1-amaliy ish


Download 23.65 Kb.
bet1/2
Sana17.11.2023
Hajmi23.65 Kb.
#1782506
  1   2
Bog'liq
1-amaliy ish

1-AMALIY ISH


Mavzu: Veb texnologiyaga kirish. Veb-sahifa, veb-sayt (veb ilova) veb-server
Mashg’ulot rejasi:
1. Internet tarmog‘idagi resurslar haqida ma’lumot to‘plash.
2. Veb-sahifa, veb-sayt (veb ilova) veb-server tushunchalarini farqini o‘rganish


I. Darsning maqsadi: Internet tarmog‘idagi vebsaytlarning turlarini hamda ularning vazifalarini o‘rganishdan iborat.




II. Axborot texnik va uslubiy vositalar
1. Shaxsiy kompyuterlar, internet tarmog‘i, mobil telefon, vieoproyektor.
2. Adabiyotlar:

  1. Зайнидинов Х.Н., Якубов М.С., Корабоев Ж. Электронное правительство // Академия государственного управления при Президенте Республики Узбекистан, Координационный комитет по развитию науки и технологий при Кабинете Министров Республики Узбекистан. –Т.: Академия, 2015.- 175 с.

  2. Nag Yeon Lee and Kwangsok Oh. Е-Government Applications. - Republic of Korea: Scand-Media Corp. Ltd., 2016.

  3. www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi xukumat portali.

  4. www.ziyonet.uz - O‘zbekiston Respublikasi ta’lim portali

  5. http://wikipedia.org - Erkin ensiklopediya



III. Amaliy ishni bajarish va topshirish tartibi:
1. Laboratoriya ishi kompyuterda bajariladi va fayl sifatida rasmiylashtirilgan mt.sbtsue.uz tizimiga tegishli havola bo‘yicha yuklanadi.
2. Amaliy ishni belgilangan tartibda baholanadi.

Tuzuvchi: S.N. Djumayev



1-amaliy ish
Mavzu: Veb texnologiyaga kirish. Veb-sahifa, veb-sayt (veb ilova) veb-server

Ishdan maqsad: Internet tarmog‘idagi vebsaytlarning turlarini hamda ularning vazifalarini o‘rganishdan iborat.
Nazariy qism:

Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) o‘rganishni Web-dizaynning quyidagi uchta tushunchasini o‘rganishdan boshlaymiz: Web-sahifa, Web-sayt va Web-server. 


Web-sahifa – o‘zining unikal adresiga ega bo‘lgan va maxsus ko‘rish dasturi 
yordamida (brauzer) ko‘riluvchi hujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animasiya ma’lumotlar birlashmasi - multimediyali hujjatlar, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin.
Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi. 
Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, 
umumiy resurslarni kliyentga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediyali ma’lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi.
Veb-server – tarmoqqa ulangan kompyuterdagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni mijozga (foydalanuvchiga) taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi.
Veb-server – foydalanuvchidan kelayotgan so‘rovlarni qabul qilib, tegishli javobni jo‘natadigan dasturdir. Foydalanuvchi so‘rovlarni veb brauzer, mobil telefon vositasida http/https protokoli orqali yuboradi.
Veb-server ma’lumotlar bazasi va multimediali ma’lumotlarni bir-biriga moslashtiradi. Veb-serverda veb-sayt (veb-sahifalari), ma’lumotlar bazasi saqlanadi.
Domen – bu sayt manzili hisoblanib, foydalanuvchi brauzeri orqali veb-sayt(veb-ilova)ga murojaat qiluvchi belgilar jamlanmasi hisoblanadi.
Domen manzili bir qancha darajadan tashkil topadi. Xalqaro kelishuvga binoan, har bir mamlakatga saytning ma’lum bir davlatga tegishliligini aniqlovchi birinchi darajali domen nomi berilgan: .uz, .ru, .by, .uk, .fr, .kz, .com va boshqalar.
Xosting - ma’lumotlarni qayta ishlash markazida o‘rnatilgan kompyuter (server)da ajratilgan joy hisoblanadi. 
Aynan mana shu kompyuter (server) da saytingizning barcha ma’lumotlari saqlanadi. 
Foydalanuvchi tomonidan so‘rov mana shu kompyuterga jo‘natiladi va qayta ishlangan holda foydalanuvchiga jo‘natiladi.


Download 23.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling