1-amaliy ishi. Qishloq xo‘jaligi sohasiga oid berilgan masalalar bo‘yicha algoritmlar va blok-sxemalar tuzish


Download 23.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.10.2023
Hajmi23.75 Kb.
#1701742
1   2   3
Bog'liq
1-Amaliy Chiziqli tuzilmalarning algoritmlari va ularning dasturi

5 – variant 
. Bedaning ko‘k massa hosili: birinchi yili 120, ikkinchi yili 650 va uchinchi yili 800 s/ga 
bo‘lgan. Ko‘k bedadan 30% beda pichani chiqishini e’tiborga olib, bir gektar yerdagi beda 
pichanini aniqlash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing.. 
6 – variant 
Serhosil yaylovlar uchun ko‘p yillik o‘tlar aralashmasida har bir tup o‘simlik urug‘ining 
ekish miqdorini aniqlovchi algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing. 
Kerakli ma’lumotlar: beda 17 kg/ga, o‘tlar aralashmasida 38 %, ko‘p o‘rimli mastak 10 
kg/ga, o‘tlar aralashmasida 32 %, yaylov mastagi 10 kg/ga, o‘tlar aralashmasida 30% ekiladi. 
Urug‘ning ekishga yaroqliligi bedada 88,2%, ko‘p o‘rimli mastak 85,5%, yaylov mastagi 87,3%. 
7 – variant 
Mollarni bog‘lab boqish davri 201 kun. Shu davrda o‘rta hisobda 950 bosh sigir bog‘lab 
boqiladi. Sigirlarning yem-xashak yeydigan kuni va talab qilinadigan yem-xashak miqdorini 
aniqlash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing. Bitta sigirga 60 kg ko‘kat ozuqa birligi 
bo‘ladi. 
8 – variant 
Past bo‘yli usti yassi pichan g‘arami hajmini aniqlash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida 
tuzing. G‘aram belbog‘i uzunligi 10 metr, g‘aram eni 25 metr, g‘aram uzunligi 10 metr. 
9 – variant 
Xo‘jalikda 50 gektar maydonga makkajo‘xori don uchun ekilgan. Gektaridan 40 
sentner don hosili olinadi. Makkajo‘xorining 100 kg donida 134 ozuqa birligi bor. N gektardan 
va 50 gektardan olinadigan ozuqa birligini hisoblash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing. 
10 – variant 
Yaylovning umumiy maydoni n gektar. Yaylovda qancha sigir boqish mumkinligini 
hisoblash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing. Bir gektar yerda 3 ta sigir boqiladi. 


11 – variant 
Kartoshkani uyumda saqlanganda uyumning kengligi a metr, balandligi ham b metr
uzunligi esa c metr bo‘lgan. Kartoshka uyumining hajmini aniqlash algoritmini blok-sxema 
ko‘rinishida tuzing. 

Download 23.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling