1-amaliy ish Lokomotivlarning detal va uzellari mexanik nosozliklari turkumlanishi Ishdan maqsad
Download 137 Kb.
|
1-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1 Asosiy ma’lumotlar
1-amaliy ish Lokomotivlarning detal va uzellari mexanik nosozliklari turkumlanishi Ishdan maqsad: lokomotivlar, ularning detal va uzellarida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan mexanik nosozliklarni turkumlanishi bilan tanishish va ularni sabablarini o`rganish. 1.1 Asosiy ma’lumotlar Jihozlardan foydalanish jarayonida ularga loyihalashtirish va ishlab chiqarish davrida belgilangan ishonchlilik ko‘rsatkichlari turli nosozliklar sababli kamayadi. Jihozlarda nosozliklarni yuzaga kelishi va rivojlanishi obyektiv mavjud bo‘lgan qonuniyatlar bilan tushuntiriladi. Mashinalardagi nosozliklar detallar tayyorlangan materiallarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini doimiy yoki to‘satdan kamayishi, ularning deformatsiyasi, yedirilishi, korroziyasi, eskirishi, qoldiq deformatsiyalarning qayta taqsimlanishi va detallarda nosozlikni keltirib chiqaruvchi boshqa sabablar natijasida yuzaga keladi. Aksariyat hollarda bunday o‘zgarishlar birikmalarda yuzaga keladi – bular harakatlanuvchi birikmalardagi o‘rnatilgan tirqishlarni yoki qo‘zg‘almas birikmalardagi tig‘izliklarni buzilishi natijasidir. Har qanday nosozlik detal va mashinani ishlab chiqarishdagi (ta’mirlashdagi) nuqsonlar yoki foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi o‘lchamlar, shakllar, detallar yuzasi dag‘alliklari, ularning butunligi, tarkibi, materialning mexanik xossalarini o‘zgarishi oqibatida kelib chiqadi. Nosozliklarni kelib chiqishi konstruktiv, texnologik va foydalanish omillariga bog‘liq. Konstruktiv omillarga quyidagilar taalluqli: detallar va yig‘ish birliklarini konstruktiv bajarilishi, detallar hom-ashyosi, hisobiy yuklamalar, birikmalardagi tirqishlar va tig‘izliklar kattaligi, ulardagi dag‘allik, moylash shartlari va boshqalar. Texnologik omillarga tanavorlarni olish usullari, detallarni ishlab chiqarishdagi mexanik, termik va boshqa ishlov berishlar, ishlov berish aniqligi, ishlov berish rejimlariga rioya qilinishi, uzel va agregatlarni to‘g‘ri yig‘ilganligi, ularni sinash va boshqalar kiradi. Foydalanish omillariga esa jihozlarni foydalanishdagi yuklanish va tezlik rejimlari, foydalanish intensivligi, texnik xizmat ko‘rsatishning o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishi va boshqalarni keltirish mumkin. Foydalanish omillari jihozlar elementlari konstruktsiyasiga kiritilgan va ishlab chiqarish texnologiyasi bilan ta’minlangan xususiyatlarni saqlanishida hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida foydalanish omili yuqori darajada inson omiliga, ya’ni xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasiga, tajribasiga, mehnatga bo‘lgan munosabatiga, mas’uliyatiga bog‘liq. Barcha nosozliklarni ikki turga bo‘lish mumkin: detallar shikastlanishi va kontakt yuzalarini shikastlanishi (1.1-rasm). Detal mexanik shikastlanishlar natijasida yoki qoldiq deformatsiya yuzaga kelishi sababli ishdan chiqishi mumkin. Quyida ushbu shikastlanishlarning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz. Detallardagi buzilishlar va sinishlar kuchli zarblar natijasida yuzaga keladi va ko‘pincha quyma konstruktsiyalarda uchraydi. Bunday nosozliklar, shuningdek, metallarni toliqishi sababli kelib chiqishi ham mumkin. Darzlar sezilarli mahalliy yuklanishlar, zarblar va o‘ta yuklanishlar, shuningdek turli yo‘nalgan yuklamalarni tsiklik ta’siri natijasida yuzaga keladi. Darzlar korpusli detallarga (ramalar, bloklar, stanina va boshqalar) xos bo‘lib, ko‘pincha cho‘yandan va listli hom-ashyolardan tayyorlangan detallarda kuzatiladi. Darzlar jihozlarni noto‘g‘ri o‘rnatilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek darzlar issiqlik ta’sirida ham hosil bo‘ladi (issiqlik mashinalari-dvigatellari va kompressorlar klapanlari va boshqalar). Nihoyat darzlar sovitish suyuqligi muzlashi natijasida yuzaga kelishi mumkin. 1.1-rasm. Detallar va yuzalar shikastlanishlari tasnifi Yorilishlar yupqa devorli detallar yuzasiga turli predmetlarning urilishi natijasida hosil bo‘ladi. Egilishlar va pachoqlanishlar detallar shakli o‘zgarishi bilan tavsiflanadi va zarb yuklamalari ta’sirida yuzaga keladi. Detallarning buralishi sezilarli aylanish qarshiliklarini engib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan katta buruvchi momentlar ta’sirida yuz beradi. Detallarni bukilishi katta haroratlar ta’sirida yuzaga keladi. Lokomotiv jihozlari, umuman olganda, murakkab foydalanish sharoitlarida, sezilarli statik va dinamik, ko‘pincha tsiklik yuklamalar ta’sirida, abraziv yoki korrozion muhitda, turli harorat rejimlarida (masalan, bir turdagi jihozlarga ta’sir etuvchi tashqi muhit harorati janubiy hududlarda Q 50°С dan shimoliy hududlarda - 50°С gacha o‘zgarishi mumkin) ishlaydi. Turli jihozlar faoliyatini ularning foydalanish sharoitlarida keskin farqlanishi detallarni ishdan chiqish sabablari va xizmat muddatlari turlicha bo‘lishiga olib keladi. 1.1-jadvalda lokomotivlar detallari shikastlanishi turlari va xarakteri tasnifi keltirilgan. 1.1-jadval Detallar shikastlanishi turlari va xarakteri tasnifi
Download 137 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling