1-amaliy ish Uzelni qismlarga ajratish va yig‘ish usullari Ishdan maqsad
Download 20 Kb.
|
1-amaliy mashg \'ulot Uzelni qismlarga ajratish va yig‘ish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1 Asosiy ma’lumotlar
1-amaliy ish Uzelni qismlarga ajratish va yig‘ish usullari Ishdan maqsad: lokomotiv detallari yoki uzellarini qismlarga ajratish va yig‘ish usullarini, detallarni markirovkasini o‘rganish, detallarni qismlarga ajratish va yig‘ish ko‘nikmalarini egallash. 1.1 Asosiy ma’lumotlar Teplovozlar jihozlari elementlari konstruktsiyasi turli-tuman bo‘lsada, ularni qismlarga ajratish bir nechta takrorlanuvchi operatsiyalardan tarkib topadi. Ularga, avvalo, rezbali va bosim ostida o‘rnatilgan birikmalarni, sirpanish va chayqalish podshipniklariga ega yig‘ish birliklarini, qo‘zg‘almas konusli birikmalarni qismlarga ajratish taalluqli. Zarurat bo‘lmasa, ayniqsa joriy ta’mirlash davrida, ta’mirlash obyekti “so‘nggi vintigacha” qismlarga ajratilmaydi. Ajralmas birikmalar detallari (masalan parchinlangan) yoki detallari normal o‘rnatilgan ajraladigan birikmalar detallari faqatgina zaruratga ko‘ra qismlarga ajratiladi. Ko‘pincha detallarning katta qismi yaroqli va qayta ishlatilishi mumkin bo‘lgan, ta’mir obyekti esa yig‘ilgandan so‘ng avvalgi joyiga qayta o‘rnatitiladigan holatlar uchraydi. Shuning uchun qismlarga ajratish davrida yechib olingan detallar tozalash va tekshirilgandan keyin ularni oson topish va avvalgi joyiga o‘rnatish uchun tartib bilan joylashtirish lozim. Bunda detallarni chizmalarga asosan ko‘zda tutilgan joylaridagi belgilar mavjudligi tekshiriladi. Agar bu belgilar, ya’ni raqamlar, harflar, chiziqlar va boshqalar mavjud bo‘lmasa yoki chalkashgan bo‘lsa ularni darhol belgilash talab etiladi. Bu tavsiyalar, ayniqsa, juftlangan detallar uchun muhim, chunki ularni joriy ta’mirlashlar davrida almashib kyetishi, nafaqat ta’mirlash vaqtini uzayishiga, balki ta’mirlash obyektining umrboqiyligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishiga olib keladi. Rostlovchi qistirma va shaybalar, detallarni belgilangan holatini mahkamlash yoki rostlash uchun xizmat qiluvchi silindrik va konussimon shtiftlar, obyektlarni yig‘ish yoki o‘rnatish davrida ba’zi hollarda mutanosiblikni o‘rnatish va rostlash uchun katta mehnat sarfini talab etadigan operatsiyalarni bajarishni istisno qilish uchun, saqlanishi kerak. Joriy ta’mirda germetiklaydigan qistirmalar yordamida o‘rnatiladigan qopqoqlar, lyuklar yoki yirik detallarni yechib olish jarayonida, ularning yaxlitligini saqlash uchun, ehtiyotlikni ta’minlash lozim. Lokomotivdan yechib olinmagan jihozlarning ochiq sohalari, shu jumladan trubalar, shuningdek yechib olingan obyektlarning bo‘shliqlari, ularni ifloslanishi oldini olish uchun, qopqoqlar yoki tiqinlar bilan yopiladi. Barcha yaroqli mahkamlash detallari (gaykalar, boltlar, shpilkalar) imkon qadar o‘z joyiga qayta o‘rnatiladi. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, yaroqli mahkamlash detallari o‘lchamalari bo‘yicha saralanadi va jamlash quti yoki aravachalariga joylatiriladi. Download 20 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling