1-Amaliy mashg’ulot (2-soat) Mavzu: Iqtisodiyotni modernizasiyalash va yanada rivojlantirish sharoitida moliyaviy hisobot tahlilini tashkil etishning konseptual asoslari va xalqaro tajribasi Uslubiy ko’rsatmalar Darsning o’quv maqsadi
Download 21.83 Kb.
|
1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotning shakli.
- Qisqacha mazmuni;
1-Amaliy mashg’ulot (2-soat) Mavzu: Iqtisodiyotni modernizasiyalash va yanada rivojlantirish sharoitida moliyaviy hisobot tahlilini tashkil etishning konseptual asoslari va xalqaro tajribasi Uslubiy ko’rsatmalar Darsning o’quv maqsadi. Darsning o’quv maqsadi bo’lib,qtisodiy tahlil fanining mazmuni, predmeti, ob’yekti, tahlilning fanlar orasida tutgan o’rni va vazifalarining mazmun-mohiyatini talabalarga o’rgatish hisoblanadi. Mashg’ulotning shakli. Mashg’ulot seminar shaklida tashkil qilinadi Mashg’ulot metodi. Og’zaki so’rov, savol-javob ва muhokama tarzida Mashg’ulotning mazmuni. Mashg’ulot darsiga(seminarga) talaba tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalanib, tayyorlangan konspekt bilan kelishi kerak.U shu konspekt asosida chiqish qiladi. Mashg’ulotda mavzu bo’yicha seminar rejasida ko’zda tutilgan savollarga javob beradi va muhokamada ishtirok etadidi. Har bir savol bo’yicha chiqish va unga berilgan javoblar natijasi o’qituvchi tomonidan umumlashtiriladidi va reyting tizimi asosida talaba bilimini ball qo’yish orqali baholaydi va mashg’ulotning oxirida kelgusi dars uchun topshiriqlar beradi Qisqacha mazmuni; Tahlil fanning predmeti – turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini, uning samaradorligi va natijaviyligini ko‘rsatkichlar tizimida, uzviylik va aloqadorlikda, omillarga bog‘liq ravishdaturli axborot manbalaridan foydalangan holda davriy o‘rganishga aytiladi. Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati: ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (ish, xizmatlar)hajmining, quvvatlardan foydalanish darajasining, resurslar naqdligi va ulardan samarali foydalanishning, xodimlarning tarkibi va mehnat unumining, mahsulot tannarxining, foyda hajmi varentabellik darajasining, moliyaviy holatning murakkab tuzilmasidir; tashkil topishdan likvidatsion jarayongacha bo‘lgan davrda korxonani iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning resurslar bazasini shakllantirish va ulardan foydalanishning maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir; xo‘jalik yurituvchi sub’yekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishidagi keng qamrovli faoliyatidir. Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tahlili – xo‘jalik yurituvchi sub’yektning kelgusida pul mablag‘larini va ularning ekvivalentini ko‘paytirish imkoniyatini, moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida to‘lay olishi, kreditlarga bo‘lgan ehtiyojni, daromadlar bilan pul oqimlarini oqilona taqsimlashni, iqtisodiy resurslardagi potensial o‘zgarishlarni baholashni, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’yekt keyinchalik o‘zining moliyaviy ahvolini qanchalik muvaffaqiyat bilan yaxshilay olishini baholashningmuhim usulidir. Moliyaviy tahlil fanining metodi –xo‘jalik sub’yektlariningxo‘jalik jarayonlarini o‘rganishga dialektik yondashgan holda, turli axborot manbalarida aks ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimini maxsus usullar yordamida qayta ishlash yo‘li bilan ularning o‘zgarish tendensiyalarini, sabablarini aniqlash, ular orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni tizimli,kompleks o‘rganish, o‘lchash va umumlashtirishdir. Download 21.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling