1. Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" asariga murakkab reja tuzing
Download 26.35 Kb.
|
Akademik yozuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchun
1. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” asariga murakkab reja tuzing REJA: Kirish Asosiy qism Dostonning hosil bo'lish tarixi Qahramonlar va obrazlar Farhod va Shirin dostoni mustaqillik yillarida Xulosa 2. Mening orzularim mavzusida 50 ta gapdan iborat matn tuzing Men kompyuter dasturchisi bo'lishni xohlayman. Men kompyuterlarga qiziqaman. Bu butunlay yangi dunyo. Ko'p odamlar o'z ota-onalari yoki bobo-buvilarining kasbini davom ettiradilar, lekin menda bunday emas. Maktabdagi eng sevimli fanlarim matematika, fizika va, albatta, informatika edi. Mening sevimli mashg'ulotim kompyuter o'yinlari va kompyuter dasturlari. Mening uyda kompyuterim bor va u bilan ishlash uchun soatlab vaqt sarflashim mumkin. Kompyuterda ishlarni bajarish, masalan, kompozitsiya yozish ancha oson. Matnni xohlaganingizcha o'zgartirishingiz mumkin va agar biror narsani o'zgartirgan bo'lsangiz, hamma narsani qayta yozishingiz shart emas. Menimcha, dasturchi kasbi ko'p imkoniyatlarni berishi mumkin. Kompyuterlar zamonaviy texnologiyalarning eng tez o'zgaruvchan sohasidir. Biz axborot asrida yashayapmiz. Va menimcha, kelajak faqat kompyuterlar bilan to'ldirilgan. Shunday qilib, men universitetga kirishni va kompyuter fanini o'rganishni xohlayman. 3. Bir g’azalningbarcha bandlarini tahliliy konspekt qiling Alisher Navoiy O’LMASUN Yoridin hech kim meningdek zoru mahjur o‘lmasun, Jumlai olamda rasvoliqqa mashhur o‘lmasun. Men bo‘lay ovora to ishqimdin aylab guftugo‘y, Oti oning har kishi og‘zig‘a mazkur o‘lmasun. Jonima bedodu zulmin, yo Rab, ul miqdor qil, Kim aning oshiqlig‘i har kimga maqdur o‘lmasun. Men xud o‘ldum, lek har oshiqki, bordur pokboz, Navha tortib motamim tutmoqda ma’zur o‘lmasun. Pand ila ko‘nglum uyin qilma imorat, ey rafiq, Bizni buzdi, hargiz ul, yo Rabki, ma’mur o‘lmasun. Kechalar ul gul chekar ermish qadah, ey tong yeli, Voqif o‘l, holimni aytur chog‘da maxmur o‘lmasun. Yor vaslig‘a quvondim, qovdi ko‘yidin meni, Ey Navoiy, hech kishi davlatqa mag‘rur o‘lmasun. Alisher Navoiyning ushbu g‘azali ko‘p zamonlardan beri xalqimiz orasida mashhur. Ortiqxo‘ja Imomxo‘jayev, Matluba Dadaboyeva kabi atoqli hofizlar ijrosida u o‘zbek xalqining sevimli ashulasi sifatida tanilgan. G‘azal oshiqona ruhda, chekilgan jabru jafolardan hasrat va oshiqning o‘zgalarga pandi uning pafosini belgilaydi. Tahlil etishga kirishaylik: Yoridin hech kim meningdek zoru mahjur o‘lmasun, Jumlai olamda rasvoliqqa mashhur o‘lmasun. Hech kim men kabi yorga zor va uning hajriga giriftor bo‘lmasin, butun olamda sharmandalik bilan mashhur bo‘lmasin. Matla’ – boshlang‘ich baytni hozirgi yozuvga o‘girishda ikki xillik bor: dastlabki so‘zni “yoridin” deb o‘qish ham mumkin, “yordin” deb ham. Bizningcha, “yoridin” deyish xato – u g‘azaldagi so‘fiyona ma’noni yo‘qqa chiqarib, she’rni kundalik-maishiy mavzuga bag‘ishlangan nazmga aylantirib qo‘yadi. Zero yor – yakkayu yagona. Har kimning yori boshqa-boshqa emas. Ana shu naqtai nazardan yondoshsak, bu tengsiz yor ishqida hech kim men kabi zor va hijronzada bo‘lmasin, olamda men kabi sharmandalik bilan nomi chiqmasin… Negaki, ayni o‘rinda, garchi bu ishq azobli va alamli bo‘lsa-da, o‘zga oshiqlardan yorni qizg‘anish, eng sadoqatli va fidokor oshiq bo‘lish, unga buyuk bir ishq ila bog‘lanish – sharafdir. Men bo‘lay ovora to ishqimdin aylab guftugo‘y, Oti oning har kishi og‘zig‘a mazkur o‘lmasun. Men ishqim haqida har qancha aytib, ovorai sarson bo‘lsam-bo‘lay, ammo uning nomi har kimning tiliga tushavermasin. Bu yerda ham avvalgi baytdagi fidoyilikni ko‘rish mumkin: oshiq yor haqida so‘zlay-so‘zlay, o‘zining har qancha xoru zabun bo‘lishiga rozi, ammo yorning esa, hatto nomi ham, shu qadar pok saqlanishi kerakki, u har kimning og‘zida mazkur (zikr etilgan) bo‘lmasin. Shu o‘rinda valiylardan birining kuniga necha marotaba bo‘lsa ham, har gal Ollohning nomini tilga olishdan avval tahorat yangilab, so‘ngra zikr etganligi haqidagi tarixiy naql yodga tushadi… Jonima bedodu zulmin, yo Rab, ul miqdor qil, Kim aning oshiqlig‘i har kimga maqdur o‘lmasun. Yorning jonimga jabru zulmini, e xudo, shu darajada qilginki, unga oshiq bo‘lishga har kimning ham haddi sig‘adigan bo‘lmasin. Majnun (Qays)ni zora davolansa deya, Ka’baga olib borib, o‘zingga xudodan shifo so‘ragin, deyishganida, u bosh urib, yo rab, mening ishqu jununimni orttirgin, deb talab qiladi. Chin oshiq, har qancha yor jabridan shikoyat qilsa ham, shu jabrni o‘ziga yorning inoyati deb biladi, uning kamayishini istamaydi. Bu yerda ham Navoiyning lirik qahramoni menga yorning jabru zulmi shu qadarlik bo‘lsinki, uni tortishga har kimning qudrati yetmasin, deb tilak bildiradi. Men xud o‘ldum, lek har oshiqki, bordur pokboz, Navha tortib motamim tutmoqda ma’zur o‘lmasun. Men-ku (yor jabri tufayli) o‘ldim, ammo har bir pokdil oshiq motamimda dod solib yig‘lasa, buni ma’zur (kechirarli) deb bo‘lmaydi. Navoiyning lirik qahramoni ishqini shu qadar maxfiy tutadiki, hatto yor zulmi bois o‘lganida ham o‘zgalar dod-faryod solib motam tutishini istamaydi, buni eshitib yor ozor topmasa edi, deb xavotirga tushadi. Buni tariqatda naqshbandiylik oqimiga mansub bo‘lgan shoirning ishqu e’tiqod ila jahriy (oshkora) emas, xofiy (pinhona) mashg‘ul bo‘lishiga ham ishora deyish mumkin. Pand ila ko‘nglum uyin qilma imorat, ey rafiq, Bizni buzdi, hargiz ul, yo Rabki, ma’mur o‘lmasun. Nasihat-o‘git qilib, ko‘nglimni ko‘tarishga urinma, ey do‘st, zero k imki biz (ning oramiz)ni buzgan bo‘lsa, yo rab, aslo obod bo‘lmasin. Bu yerda g‘ayir kimsalarning yor bilan shoir o‘rtasiga tushib, orani buzganiga ishora bor. Biz lirik qahramon demayapmiz, aynan shoir deyapmiz. Aftidan, ayrim adabiyotshunoslar ta’biridagi “begona bayt” – g‘azal matniga ustalik bilan singdirib yuborilgan, ammo alohida olib qaraganda ijodkor hayotiga oid biron lavhani tasvir etuvchi ishora bu yerda bo‘y ko‘rsatib turibdi. Navoiy bilan bir yaqin kishisining, ehtimolki zamona podshohining, orasini kimdir buzgani aytilib, buzg‘unchining ikki dunyosi ma’mur o‘lmasin deyilyapti. Aslida, so‘fiyona g‘azallarda (bir butun holda) yor bilan o‘ramiz buzildi, nari-beri bo‘ldik, degan gap aytilishi odat emas. Albatta, bu – ayni bayt g‘azal ruhiga tamoman yotdir, degan gap emas. Kechalar ul gul chekar ermish qadah, ey tong yeli, Voqif o‘l, holimni aytur chog‘da maxmur o‘lmasun. Tunlari ul gul qadah sipqorar emish, ey tonggi sabo, xabardor bo‘lgin, (sen) unga mening holimni atadigan chog‘ingda u mast bo‘lmasin. “Badoe’ul bidoya” devoniga 1470 yillarga qadar yozgan lirik asarlari kiritilgan, degan ma’lumot bor. Albatta, bu paytda Alisher Navoiy bilan sulton Husayn Boyqaro o‘rtasi ancha yaqin bo‘lgan. So‘ngroq bir yoqdan podshohning ichkilikka berilganligi, ikkinchi tomondan o‘rtaga g‘animlar aralashgani tufayli ora birmuncha sovugan. Boburning yozishicha, podshoh “avval taxt olg‘on mahal olti-yetti yil toib (tavbakor) edi. Andin so‘ngra ichkuga tushdi, qirq yilga yovuqkim, Xurosonda podshoh edi, hech kun yo‘q edikim, namoz peshindin so‘ng ichmagay…”. Aftidan, Navoiy o‘rtaga odam qo‘ygan, biroq munosabatni aniqlashtirish uchun podshoh mast bo‘lmagan vaqtda, yaxshisi tong paytida arzihol etilishini muvofiq ko‘rgan. Baytning badiiyatiga kelsak, unda gulning tunda, saharga yaqin ochilishi (qadah shaklini olishi)ga nozik ishora bor. Yor vaslig‘a quvondim, qovdi ko‘yidin meni, Ey Navoiy, hech kishi davlatqa mag‘rur o‘lmasun. Men yorim bilan birgaman, deb quvongan edim, u esa meni ko‘yidan quvdi, ey Navoiy, hech kishi erishgan davlatiga mag‘rur bo‘lmasin ekan. Yor bilan oshiqning yaqinligi – oshiq uchun tengsiz bir davlatdir, visoldan mosuvo bo‘lish esa lirik qahramon hayotining betimsol kulfati. Bu bayt, so‘fiyona talqin etiladigan bo‘lsa, Almisoq haqidagi naqlga – Olloh jami insonlarning ruhini yaratib, ularga o‘zining xoliq ekanini tasdiq qildirgach, o‘zidan vaqtincha uzoqlashtirgani – firoqqa solganini yodga tushiradi. Endi har bir inson o‘ziga berilgan umrini yashab (solik esa ishq yo‘lidagi jami yo‘llarni bosib o‘tib)gina yorga yetishishi mumkin. Ijtimoiy ma’noda esa, g‘azal shoir va shoh – ikki hammaktab do‘st oralaridagi murakkab munosabat – goh lutfu navozish, goho esa (ag‘yorlar qutqusi bilan) kinu araz ila o‘tgan vaziyatlar haqida ishoralardan iborat. Va bu ishora yor (podshoh)ning o‘ziga mo‘ljallangan, zora anisu munislikdan mosuvo etilgan bechoraning holiga yetib, sidqi kamoliga inonib, yana visoli davlatiga qaytarsa… Maqta’ (so‘nggi bayt)da Navoiyning badiiy mahorati yaqqol namoyon bo‘ladi: shaklan o‘zakdosh ikki so‘z yonma-yon keltiriladi; ularning biri xayriyatlik (quvondim), ikkinchisi esa falokatlik (quvdi). 4. Shikoyat arizasi yozing Restoranga shikoyat xati Xorazm, 5-may, 2022-yil Uchun: Janob Bekzod, "Milliy taomlar" restoranining egasi. Sababi: Restoraningizga e'tibor berishingiz uchun shikoyat qildim. Janob Bekzod: Kecha restoraningizda ko'rsatilgan munosabatdan g'azablanganimni bildirish uchun sizga quyidagi xatni yozyapman. Men nima bo'lganini tushuntiraman: Men bir nechta hamkasblarim bilan ularning taniqli restoranida tushlik qilish uchun bordim, jami biz to'rt kishi edik. Ammo biz yetib keldik va biz tashqarida kutishimiz kerakligini aytishdi, chunki binolarda odamlar ko'p edi. Ular bizni stol uchun 30 daqiqadan ko'proq kutishga majbur qilishdi. O‘shanda darvozabonga tanish odamlarning navbatsiz qanday qilib kirib kelganini ko‘rdik, bu bizni juda bezovta qildi. Biz buni darvozabonga ko‘rsatdik, u esa xafa bo‘lib, hamrohlarimdan birini haqorat qildi. Bizni ichkariga kiritishganda, eshik xodimi ofitsiantga tashqarida janjal chiqqan biz ekanligimizni aytadi, bu haqiqat emas. U yerdan ofitsiant bizni istamay muomala qila boshladi. Biz ovqatga buyurtma berdik va bir soat kutishda qoldik va yetkazib berilganda u sovuq va juda yomon taqdim etildi. Biz ofitsiantga ovqatimizni almashtirishni aytdik, chunki u sovuq va juda yomon taqdim etilgan edi, u javob berdi: “Bu shunday. Agar xohlamasang, yema, ket”. Bu qo‘pol munosabat tufayli biz tushlik qilmay, kutish vaqtini behuda o‘tkazib, qiynalmay, joyni tark etdik. Bu boshqa takrorlanmasligini istardik. Agar korxonangiz kiraverishda bir xil eshik qo'riqchisini ko'rsak yoki kirganimizda bizga bir xil ofitsiant xizmat ko'rsatsa, biz u erga bormaymiz. Xatimni o'qishga vaqt ajratganingiz uchun minnatdorman. Berdiyev Bobur. 5. Tushuntirish xati yozing Download 26.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling