1-amaliy mashg‘ulot. Davriy signallarni spektrini amaliy o‘rganish
Download 355.75 Kb.
|
Parametrik zanjirlar
Agarda EZ dagi R, L, C elementlardan birortasining parametri qarshiligi, sig‘imi yoki induktivligi vaqt bo‘yicha o‘zgarsa bunday zanjirlar parametrik zanjirlar (PEZ) deb ataladi. PEZ ikki ta’sir: kirish tebranish signali U(t) va boshqaruvchi tebranish K(t) ta’sirida bo‘ladi (2.2-rasm). 2.2-rasm. Bunda boshqaruvchi tebranish tok yoki kuchlanish bo‘lishi shart emas. Boshqaruvchi tebranish elektrik, mexanik yoki issiqlik shaklida bo‘lishi ham mumkin. PEZ uchun quyidagi matematik ifodani keltirish mumkin: i(t)=K(t)∙U(t). (2.2) Bu ifodadan tok kuchlanishga oniy bog‘liqligi chiziqli bo‘lib, bu bog‘liqlik uzatish koeffitsienti K ning vaqt bo‘yicha o‘zgarib turishi natijasida chiziqsiz bog‘liq bo‘lib qoladi. Uzatish koeffitsienti K ning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi qiyalik burchagi α=F[K(t)] ning vaqt bo‘yicha o‘zgarishiga sabab bo‘ladi (2.2 b-rasm). Parametrik element sifatida qarshiligi vaqt bo‘yicha o‘zgarib turuvchi rezistorni olamiz. Bunda U=R(t) yoki i=U/R(t)=G(t) ∙U (2.3) bo‘lib, G(t) – parametrik rezistor o‘tkazuvchanligi. Agar kirish tebranishi U=U1+U2 (2.4) bo‘lsa, parametrik elementdan o‘tayotgan tok i=G(t)∙(U1+U2)= G(t) ∙U1+ G(t) ∙U2=i1+i2 (2.5) bo‘ladi. (2.5) ifodadan ko‘rinib turibdiki, PEZ larga nisbatan superpozitsiya prinsipini qo‘llash mumkin. PEZ dan o‘tayotgan tok spektri kirish signali spektridan farqlanadi, ya’ni bunday EZ da yangi spektral tashkil etuvchilar paydo bo‘ladi. Masalan: parametrik rezistor o‘tkazuvchanligi (2.3-rasm) vaqt bo‘yicha garmonik tebranish qonuni bilan o‘zgarishi, ya’ni G(t)= Gmcosω0t (2.7) bo‘yicha o‘zgarsa va uning kirishiga Uk=Umcosω0t (2.8) garmonik o‘zgaruvchi kuchlanish berilsin. 2.3-rasm. Bunda PE (rezistor) dan o‘tuvchi tok (2.3) ga asosan i=Gmcosω1t ∙Umcosω2t (2.9) ga teng bo‘ladi. (2.8) formulani trigonometrik funksiyalar ko‘paytmasi shaklida o‘zgartirsak i=0,5GmUmcos(ω2t-ω1t) + 0,5GmUmcos(ω2t+ω1t) (2.10) ko‘rinishini oladi. Bu mavzuni amaliy virtual stendi bor ishni stenda amaliy bajarib ko‘rish mumkin! Nazariy materiallar xam yetarli. yana material qo‘yiladi! aks xolda o‘kituvchiga murojaat qiling! Download 355.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling