1. Aliment miqdori va uning to’lash usullari
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solinishi
Download 16.58 Kb.
|
1 (2)
3. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solinishi haqida so‘z yuritishdan avval, chet el fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarg to‘xtalib o‘tish joiz.Chet el fuqarolari deyilganda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan, lekin O‘zbekistonda yashab turuvchi va boshqa davlat fuqarosi ekanligini isbotlovchi dalillari bor shaxslarga aytiladi. Bunday dalillar milliy pasport va uning o‘rnini bosuvchi hujjatlar bo‘lib hisoblanadi.Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar deganda, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lmagan va o‘zining qaysi davlat fuqaroligiga mansub ekanligini isbotlovchi dalillari bo‘lmagan shasxlar tushuniladilar.O‘zbekiston Respublikasida yashab turuvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston qonunlari va Xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollardan tashqari teng huquq va majburiyatlardan foydalanadilar.O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolik to‘g‘risida»gi qonuni 6-moddasiga binoan boshqa davlat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan nikohdan o‘tish yoki nikohni bekor qilish yoxud bir oila bo‘lib yashash shaxsning fuqaroligini o‘zgartirish uchun asos bo‘la olmaydi.Masalan, fuqaroligi bo‘lmagan erkak yoki ayolning O‘zbekiston yoki boshqa chet davlat fuqarosi bo‘lgan ayol yoki erkak bilan nikohdan o‘tishi, turli davlat fuqarolarining nikohlanishi holatlarida er yoki xotinning fuqaroligi o‘z-o‘zidan o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari xorijiy davlat fuqarolari bo‘lgan shaxslar bilan xorijiy davlatda yoki O‘zbekiston Respublikasida ushbu davlatlarning qonunchiligiga rioya qilgan holda nikohdan o‘tsalar, ushbu holat er yoki xotinning fuqarolik holatiga aslo ta’sir qilmaydi.O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolik to‘g‘risida»gi qonuniga binoan bo‘lajak er yoki xotinlardan biri mansub bo‘lgan davlat fuqaroligiga o‘tishni xohlasa, ushbu holat umumiy asoslarda hal qilinadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Germaniya fuqarosi bilan O‘zbekiston Respublikasida nikoh munosabatini qayd ettirsa, albatta, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga binoan ushbu holat hal qilinadi. Fuqarolik masalasi esa, yuqorida ko‘rsatilgan qonunga binoan fuqarolikni qabul qilishni xohlagan shaxsning talabiga binoan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 234-moddasida chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning oilaviy munosabatlardagi huquq va majburiyatlari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra,O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolariva fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uning hududida oilaviy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga egadirlar.Chet el fuqarolari O‘zbekiston hududida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kabi bir xil huquq va majburiyatlarga egadirlar. Nikohga kirish, nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar aniqlangan taqdirda, nikohdan ajralish, nikoh haqiqiy emas deb topilganda va boshqa holatlar bo‘yicha teng ravishda huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar. O‘z mamlakatida ikki yoki undan ortiq xotin olishga huquqi bo‘lgan holda ham O‘zbekiston hududida uning ikkinchi nikohi qayd etilmaydi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan chet el fuqarosi o‘rtasida nikoh tuzishda nikohga monelik qiluvchi holatlarning yo‘qligi aniqlanadi, chet el fuqarosidan nikoh tuzishga monelik qiluvchi holatni yo‘qligi tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi. Bu talab chet el fuqarosi bilan nikohga kiruvchi O‘zbekiston fuqarosining va bu nikohdan tug‘iladigan bolalarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.Chet el fuqarolarining o‘zaro nikoh tuzish shartlari nikoh tuzuvchilar davlatining qonunlari bilan belgilanadi. Chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan nikoh tuzishda Oila kodeksining tegishli normalarida nazarda tutilgan shartlarga amal qilishlari kerak. Download 16.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling