrasi yuqori marganetsli po‘latdan quyma bo‘g‘ot ko‘rinishida yasaladi. Bu cho‘mich oldingi qirrasining mustahkamligini va uzoq ishlash muddatini oshiradi.
Xulosa
Mехаnizmlаrni hаrаkаtgа kеltiruvchi uskunаlаr аylаnish plаtfоrmаsidа jоylаshgаn bo‘ladi. Hаrаkаt mаnbаsi ichki yonuv dvigаtеliga ulangan val 1 dаn bоsh muftа 2 оrqаli to‘rt qаtоrli zаnjirli uzаtmа 3 gа berilаdi. Zаnjirli uzаtmаdаn bir vаqtni o‘zidа hаrаkаt, bоsh chig‘ir vа rеvers vаllаrigа tаrqаlаdi. Rеvers hаrаkаtni muftа оrqаli tеgishli mехаnizmlаr yordаmidа, аylаnish plаtfоrmаsigа yoki yurish uskunаsigа tаrqаtаdi. Bоsh chig‘ir vаli hаrаkаtni zаnjirli uzаtmаlаr оrqаli cho‘michni ko‘tаrib, tushuruvchi vа tirsаkni hаrаkаtgа kеltiruvchi chig‘irlаrgа berаdi. Chig‘irlаrgа hаrаkаt mахsus tаsmаli yoki hаvо kаmerаli muftаlаr yordаmidа uzаtilаdi. To‘g‘ri cho‘michli ish jihоzi tеskаri yoki drаglаyngа аlmаshtirilgаndа, tirsаkni hаrаkаtgа kеltiruvchi mехаnizmlаr yеchib оlinаdi.

ADABIYOTLAR RO’YXATI


1. Andreev A.V., Dyakov V.A., Sheshko E.E. Transportnie mashini I avtomatizirovannie kompleksi otkritix razrabotok. M., Nedra, 1975.
2. Bruevich P.N., Samoshkin E.M. Geodeziya. M., Nedra, 1985.
3. Buyanov Yu.D., Krasnopolskiy A.A. Razrabotka mestorajdeniyiy nerudnix poleznix iskopaemix. M., Nedra, 1980.
4. Vorkovastov K.S., Vasileva E.A. Marksheydirskie raboti pri ocvoenii rossipey. M., Nedra, 1981.
5. Grachev F.G. Uprovlenie kachestvom cir’ya na gornorudnix predpriyatiyax. M., Nedra, 1977. 6. Edinie pravila bezopasnosti pri vzrivnix rabotax. M., Nedra, 1972.
7. Edinie pravila bezopasnosti pri pazrabotke mestorojdeniy poleznix iskopaemnix otkpitim sposobom. M., Nedra, 1970
8. Tomakov P.I., Naumov I.K. Ochiq kon ishlari texnologiyasi, mexanizatsiyasi va kon ishlarini tashkil qilish,: OTMlar uchun darslik. -3-nashr, qayta ishlangan. –M.: Moskva konchilik instituti nashriyoti, 1992
Download 80.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling