1. Algoritmlarni loyihalashga kirish. Ko‘phadlar qiymatlarini hisoblashda Gorner sxemasi


Download 298.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana06.05.2023
Hajmi298.19 Kb.
#1433852
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Algoritmlarni loyihalashga kirish. Ko‘phadlar qiymatlarini hisob



Algoritmlarni loyihalashga kirish. Ko‘phadlar qiymatlarini hisoblashda 
Gorner sxemasi Massivlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan algoritmlarni 
ishlab chiqish va dasturlashtirish 
Reja: 
1. Algoritmlarni loyihalashga kirish. 
2. Ko‘phadlar qiymatlarini hisoblashda Gorner sxemasi 
3. Massivlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan algoritmlarni 
ishlab chiqish va dasturlashtirish 
Algoritmlarni loyihalashga kirish. Algoritmni tanlash qo’yilgan 
masalaning shartlari va boshqa bir nechta parametrlar asosida amalga oshiriladi: ular 
elementlar soni, elementlar joylashish tartibi, EHM axitekturasi, elementlarga 
qo’yiladigan masala shartlari va b. bo’lishi mumkin. Shuning uchun, algoritmni 
loyihalashda masalaning qo’yilishi, qo’llash mumkin bo’lgan algoritmlar sinflari va 
yuqoridagi parametrlar juda chuqur o’rganilishi kerak. Algoritm korrekt deyiladi, 
agar unng natijasi barcha kiruvchi mt lar uchun aniq chiquvchi mt larni tashkil etsa. 
Bu holda ihlatilgan korrekt algoritm berilgan masalani yechib beradi deyiladi. Agar 
algoritm nokorrekt bo’lsa, uning natijasi ba’zi bir kiruvchi mt lar uchun noto’g’ri 
bo’ladi yoki umuman natija bermasligi mumkin. Ba’zi hollarda, ya’ni xatoliklarni 
tekshirib turish imkoni bo’lganda, nokorrekt algoritmlar ham foydali bo’lishi 
mumkin. Ko’pincha korrekt algoritmlardan foydalaish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
Algoritm samaradorligi. Javob berilishi kerak bo'lgan birinchi jiddiy 
savol: qanday qilib “samarali algoritm” tushunchasini aniqlash mumkin? Bir 
qarashda samaradorlikning ishchi ta'rifi quyidagicha ko'rinishi mumkin. 
1- ta'rif: algoritm samarador deb ataladi, agar ma'lumotlar kiritilganda uni 
amalga oshirish tezkor bajarilsa. 
Albatta, samaradorlik nisbiy tushuncha bo’lib, bir nechta algoritmlarni 
solishtirish orqali aniqlanadi. 
Xossalari: 
Tushunarlilik –algoritmda ijrochiga berilayotgan kо‘rsatmalar aniq 
mazmunda bо‘lishi; 
Diskretlilik – algoritmlarni chekli qadamlardan tashkil qilib bо‘laklash 
imkoniyati ; 
Cheklilik – bajarilayotgan algoritm chekli qadamlarda natijaga olib 
kelishi; 


Natijaviylik - natijaning bо‘lishi; 
Ommaviylik – har bir algoritm mazmuniga kо‘ra bir turdagi masalalarning 
barchasi uchun ham о‘rinli bо‘lishi . 
Formallik –komandalarni mexanik bajarish imkoniyati. 
Bu xossa robotlar, kompyuterlar va boshqa qurilmalarda komandalarning 
ketma-ket bajarilishini ta’minlaydi. 
Algoritm turlari : Chiziqli algoritm - deb hech qanday shartsiz faqat 
ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi. 
Tarmoqlanuvchi algoritm - deb ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan 
kо‘rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi. 
Takrorlanuvchi algoritm - deb biron bir shart tekshirilishi yoki biron 
parametrning har xil qiymatlari asosida takroriy xisblashlarni bajaradigan 
algoritmga aytiladi. 
Yuqorida qayd qilganimizdek, qo‘yilgan biror masalani EHMda yechish 
uchun, avval uning matematik modelini, keyin algoritmini va programmasini tuzish 
kerak bo‘ladi. Bu uchlikda algoritm bloki muhim ahamiyatga ega. Endi algoritm 
tushunchasining
ta’rifi 
va 
xossalarini 
bayon 
qilamiz. 
Algoritm bu oldimizga qo‘yilgan masalani yechish zarur bo‘lgan amallar ketma-
ketligidir. 
Algoritm so‘zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyur alloma Muhammad 
al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‘liq. Algoritm so‘zi Al-Xorazmiy nomini Yevropa 
olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan yuzaga kelgan. Al-Xorazmiy birinchi 
bo‘lib o‘nlik sanoq sistemasining tamoyillarini va undagi to‘rtta amallarni bajarish 
qoidalarini 
asoslab 
bergan. 

Download 298.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling