Adabiyot 10-D


Download 36 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi36 Kb.
#1378675
Bog'liq
Adabiyot 10sinf 20.05.2019


Adabiyot 10-D 20.05.2019
Mustaqil o’qilgan asarlar yuzasidan muhokama
Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy maqsad: o’quvchilarda mavzu yuzasidan bilim, malaka va ko’nikma hosil qilish, o’quvchilarning og’zaki nutqini o`stirish, mustaqil fikrlashga o`rgatish.

  2. tarbiyaviy maqsad: she’r orqali o’quvchilarning falasafiy, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish.

  3. rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarda ijodiy fikrlashni shakllantirish

Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi:B1
mavjud axborot manbalari (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), kompyuter, elektron pochta va boshq.)dan o‘quv maqsadlari doirasida foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o‘z faoliyatida qo‘llash;
media vositalardan adabiy ta’limga oid zarur axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
O‘zini - o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish;
badiiy asarlarda tasvirlangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash va ularga amal qilish;
og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.
o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi
Darsning turi: yangi bilim, ko`nikma, malaka hosil qiluvchi, egallagan bilimlarni mustahkamlovchi.
Darsning uslubi: induaktiv usul, “Aqliy hujum” usuli, “She’rlar zanjiri” o`yinlari, “Klaster” usuli,”Xotira mashqi” o`yini.
Darsning jihozi: “Adabiyot” darsligi, adabiyot o`qituvchilar uchun qo`llanma, Abdulla Oripov asarlari yozilgan jadval, baholash kartochkalari, “Guldasta maketi ”,
1.Tashkiliy qism:
Salomlashish, davomatni aniqlash, psixologik muhit yaratish.
(O`quvchilar diqqatini tortish uchun psixologik muhit yaratamiz)
Psixologik muhit yaratish uchun “So`z zanjiri” usulidan foydalaniladi. Masalan, bir – birini takrorlamagan holda ma’naviyatli insonga, komil insonga xos xos bo`lgan ijobiy fazilatlarga oid so`z aytishadi. Hamma o`quvchi ishtiroki ta’minlanadi.
Namuna:olijanob,go`zallik,to`griso`z,xushovoz,kamtar,sohibjamol,halollik...
2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Alfons Dode hayoti va ijodi hamda “So’nggi saboq” hikoyasi yuzasidan takrorlash o’tkaziladi
3.Yangi mavzu bayoni:
Muhtaram o‘quvchi! Xayrlashadigan pallamiz yaqinlashib
qoldi. Mana bir yil davomida adabiyot – so‘z san’atining 
nodir namunalaridan bahra oldingiz. Darslikda berilgan mav- 
zularni pishiq va puxta o‘qib o‘zlashtirgan, ayrim she’rlar- 
ni chin dildan yod olgan bo‘lsangiz, albatta, sizga tasanno
aytamiz. Umrboqiy, go‘zal badiiy asarlar sizga kelgusi hayotingiz
uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Odamlar bilan munosabatingizni
yaxshilashga, ular bilan badiiy asarlarni o‘qib uqqan, ma’nan 
yuksak darajadagi bir inson sifatida muomala qilishingizga
yordam berishi tabiiy. Zero, siz o‘qib o‘rgangan mumtoz adabiyot tarixi va za- 
monaviy adabiyot namunalari, xalq og‘zaki ijodi va dun- 
yo adabiyoti namunalari mazmuni har bir o‘quvchini yuksak
ma’naviyatli inson sifatida tarbiyalashga qaratilgandir. Ba
diiy asarni o‘qish malakasiga ega ma’naviyati baland inson o‘zi- 
ning kelgusi hayot yo‘lini kitobsiz tasavvur qilmaydi. Har 
qan day sohada yetuk mutaxassis bo‘lib yetishmoq uchun, al- 
batta, o‘qish kerak. O‘qish tafakkurni o‘tkirlashtiradi. Oybek
«Kitob – tafakkur qanotidir» deb aytganki, kitob vositasida in- 
son tafakkuri parvoz qiladi. Ayniqsa, badiiy asarlar o‘quvchini
Yer yuzining turli mamlakatlarigagina emas, balki koinotning 
boshqa sayyoralariga han sayohat qildirishi mumkin.
Kitob – bu insoniyat tomonidan bunyod qilingan, kashf
etilgan bebaho qadriyat, tuganmas xazina. Bu xazinadan
ma’naviy ozuqa olinadi, biroq boylik aslo tugamaydi. O‘qigan- 
lar bilan o‘qimaganlarni, oqillar bilan johillarni hech qachon
tenglashtirib bo‘lmaydi. Shu jihatdan kitob odamlarni o‘zaro
farqlashga yordam beradi. Baland va hashamatli binolarni
mohir ustalar quradi; tirik odamlar yashnatadi. Ayni damda
bunday uylarga olimlar, oqillar, donishmandlar va ularning
kitoblari nur olib kiradi. Ilmdan bebahra ko‘ngil – ojiz, ki- 
tobsiz uy – qorong‘i. Inson vujudini ruhidan ajratish mum- 
kin emas. Ruhsiz tanada jondan asar yo‘q. Shunga o‘xshab
pokiza jamiyatni, fozil odamlar muhitini yaxshi va foydali
kitobsiz, kitobxon va kutubxonasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Ming yillik ma’naviy javohirlar jamlangan kutubxonalar har
qanday jamiyatning ma’naviy ko‘rki sanaladi. Yaxshi kitob –
ma’nilar maxzani. Zotan, dunyodagi turli tilli ming
lab, millionlab odamlar go‘zal va boqiy kitoblar vositasida bir tilda
so‘zlashadi. Umrboqiy kitoblar o‘z muallifini, ayni choqda, 
o‘zi mansub millatni dunyoga tanitadi. Kitoblar turli xalqlar
orasidagi ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-adabiy, madaniy-ma’rifiy alo- 
qalarni kuchaytiradi. Ma’rifattalab o‘quvchilarning dillarini, 
ko‘ngillarini o‘zaro mustahkam bog‘laydi. Yaxshi kitob – 
yolg‘iz odamga eng ishonchli hamroh, beminnat do‘st; nasi- 
hatga zarurati bo‘lgan odamga eng dono maslahatgo‘y...
O‘qish qadrini baland bilgan olimlardan biri kitoblar dun-
yosini ummonga o‘xshatadi. Bu «ummon» bag‘riga sho‘ng‘ib,
dur-u javohirlar yig‘ish, o‘ziga munosib yo‘l topish, chin dil- 
dan bahramandlik baxtiga erishish, tabiiyki, odamning pokiza
didiga va kitobxonlik madaniyatiga bog‘liq. Aslida, umr bo‘ yi 
mutolaa qilganda ham aniq bir soha yo‘nalishidagi kitob 
larni o‘qib tugatish qiyin bo‘ladi.To‘g‘risi, bugungi shiddatli zamonda turli saviyada bosilayotgan ilmiynazariy, tarixiy-badiiy kitoblar ana shunday tanlash ehtiyojini taqozo etadi. Ushbu darslik kitobi sizga shunday madaniyat- 
dan ham saboq bergan bo‘lsa ajab emas. Kelgusi o‘quv yilida yana diydor ko‘rishguncha xayr! 
4.Dars yakuni: o’quvchilarni rag’batlantirish
5.Uyga vazifa : ta’tilda yangi asarlar o’qish
O’IBDO’: Xasanova S.M 20.05.2019
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling