1-Амалий топшириқ. Талаб ва таклиф. Индивидуал талаб ва бозор талаби.
(Муддат-31-10-2023)
1 - Mаvzu. Talab va taklif asoslari, bozor muvozanatlari
Asosiy tushunchalar:
Taklif (supply) – bu ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan berilgan narxlarda sotilishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori.
Talab (demand) – berilgan narxlarda xaridorlar tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori.
Taklif qonuni – to’g’ridan-to’g’ri narx o’zgarishi bilan bog’liq holda taklifning o’zgarishi.
Talab qonuni – narxdan boshqa omillar o’zgarmaganda talab miqdori bilan narx o’rtasidagi bog’liqlik.
Iste’molchi ortiqchaligi (yutug’i) – iste’molchi tovarlar uchun to’lashi mumkin bo’lgan narxlar bilan tovarlarga bozorda haqiqiy to’langan narxlar ayirmalarining yig’indisi.
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi (yutug’i) – tovarlarnig haqiqiy narxlaridan chekli (bir birlik qo’shimcha tovar ishlab chiqarishga ketgan) xarajatlarni ayirmalari yig’indisiga teng.
1.1- rasm.
Pe – muvozanat narx
Qe – muvozanat mahsulot miqdori
B uchburchak yuzi - ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini ifodalaydi va u quyidagicha hisoblanadi:
A uchburchak yuzi – iste’molchi ortiqchaligini ifodalaydi va uni quyidagi formula bo’yicha hisoblash mumkin:
Bu erda: Pmax – talabni nolga tenglashtiruvchi narx
Taklif chizig’i (supply curve) – tovar narxi bilan taklif qilinadigan ushbu tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
Talab chizig’i (demand curve) – tovar narxi bilan sotib olinadigan ushbu tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
SHaxs talabi (individual demand) – bitta iste’molchining tovarga talabi.
O’rindosh tovarlar (substitution goods) – iste’mol qilishda bir-birini o’rnini bosuvchi tovarlar yoki bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |