1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, tuzilishi va ishlashini o‘rganish


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana30.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1415285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot № 1 Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, tuzilishi va ishlashini o‘rganish.

3-rasm. Proshen guruxi: 
1-porshen; 2-yo‘naltiruvchi qism; 3-zichlovchi qisim (porshen kallagi); 4-tagi; 
5-yonish kamerasi; 6-kompression halqalar; 7-moy sidiruvchi halqalar; 8-o‘rnatma 
halqa; 9-porshen barmog‘i; 10-moy oqish teshigi; 11-moy sidiruvchi qirra; 12-
vtulka; 13-vkladish; 14-shatunning pastki kallagi qopqog‘i; 15-shatun; 16-bolt.
Porshen pastki qismi bilan silindr orasidagi tirqish 0,05-0,1 mm (agar 
porshen oval shaklida bo‘lsa yoki T-simon, P-simon kesimga ega bo‘lsa) 


0,18+0,25 mm (agar porshen silindr shaklida bo‘lsa) bo‘ladi. 
Porshenning silindr bilan moslashib ishlashini yaxshilash maqsadida ZIL-
130 va GAZ-53 dvigatellari porshenining ishqalanadigan sirtiga (0,002+0,006 mm 
qilinadi) yupka qalay qatlami qoplanadi. 
Yig‘ish ishlarini osonlashtirish va silindr bilan porshen oralig‘idagi tirqishini 
(zazorni) saqlash maqsadida ularni porshen yo‘naltiruvchi qismi diametri bo‘yicha 
va massasi bo‘yicha saralanadi va maxsus belgi bilan belgilanadi. 
Silindr (gilza) va porshen yo‘naltiruvchi qismi diametri bo‘yicha ular uchta 
guruxga bo‘linadi. 
1-jadval
Porshen va gilzalarni belgilash 
Gilza
Porshen 
Ulchami 


katta


o‘rtacha 


kichik 
Bundan tashqari, porshenlar babishka diametri bo‘yicha yana ikkita guruxga 
bo‘linadi va qora, sariq (qizil) bo‘yoq bilan belgilanadi. 
Porshen halqalar vazifasiga ko‘ra kompression va moy sidiruvchi halqalarga 
bo‘linadi. 
Kompression halqalar porshen bilan silindr oralig‘ini zichlash uchun havoni 
va gazlarni silindrning yuqori qismidan pastki qismiga (karterga) va moylarni 
yonish kamerasiga o‘tkazmaslik uchun va porshenni sovitish uchun xizmat qiladi. 
Moy sidiruvchi halqalar silindr sirtidagi ortiqcha moylarni sidirib olish uchun 
zarur. Umuman karbyurator dvigatellari porshenida 2-3 ta, dizellarda esa 3-4 ta 
halqa qo‘yiladi. 
Kompression halqalar silindr oynasiga o‘zining elastikligi va porshen bilan 
halqa oralig‘idan o‘tayotgan gaz bosimi hisobiga qisiladi va bu erdagi mavjud 
bo‘lgan moy qatlami tufayli silindr bo‘shligida zichlanish hosil qiladi. 
Porshen halqasidagi qirqim qulf deb ataladi. Hozirgi zamon dvigatellari 
qulfining shakllari 5-rasmda ko‘rsatilgan. 
To‘g‘ri shakldagi qulflar eng ko‘p tarqalgan: bu kabi, to‘g‘ri stopor 
(qo‘zg‘almaydigan, o‘rnatma) vintli qo‘lf ikki taktli dvigatellarida ishlatiladi
buning sababi shundan iboratki, uchma-uch ulangan joy halqa yoyilishi bilan asta-
sekin kengayib va halqa o‘z o‘qi bo‘yicha buralib kiritish va chiqazish 
oynalarigacha etib borishi va sinishi mumkin. 
Gazlarning halqa qulfidan o‘tib ketishini kamaytirish uchun ularni porshenda 
shunday o‘rnatish kerakki, toki qulflar bir-biridan 90-120
0
bilan joylansin. 
Bu paytda qulflar porshen sovutkichining qarama-qarshi tomonida joylanishi 
kerak. 
Kompression halqalar ko‘ndalang kesimi turli xil shakllarga ega (4-rasmga 
qarang). Tepadagi birinchi halqaning ko‘ndalang kesimi odatda to‘g‘ri to‘rtburchak 
shaklda bo‘ladi, bu karterga gazlarning o‘tishini kamaytiradi, keyingi halqalar 
konussimon (D-144, D-240), o‘z-o‘zidan buriladigan (ZIL-130) yoki trapetsiya 
shakldagi (T-4A) bo‘ladi. 


Ish davomida konussimon va o‘z-o‘zidan buriladigan (torsionli) halqalar 
silindr oynasiga butun yuzasi bilan emas, balki pastki uchi bilan tegadi. Bu esa 
halqaning silindrga tez moslanishiga olib keladi va moy sarfini kamaytiradi. 
Kundalang kesimi trapetsiya shaklda bo‘lgan halqalar (T-4A) porshen 
ariqchasida qo‘yindi ko‘p ajralib chiqqanda porshen ariqchalarida osilib qolish 
ehtimolini kamaytiradi va halqaning silindr devoriga tegib turishini yaxshilaydi. 
Porshen tepasidagi bo‘shliqqa moy sizishi kompression halqalarning nasos 
kabi ishlashiga sabab bo‘ladi, bu qo‘yidagiga sabab bo‘ladi, bu qo‘yidagiga sabab 
bo‘ladi. Porshen pastga qarab yurganda (5-rasm,2) halqa inersiya kuchi va silindr 
devoriga ishqalish tufayli ariqchaning yuqori devoriga siqiladi va halqa ostida hosil 
bo‘lgan tirqishga moy yig‘iladi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling