Masalan 2.14-rasmda, F
1
=a
1
·L
i
, m
2
; F
2
=
, m
2
;
,
; U holda
∑
ko‘rinishida bo‘ladi.
Kurs loyihasida q
sol
miqdori spravochnikdagi ma’lumotlardan foydalanib, grunt turlariga
mos ravishda quyidagicha qabul qilish mumkin (2.19-jadval):
2.19-jadval
Inshoot osti xandaki gruntlaridan sizib chiqadigan suv solishtirma sarfi
Gruntlar turlari
q
sol
, m
3
/s
mayda zarrali qumlar
o‘rtacha zarrali qumlar
yirik zarrali qumlar
shag‘al qum aralashmasi
yoriqlari bo‘lgan ohaktosh, qumtosh
0,16
0,24
0,3
0,35
0,05...0,10
Xandakda, inshoot asosining konturidan tashqarida suv to‘plash uchun ariqchalar (5) va
quduqlar (6) qaziladi. Nasoslar (1) so‘rish balandligi (h
so‘r
<5m) kavitatsiya hosil qilmaydigan
qilib, xandak otkoslaridagi tokchalarda yoki bevosita xandak ostidagi quduqlarda, suv sathining
ma’lum oralig‘ida avtomatik ishga tushadigan va to‘xtaydigan qilib o‘rnatiladi.
Suv to‘playdigan ariqchalarning nishabligi i=0,001÷ 0,003, tubi bo‘yicha eni 0,3 m
chuqurligini esa 0,3÷ 0,5 m gacha qilib qaziladi, ariqchalar yonlari bir yoqlama, bo‘sh gruntlarda
esa, ikki yoqlama taxtalar bilan mustahkamlab qo‘yiladi.
Suv to‘plagich quduqlar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda plandagi o‘lchamlari 1,5x1,5 m va
chuqurligi 1,5 – 2 m qilib qaziladi. Devorlari, ko‘milib qolishi oldini olish maqsadida, taxtalar
yoki xodalar bilan mustahkamlanadi. Quduq tubiga va yog‘och devorining orqasiga mayda
shag‘al yoki yirik qum to‘kib qo‘yiladi.
a) chuqurligi 5 m dan katta bo‘lgan xandaklarda nasosni xandak ostiga o‘rnatib suv
qochirish; b) grunt mexanik tarkibining bir xilmasligi grafigi; v) chuqur xandaklardan nasosni
quduq ichiga tushirib suv qochirish; 1-nasos; 2-so‘rish quvuri; 3-bosimli quvur; 4-teskari
klapanli filьtr; 5-suv to‘plash ariqchasi; 6-suv yig‘ish qudug‘i; 7-suv tashlash kanali; 8- taxta
(xoda)lar bilan mustahkamlangan quduq devorlari; 9- quduq devorlari orqasiga va ostiga
solingan shag‘al (yirik qum) filьtr; 10-ustida nasos o‘rnatilgan ponton (sol); 11-grunt (er osti)
suvlari depressiya egri chizig‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: |