Mavzu: html xujjat tuzilishi. Html asossiy teglari va atributlari
Download 54.94 Kb.
|
1-АМАЛИЙ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Topshiriqni bajarish uchun qisqacha nazariy ma’lumotlar
- Web-texnologiya klassifikatsiyasi
1-Amaliy mashg’ulotMavzu: HTML xujjat tuzilishi. HTML asossiy teglari va atributlari. 1.1. Ishning maqsadi va mazmuni. Veb ilovalarni yaratish bosqichlarining texnik va dasturiy ta’minotlari bilan tanishish. Veb server paketlarini kompyuterga о‘rnatish. "Mijoz-server" texnologiyasini о‘zlashtirish. Veb-sahifa, veb-sayt, veb-server, HTML, XML, XHTML, WML belgilash tillarini о‘zlashtirish. 1.2. Topshiriqni bajarish uchun qisqacha nazariy ma’lumotlar Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) о‘rganishni Web-dizaynning quyidagi uchta tushunchasini о‘rganishdan boshlaymiz: Web-sahifa, Web-sayt va Web-server. Web-sahifa – о‘zining unikal adresiga ega bо‘lgan va maxsus kо‘rish dasturi yordamida (brauzer) kо‘riluvchi xujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma’lumotlar birlashmasi - multimediyali xujjatlar, boshqa xujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin. Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi. Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni kliyentga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediyali ma’lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi. Biz Internet tarmog‘idagi Web-sahifalarni kо‘rishimiz uchun WWW (World Wide Web) deb ataluvchi servisdan foydalanamiz. World Wide Web (WWW, Butun dunyo о‘rgemchak tо‘ri) – bu kliyent-server texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir. Web-texnologiya klassifikatsiyasi Razmetkali tillar: HTML, XML, XHTML, WML. Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini о‘rganishni razmetkali til tasnifi bilan boshlaymiz. Maxsus til mavjud bо‘lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web-sahifa xujjatga joylashtiriladi va bu xujjatni barcha kompyuterda kо‘rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-sahifaga "ma’lumotlarni joylashtirish" va ular orasidagi aloqani (giperssilkalar) ta’minlashdan iborat. WEB texnologiya Axborotni statik tasvirlash Interaktiv uzaro aloka Razmetkali tillar Stil tavsifi tili Ssenariyli tillar «kliyent-server»texnologiya Kliyent tomonda Server tomonda Download 54.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling