1. Amal va xato» metodlari «Amal va xato» metodining afzalligi va kamchiliklari
Download 19.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq8-мавзу (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat sovollari
Ixtirochi bo‘lishning uchinchi sharti, tegishli axborotlarning etarli bo‘lishidir. Tarixda allaqachon amalga oshirilgan ixtirolardan bexabar bo‘lgan insonlarning zahmat chekib, yana o‘sha narsani ixtiro qilganliklarini ko‘plab uchratish mumkin. Masalan, mashhur Amerika yozuvchisi Edgar Po «Havo sharidan fantastik maktublar» fantastik asarida okeandan telegraf simini o‘tkazish g‘oyasini 2848 yilga keyinga suradi, ammo shu asar yozilishidan etti yil oldin Evropada dastlabki suv osti kabeli bor edi. Ming yillik kelajakni qurishga uringan Edgar Po aksincha etti yil orqada qolib ketdi.
Biron sohada ixtiro qilishdan oldin ixtirochi takrorlash bo‘lmasligi uchun, avvalo olg‘a surayotgan g‘oyasiga taaluqli jahondagi barcha ishlarni tahlil qilib chiqishi lozim bo‘ladi. CHunki, g‘oya ixtiro sifatida e’tirof etilishi uchun uning jahon miqyosidagi yangi echimga ega bo‘lishi talab etiladi. Ixtirochilik ijodkorligini rivojlantirishning shartlari asosida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini yanada oshirishga erishish uchun biz quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni taklif etamiz: 1. Umumiy o‘rta maktablarida texnologik ta’lim mazmunida, o‘rta maxsus va oliy ta’limda patentshunoslik va ixtirochilikka oid maxsus o‘quv dasturlari asosida ixtirochilikka oid bilim va ko‘nikmalarni yanada rivojlantirishga erishish. 2. Viloyatlarda ixtirochilik uylari va ularning qoshida patent fondlari tashkil qilinishi lozim. 3. Respublikamizda ixtirochilik g‘oyalarini targ‘ib qilish va ommalashtirishga xizmat qiluvchi maxsus gazeta va jurnallar ishini yo‘lga qo‘yish, chop etilayotgan nashrlar mazmunida sohaga oid bilimlar berib borish. 4. Ma’lum sanani «Ixtirochilar kuni» sifatida belgilash. Ushbu sanada ixtirochilik, soha olimlari hamda novator ishchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, boshqa ommaviy tadbirlar tashkillashtirish, yangi g‘oya va texnik echimlar mualliflarini rag‘batlantirishni tashkil etish kerak. Ta’kidlanganidek, barcha rivojlangan davlatlar o‘z taraqqiyoti pog‘onalariga erishish uchun avvalo yangi texnologiyalar, ilg‘or g‘oyalarni ishlab chiqarishga, amaliyotga tatbiq etish maqsadida ta’lim sohasiga o‘z e’tiborlarini qaratganlar. Biz ham o‘z davlatimizning buyuk kelajagini yaratishda ushbu davlatlar tajribasidan ijodiy foydalanishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Jumladan, respublikamizda yangi axborot texnologiyalarini joriy etilishi, INTERNET tarmog‘ining rivojlanib borishi yoshlarimizning butun jahon miqyosida to‘plangan axborotlar jamg‘armasidan keng foydalanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda. YUqori saviyadagi texnik-texnologik bilimlarni egallagan, barcha zaruriy axborot tezkor topish va qayta ishlash imkoniga ega bo‘lgan yosh mutaxassilarimiz orasida olamshumul ixtirolarni amalga oshiruvchi ko‘plab olimlar etishib chiqishi uchun etarli asoslar mavjud. Nazorat sovollari: 1. Amal va xato» metodlarini tushuntiring. 2. «Amal va xato» metodining afzalligi va kamchiliklari nimada? 3. «Amal va xato» metodining afzalligi va kamchiliklari tushuntiring. 4. Ixtirochilarning shaxsiy psixologik xislatlari aytib bering. 5. Oliy o‘quv yurti talabalarida ixtirochilikni shakllantirish tushuntiring. Download 19.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling