1-amaliy mashg’ulot. Chet el bolalar adabiyotining umumiy tahlili Reja: Chet el bolalar adabiyotining paydo bo`lish omillari
Download 21.95 Kb.
|
1-amaliy Latofat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hans Andersen
- Adabiyotlar
Aka-uka Grimmlar, Jacob (1785. 4.1, Xanau sh. - 1863.20.9, Berlin) Wilhelm Grimm (1786.24. 2, Xanau sh. — 1859.16.12, Berlin) — nemis filo-log olimlari. Marburgda yuridik maʼlumot olishgan. A.-u.G.ning ilmiy-pe-dagogik faoliyati Gyottinggen universitetida boshlangan. 1837 yilda konstitutsiya qonunlariga rioya qilmagani uchun Gannover qiroliga qasamyod qilishdan bosh tortishgan va universitet professori la-vozimlaridan chetlatilgan. 1841 yildan Berlin universitet professorlari va Prussiya FA aʼzolari sifatida faoliyat olib borishgan. A.-u.G. nemis roman-tiklarining Geydelberg guruhiga mansub boʻlib, oʻrta asrlar nemis yozma madaniyati namunalarini eʼlon qilishgan va shu davrda yashagan min-nezinger va meysterzingerlar ijodini oʻrganishgan. A.-u.G. nemis folk-lorshunosligida mifologik maktabga asos solganlar, xalq ijodini, til-shunoslikka oid ishlarida boʻlganidek, qiyosiy metod asosida oʻrganganlar. "Nemis mifologiyasi" (1835) kitobi va hayvonot eposining paydo boʻlishi haqidagi nazariyasi nafaqat nemis folklori, balki turli xalqlar mifologiyasini oʻrganishda muhim rol oʻynagan. Har biri 2 j.dan iborat nemis xalq ertak va rivoyatlari ("Bo-lalar va oila ertaklari", "Nemis rivoyatlari")ning nashr etilishi A.-u.G. ning eng katta xizmati hisoblanadi. Ular ertak va rivoyatlarni yozib olishda xalq tili va fantaziyasining oʻziga xosligini toʻla saqlab qolishni folklorshunoslikning asosiy tala-bi, deb bildilar va har bir ertakka bergan izohlarida shu ertaklarning Yevropa xalklari folkloridagi barcha nusxalarini qayd etishga intildilar. Ularning fikriga koʻra, ertaklar olamidagi mushtaraklik "otamif" ning mavjudligi va uning yagona ajdodning merosi sifatida turli xalqlar oʻrtasida tarqalganligi bilan izohlanadi. Bu mifologik nazariya uzoq yillar mobaynida hukm surganiga qaramay, keyingi vaqtda oʻz tasdigʻini topmadi. A.-u. G. filolog olimlar sifatida 2 j.li "Nemis tili tari-xi" (1848) va 4 j.li "Nemis gramma-tikasi" (1819—37) tadqiqotlarini ham yaratganlar. A.-u.G.ning ertaklari jahon xalklarining koʻplab tillariga tarjima qilingan va bu ertaklar asosida teatr, kino, musiqa va tasviriy sanʼat asarlari yaratilgan.
Daniyaning jahonga mashhur ertakchisi Hans Andersen 1805- yilda Odens shahrida dunyoga keldi. Bolaning otasi kavushdo'z, onasi esa kir yuvuvchi bo'lib ishlar edi. Shuning uchun Hans kambag'allar maktabiga o'qishga kiradi. Oradan uncha ko'p vaqt o'tmay, ularning oilasi Kopengagenga ko'chadi. Bolaning yashash sharoiti va o'qishi bu yerda ancha-muncha yaxshi bo'ladi. Bo'lajak yozuvchi 1823-yilda Slagels maktabiga o'qishga kiradi, undan keyin Xelsingyorda ta'lim oladi. 1828- yilda esa Kopengagen universitetiga o'qishga kiradi.Andersen juda ko'p mamlakatlarni kezib chiqadi. Fransiya, Shveysariya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya singari joylarga sayohat qiladi.Andersenning ijodi 20- yillarning boshlaridan boshlanadi. U dastlab lirik she'rlar, roman, drama, yo'l ocherklari, biografik etudlar yaratadi.“Daniyalik Xolger”, „Qor malikasi", vatanparvarlik ruhi bilan yo'g'rilgan „Daniya —mening vatanim", ozodlik g'oyasi mujassamlangan „Soqchi", ,,Shiron asiri" va boshqa she'rlari poeziya janrida yaratgan eng sara asarlari jumlasiga kiradi.Andersen o'z romanlarida (“Improvizator”, “T bo'lgan yoki bo'lmaydi") zamonasi uchun juda muhim bo'lgan voqealarni qamrab olishga harakat qiladi.Uning ijodi ko'p qirrali va rang-barangdir. Ayniqsa, tarix va ertak asarlari yosh kitobxonlar uchun maroqlidir. „Ertaklar" (1835 - 1855), „Yangi ertaklar" (1843 - 1872) va boshqa kitoblari Andersenning nomini juda mashhur qildi va uni jahonga tanitdi.Andersen bu kitoblarni yaratishda xalq og'zaki ijodidan unumli foydalandi, ularning orzu-umidlarini qog'ozga tushirishga harakat qildi. Ertaklardagi xarakter va jonli nutqni yanada mukam-mallashtirishga erishdi. Shuning uchun Andersen yaratgan ertaklar sodda, kitobxon uchun tushunarii bo'lish bilan birga, o'quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ham ega.Andersen ertaklarida ko'pincha bosh qahramon shahzoda ham emas, malika ham emas, balki oddiy mehnatkash xalqdir. Ular o'zlarining samarali mehnati, aql-idroki, axloq-odoblari bilan kitobxon tahsiniga muvaffaq bo'ladilar. Uning “Qo'ng'iroqli girdob”, “Kumush tanga”, “Kolbasa sixidan sho'rva”, “Go'ng qo'ng'iz” va boshqa ertaklari fikrimizga yorqin misol bo'la oladi. Ertakchining Qo'ng'iroqli girdob" asarini olib ko'raylik. Unda asrlar mobaynida ezilgan, og'ir mehnat va zulmdan tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakenning o'z xo'jasiga qarshi turishi kitobxonni quvontiradi. “Dyumchaxon”, “Irkit o'rdakcha”, “Botqoqlik shohining qizi”, “Baqa”, “Burga bilan professor” singari ertaklari o'zbek kitobxonlarining ham sevimli asarlariga aylanib ketgan. Adabiyotlar: 1. Jumaboyev M. O’zbek va chet el bolalar adabiyoti. Majmua-darslik. T.: O’zbekiston, 2002 2. Karlo Kollodi. Pinokkioning boshidan kechirganlari. T., 2009 3 . Perro Sh. Mening onajonim Gusinning ertaklari. - T.,1991 Elektron ta’lim resurslari 1. www.tdpu.uz 2. www.pedagog.uz 3. www.Ziyonet.uz 4. www.edu.uz 5. tdpu. INTRANET. Ped. Download 21.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling