qo‘yidagi tartibda rostlanadi. Dastlab silindrlar kallagidagi shpilkaning
gaykasini, shayin tayanchini tortilishini tekshirib, kerak bo‘lsa ularning
gaykalarini tortish zarur. Tirsakli valni aylantirib, birinchi silindrning
porshenini siqish taktida yuqori turish nuqtaga qo‘yiladi. SHup yordamida
birinchi silindrning kiritish va chiqarish klapanlarining haqiqiy tirqishi
tekshiriladi. Tekshirilgan paytda qoldirilgan tirqish oralig‘idan kichik kuch
yordamida o‘tishi zarur. Tirqishni rostlash uchun vinti otvertka bilan ushlab
turib, kontrgaykani yumshatamiz, undan keyin kontrgaykani kalit
yordamida ushlab turib, rostlash vintini burab kiritamiz (agarda tirqishni
kamaytirish kerak bo‘lsa) yoki bo‘rab chiqaramiz (agarda tirqishni katta
qilish kerak bo‘lsa).
Tirqishni kerakli qiymatda o‘rnatib, vintni kontrgayka bilan qotiramiz va
yana tirqishning qiymatini ulchaymiz.
Birinchi silindrni rostlash tugatilgandan so‘ng, dvigatelning boshqa
silindrlaridagi klapanlarini tirqishini rostlaymiz, keyingi
silindrni
klapanlarini rostlash uchun dvigatelni ish tartibiga qaraymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: