1. Aliment miqdori va uning to’lash usullari
Bolalarni oilaga tarbiyaga olish tartibi
Download 16.58 Kb.
|
1 (2)
2.Bolalarni oilaga tarbiyaga olish tartibi.Oila kodeksining 195-moddasiga binoan, bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuv vasiylik va homiylik organlari bilan tutingan ota-ona o‘rtasida tuziladi. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuvda bolalarni ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish, tarbiyaga olgan tutingan ota-onaning huquq va majburiyatlari, vasiylik va homiylik organlarining bolalarni tarbiyaga olgan oilaga nisbatan majburiyatlari, shuningdek, bunday kelishuvni bekor qilish asoslari va oqibatlari ko‘rsatiladi. Bolalarni oilaga tarbiyaga olayotgan tutingan ota-onalar albatta voyaga yetgan va muomalaga layoqatli bo‘lishlari kerak. Farzandlikka oluvchilarning shaxsiyatidan nima talab etilsa, tutingan ota-onalar shaxsiyatidan ham shularni talab etiladi. Ota-onalik huquqidan mahrum etilganlar yoki ota-onalik huquqlari cheklanganlar, vasiylik va homiylik majburiyatidan ozod etilganlar, ilgari farzandlikka olib ayblari farzandlikka olishdan chetlatilganlar, sog‘liqlari tufayli bolalarga tarbiya beraolmaydiganlar; tutingan ota-ona bo‘la olmaydilar. Tutingan ota-onalar bilan vasiylik va homiylik organlari shartnoma tuzish vaqtida ularning ma’naviy qiyofalari, moddiy-maishiy sharoitlari, yoshi va boshqa sharoitlarini hisobga oladi. Bolalar, yoshlaridan qat’i nazar, shartnoma tuzish vaqtida ishtirok etmaydilar. Tutingan oilalarga ota-onalik homiyligidan mahrum bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Agar aka-ukalar, opa-singillar bir oilada tarbiyalangan bo‘lsalar, ularni ajratish maqsadga muvofiq emas. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan bolalar, shu jumladan, tarbiya va davolash muassasalarida, shuningdek, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalaridagi bolalar oilaga tarbiyaga beriladi. Farzandlikka olgan oiladagi bolalarning umumiy soni, o‘z bolalari va farzandlikka olingan bolalar bilan birgalikda, qoidaga ko‘ra, 8 nafardan oshmasligi kerak. Bolani (bolalarni) farzandlikka olishni xohlovchi shaxslar o‘z yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga tutingan ota-onalar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi iltimos bildirilgan arizani beradilar. Bunda ularning nikohdan o‘tgan yoki o‘tmaganligidan qat’i nazar ariza berilishi mumkin. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish ixtiyoriy bo‘lib, u vasiylik va homiylik organlari bilan bolani olish istagini bildirgan shaxslar o‘rtasida tuzilgan maxsus shartnoma asosida amalga oshiriladi. 171 Oila kodeksi (198-modda)da voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona bo‘lishlari mumkinligi nazarda tutiladi, biroq tutingan ota-ona bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarning shaxsiy xususiyatlari haqida norma belgilanmagan. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonunida yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egaligi haqida norma mavjud. Bolani oilaga tarbiyaga olish (patronat)da ham bolani tarbiyalash asosiy vazifa sifatida ko‘riladi. Qonunda belgilangan tartibda tegishlicha tutingan ota-ona bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar hisobga olinadi hamda vasiylik va homiylik organlari bilan kelishgan holda, ota-onalar qarovisiz qolgan, shu jumladan, tarbiyalash va davolash muassasalaridagi, shuningdek, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridagi voyaga yetmagan bolalarning dastlabki tanlab olinishi amalga oshiriladi. Tutingan ota-onalarni tanlash vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bolalarni oilaga tarbiyaga berish ularning xohishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. O‘n yoshga to‘lgan bolalarni faqat ularning roziligi bilan oilaga tarbiyaga berish mumkin. Bunda o‘zaro qarindosh bo‘lgan bolalar, qoidaga ko‘ra, bitta oilaga beriladi, tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yoki boshqa sabablarga ko‘ra ular birga tarbiyalanishi mumkin bo‘lmagan hollar bundan mustasno. Bolalarni tarbiyaga olgan shaxslar o‘z huquqlaridan g‘arazgo‘ylik yoki boshqa niyatlarda, tarbiyasidagi bolalarga zarar keltirgan holda foydalansalar, shuningdek, ularni nazoratsiz hamda zarur moddiy yordamsiz qoldirsalar, vasiylik va homiylik organlari bolalarni tarbiyaga olgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qo‘zg‘atishga haqli bo‘ladilar. Oila kodeksining 195-modda 3-qismida kelishuv tuzilishidan oldin bolani tarbiyaga olayotgan shaxsning turmush shart-sharoitlari va oila a’zolarining sog‘lig‘i tekshirilishi nazarda tutiladi. Bolalarni oilaga tarbiyaga berish vakolatli davlat organlarining bu boradagi vazifalarni amalga oshirishlari bilan chambarchas bog‘liq. Zero, vakolatli davlat organlarining (vasiylik organlarining) asosiy vazifalaridan biri bo‘lib voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirilishi hamda himoya qilinishini ta’minlash, bu boradagi davlat siyosatini izchil amalga oshirilishini ta’minlashdan iboratdir. Oilaga tarbiyaga olingan bolalar qonunda belgilangan tartibda barcha huquqiy yordam, moddiy ta’minot, kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlanish va boshqa huquqlarni amalga oshirishga haqli. Ota-ona 172 qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilalarga tarbiya berishda vasiylik va homiylik organi bolaning oilada yashashi va tarbiyalanishini bolaning manfaatlariga qanchalik mosligi nuqtayi nazaridan harakat qilishi va kelgusida kuzatuvni amalga oshirishi zarur.
Download 16.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling