1-Amaliy mashg’ulot. Axborot o’lchov birliklari va sanoq tizimlari
Download 15.44 Kb.
|
1-mashg\'ulot
1-Amaliy mashg’ulot. Axborot o’lchov birliklari va sanoq tizimlari. 1-topshiriq. Axborot o’lchov birliklarini yozing. 2-topshiriq. 60 sahifadan iborat matnning har bir sahifasida 35 ta satr va har bir satrda 60 tadan belgi bo’lsa, axborot hajmini hisoblang. 3-topshiriq. 1AC16+98510+1B13-10011012-7568 natiajni 10lik sanoq sistemasida ifodalang 1-topshiriq. Har qanday kattalikni o'lchash uchun mos etalon birliklar mavjud. Masalan, uzunlikni o'lchash uchun metr, massani o'lchash uchun - kilogramm, vaqtni hisoblash uchun soniya va boshqalar ishlatiladi. Axborotlar ham har xil ko’lamga ega bo’lib, ularning o’lchov birligi mavjud. Axborotlarning eng kichik o’lchov birligi 1 bit deb olingan. 1 bit 1 yoki 0 ga teng bo’ladi. Аxborotni oʼlchashda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yoʼqligi “0” bilan ifodalanadi. Kompyuterda har bir belgi 8 bit hajmdagi joyni egallaydi. Axborotlarni o’lchash uchun hosilaviy o’lchov birliklar ham mavjud: 1 bayt = 8 bit; 1 kilobayt(kb) = 210 bayt =1 024 bayt; 1 megobayt(mb) = 210 kb = 1024 kb =220 bayt =1 048 576 bayt; 1 gegobayt(gb) = 210 mb = 1024 mb = 230 bayt =1 073 741 824 bayt; 1 terobayt(tb) = 210 gb = 1024gb=240 bayt =1 099 511 627 776 bayt; 1 petobayt(pb) = 210 tb=1024tb = 250 bayt = 1125899906842624 bayt; "Bit" so`zi “Binary digit” - “Ikkilik son” so'zlarini qisqartirish natijasida olingan bo`lib, ikkilik raqam, ya'ni faqat ikkita qiymatni oladigan son - 0 yoki 1 degan ma’noni bildiradi. Sakkizta bitlar ketma-ketligi yoki boshqacha qilib aytganda, sakkizta 0 va 1 ikkilik belgilar (masalan, 10001101) bayt deb ataladi. 1 bayt = 8 bit. Kompyuter klaviaturasidagi har qanday belgi (katta yoki kichik harflar, raqamlar, belgilar, shu jumladan bo'sh joy belgisi) hajmi 1 baytni tashkil qiladi. Endi biz matnning ma'lumot hajmini hisoblashimiz mumkin. Undagi belgilar sonini hisoblash kerak. Olingan qiymat baytlarda ko'rsatilgan ma'lumotlar hajmi bo'ladi. Masalan, hujjat 30 sahifadan iborat bo'lib, har bir sahifada har biri 70 belgidan iborat 50 satr, shu jumladan so'zlar orasidagi bo'shliqlar mavjud. U holda har bir sahifada 70 * 50 = 3500 bayt ma'lumot, va butun hujjatda esa - 3500 * 30 = 105000 bayt bo'ladi. Natijadan ko'rinib turibdiki, atigi 30 varaqni o'z ichiga olgan hujjat hajmi katta son bilan belgilanadi. Gidromelioratsiya so’zida nechta bit bor? Axborotlarni himoyalash ularni kodlash (shifrlash) orqali amalga oshiriladi. Axborotni ma’lum bir qonun-qoida asosida komyuterda qayta ifodalash shu axborotni kodlash deb ataladi. 2-topshiriq. 60 ta belgi * 35 ta satr * 60 sahifa = 126 000 belgi * 8 bit = 1,008,000 bit 1,008,000 bit = 984 bayt 3-topshiriq 1AC16 =1*162+10*161+12*160 = 42810 98510 10011012=1*26+0*25+0*24+1*23+1*22+0*21+1*20 = 7710 7568=7*82+5*81+6*80 = 49410 Download 15.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling