1. Alkaloidlarni ochilishi, tarixi. Tarkibida alkaloid saqlagan dorivor o‘simliklar tasnifi


Download 119.5 Kb.
bet4/5
Sana04.01.2023
Hajmi119.5 Kb.
#1077059
1   2   3   4   5
Bog'liq
1502611893 68873

Miqdoriy va sifat taxlil


Alkaloidlarga xos sifat reaksiyalar. Alkaloidlarni aniqlash uchun o‘tkaziladigan sifat reaksiyalarni 2 ta katta guruxga bo‘lish mumkin:
1. Umumiy - cho‘ktiruvchi reaksiyalar.
2. Xususiy (ba’zi alkaloidlarga xos) - rang xosil qiluvchi reaksiyalar.
O‘simliklarda alkaloidlar bor-yuqligi birinchi guruxga kiruvchi umumiy reaksiyalar yordamida aniqlanadi. Lekin bu reaksiyalar yordamida o‘simlik tarkibida qanday alkaloid borligini aniqlab bo‘lmaydi. Alkaloidlar bu reaksiyalarda reaktivlar (yordamida) ta’sirida cho‘kma xosil qiladi. Buning uchun xloroform yoki efirda eritilgan asos xoldagi alkaloid eritmasidan chinni yoki shisha plastinkachasi ustiga 1-2 tomchi tomizib quritiladi, so‘ngra unga bir tomchi 0,1-0,05 n xlorid yoki sulfat kislota qo‘shib eritiladi. Agar eritma ustiga bir tomchi reaktiv qo‘shilsa, cho‘kma xosil bo‘ladi (reaktivdan ozgina qo‘shish kerak, aks xolda cho‘kma erib ketishi mumkin).
Alkaloidlarni cho‘ktiruvchi reaktiv sifatida kompleks yodidlar (Bushard, Vagner, Meyer, Marme, Dragendorf reaktivlari), ba’zi kompleks kislotalar: fosfat-molibdat, fosfat-volfram, silikat-volfram kislotalar (Zonenshteyn yoki Vriz, SHeyblar, Bertran yoxud Godfrua reaktivlari), og‘ir metall (simob, oltin, platina) tuzlari va ba’zi kislota xususiyatiga ega bo‘lgan organik birikmalar (tanin, pikrin kislota) ning eritmalari ishlatiladi.
Maxsulot tarkibida alkaloidlar bor – yo‘qligini aniqlash uchun umumiy (cho‘ktiruvchi) reaksiya quyidagicha bajariladi.
100 ml xajmli kolbaga maydalangan maxsulotdan 1 g solib, uning ustiga xlorid kislotaning 1% li eritmasidan 25 ml quyiladi va suv xammomida 5 min davomida qizdiriladi (alkaloidlar maxsulotdan tuz xolida ajralib chiqadi). Kolbadagi suyuqlik sovigandan so‘ng filtrlanadi. Bir nechta chinni idishchaga bir necha tomchidan filtrat solib, unga yuqori ko‘rsatilgan umumiy cho‘ktiruvchi reaktivlardan 1-2 tomchidan qo‘shiladi.
Agar eritma ko‘pgina reaktivlar (kamida 5-6 xil reaktiv) bilan cho‘kma xosil qilsa, bu alkaloid borligidan dalolat beradi, cho‘kma xosil bo‘lmasa, eritmada alkaloid yuqligini ko‘rsatadi.
Maxsulot va eritmalarda qanday alkaloid borligini xar bir alkaloidga xos rangli ikkinchi guruxga kiruvchi reaksiyalar bilan aniqlanadi. Bu reaksiyalar jarayonida alkaloid molekulasida suv molekulasi ajralishi, alkaloid oksidlanishi yoki suv tortib oluvchi reaktivlar (kons H2SO4) ishtirokida aldegidlar bilan kondensatsiyaga kirishishi mumkin. Natijada xar bir alkaloidga xos turli rangdagi maxsulot xosil bo‘ladi.



Reaktiv nomi

Formulasi

SHaroit

Reaksiya natijasi

Vagner reaktivi

J2 + KJ

Kis-li

qo‘n\ir

Bushar reaktivi

J2 + KJ

Kis-li

qo‘n\ir

Meyer reaktivi

HgJ2 +KJ(K2 Hg2 J4)

Kis-li

qo‘n\ir

Marme reaktivi

CaJ2+KJ(K2 Ca J4)

Kis-li

qo‘n\ir

Dragendorf reaktivi

BiJ3 +KJ(K Bi J4)

Kis-li

To‘q sariq,

Zonenshteyn reaktivi

Fosformolibden
k-ta H3PO4 12MoO3 2H2O

Kis-li

Sariq, yashil

Bertran reaktivi

Kremnivolfram k-ta
SiO212WO34H2O

Kis-li

Oq

SHaybler reaktivi

Fosforvolramli
k-ta
H3PO412WO32H2O

Kis-li

Oq

10% tanin reaktivi




Kis-li

Sar\ish

1% pikrin kislota




Kis-li

Sariq

5% platina xlorid

H2PtCl6

Kis-li

Oq

5% sulema

HgCl2

Kis-li

Oq

5% oltin xloridi

AuCl4  4H2O

Kis-li

Oq

Alkaloidlarni aniqlashdagi rangli reaksiyalarda kons, sulfat, nitrat, xlorid va boshqa kislotalar, formalin, turli oksidlovchi (K2Sr2O7, KClO4, H2O2), ishqorlar va boshqalar, xamda ishqorlar aralashmalari reaktiv sifatida ishlatiladi.


Alkaloidlarning N-oksid shakli sof (asos) va tuz xolidagi shaklidek reaksiyaga kirishmaganligi sababli alkaloidlarning N-oksid shakli avval vodorod yordamida qaytarilib, so‘ngra analiz qilinadi.

Download 119.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling