Aloqaning uzilishi
2 Softswitch o‘rtasidagi uchastkada so‘zlashuv vaqtida aloqa uzilgan, masalan, chaqiruvchi abonent hisobida shaharlararo so‘zlashuvdan foydalanish uchun mab-lag‘ tugagan vaziyatni (5.6 - rasm) ko‘rib chiqamiz (bu holatda chaqiruvchi bo‘lib H.323 terminal sanaladi deb hisoblaymiz).
O‘zaro hisob-kitob serveri chaqiruvchi abonentning mablag‘i tugagani to‘g‘-risidagi xabarni uzatadi va u shaharlararo aloqadan foydalanishga ega emas. Termi-nalga foydalanuvchining mablag‘i tugaganligi to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z ichiga olgan H.225.0:Notify xabari uzatiladi.
Keyin so‘zlashuv trakti uziladi; H.323 terminali Softswitch1 terminalidagi shlyuzga mantiqiy kanallar yopilishini va foydalanuvchi so‘zlashuvni tugatganligi bildiruvchi H.245:End Session Command xabari yuboriladi. Shlyuz H.245:End Ses-sion Command komandasini olib mantiqiy kanalni yopishi va H.245:End Session Command xabarini javoban qabul qilgandan keyin H.245 boshqaruv kanali yopiladi.
Softswitch2 ikkita Softswitch o‘rtasida aloqa seanslarni tugatadigan SIP:BYE xabarini Softswitch1ga yuboradi. Ushbu xabar SIP:200OK javobi bilan tasdiqlanadi.
Softswitch2 H.225.0:Release Complete xabarini H.323 terminalga yuboradi va signal kanali yopiladi.
Shu maqsadda H.323 terminal RAS kanali bo‘yicha Softswitch 2 RAS:DCF tasdig‘i bilan javob beradigan RAS:DRQ bog‘lanishdan chiqish so‘rovini uzatadi.
Chiquvchi ATS Softswitch1 texnologiyasidan otboy signalini qabul qiladi, bog‘lanishda band bo‘lgan o‘z resurslarini bo‘shatadi va ISUP:RLC (uzilishni tasdiqlash) xabari qaytariladi. Shundan keyin UfTf abonenti otboyning akustik signalini («qisqa gudok») eshitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |