1-amaliy mashg‘ulot: Fanning boshqa ijtimoiy-iqtisodiy va ixtisoslik fanlari bilan bog‘liqligi
“ Qurilish iqtisodiyoti” fanining ob’ekti, predmeti va maqsadi
Download 20.25 Kb.
|
1 2
Bog'liqқурилиш иқтисодиёти 1-амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning ishlab chikarishdagi urni
Reja
1.“ Qurilish iqtisodiyoti” fanining ob’ekti, predmeti va maqsadi.2. Fanning nazariy va amaliy vazifalari. 3. Fanning boshka ijtimoiy-iqtisodiy va ixtisoslik fanlari bilan bog‘liqligi. «Qurilish iqtisodiyoti» fanining o‘rganish ob’ekti - milliy iqtisodiyotning alohida tarmog‘i hisoblangan qurilish va uning ishlab chiqarish bo‘g‘inlari - qurilish boshqarmalari, trestlar, qurilish industriyasidagi sanoat korxonalari, loyihalash muassasalari va boshqa ularga tenglashtirilgan xo‘jalik sub’ektlaridir. «Qurilish iqtisodiyoti» fanining o‘rganish predmeti esa iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan bulgan qurilish ishlab chiqarishining rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalari, shuningdek, bevosita qurilish korxonalari iqtisodiyotiga doir masalalar, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va qurilishda bozor munosabatlarini shakllantirish vazifalaridir. «Qurilish iqtisodiyoti» fanining asosiy maqsadi - talabalarga qurilish iqtisodiyoti sohasidagi bilimlarni berish, qurilishning takror ishlab chiqarish jarayonidagi alohida o‘rni, investitsiyalash strategiyasi va taktikasi, qurilish ishlab chiqarishini rejalashtirish va boshqarish, shuningdek, olingan bilimlardan xo‘jalik amaliyotida mahorat bilan foydalanish, ularni iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlariga ham amalda tatbiq eta olishni o‘rgatishdir. «Qurilish iqtisodiyoti» fanining asosiy vazifalari talabalarga quyidagi bilimlarni berishdan iborat: iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni va jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishdagi roli va o‘rni; qurilish ishlab chiqarishini boshqarishning zamonaviy tizimini, qurilish jarayoni qatnashchilarining o‘zaro munosabatlari; investitsiya loyihalari va echimlarini tahlil qilish va baholash hamda ularning iqtisodiy samaradorligini hisoblash usullari; investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baxolash buyicha iqtisodiy xisoblar olib borish uslublarini egallash; kurilishda baxoni va uning foyda, rentabellik va kurilish ishlab chikarishining boshka tomonlariga ta’sirini urganish; qurilish industriyasining resurs salohiyatini o‘rganish va undan resurslar va vaqt omili cheklangan sharoitlarda foydalanishning oqilona yo‘llarini aniqlash; qurilish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari; iqtisodiyotni boshqarishning turli pog‘onalarida qurilish va investitsiya maqsadlarni rejalashtirish, prognozlash, moliyalashtirish va kreditlash asoslarini o‘zlashtirish. «Qurilish iqtisodiyoti» fanini uzlashtirish jarayonida talaba bilishi kerak: moddiy ishlab chiqarish soxasi sifatidagi qurilishning ixtisoslashuvini xamda uning ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish funksiyalarini; qurilishning boshqa tarmoqlar bilan aloqasini xamda ushbu aloqalarning iqtisodiyotga va kapital qurilishning ko‘rsatkichlariga ta’sirini; kapital qurilishning tashkiliy tuzilmasi va boshqarish tizimini; investitsiyalash va qurilish soxasidagi davlatning zamonaviy siyosatini; kapital qurilish va iqtisodiyotni boshqarishning turli bosqichlarida investitsion siyosatni amalga oshirish sohasida amal qiluvchi qonun va huquqiy hujjatlarni; rejalashtirish va turli investitsiyaviy xolatlarni baholash hamda tahlil qilishni o‘z ichiga oluvchi qurilishdagi iqtisodiy ishlarning o‘ziga xos tomonlarini; «Qurilish iqtisodiyoti» fanini uzlashtirish jarayonida talaba kuyidagilarni bajarish kerak: qurilish ob’ektlarining turli variantlarini va investitsiyaviy qo‘yilmalarni baholash bilan bog‘liq masalalarni; qurilish industriyasi korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan hamda resurslardan oqilona foydalanish yo‘llarini; xarajatlarni kamaytirish va qurilish ishlab chiqarishining rentabelligini oshirish masalalarini; qurilish-montaj tashkilotlari faoliyatini ishlab chiqarish – xo‘jalik rejasini ishlab chiqish va asoslash bo‘yicha vazifalarini; qurilish ishlab chiqarishining turli zaxiralarini qidirish va ulardan foydalanish bo‘yicha vazifalarni; kapital qurilishning turli xil ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va baholash bo‘yicha vazifalarni; qurilishda tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni. Fanning ishlab chikarishdagi urni Kurilish – asosiy moddiy ishlab chikarish tarmoqlaridan biridir. U milliy iqtisodiyotda etakchi urinlaridan biri xisoblanadi. Kurilish maxsuloti – barcha turdagi ishlar buyicha tugallangan va ishga tushirishga tayyor bulgan ishlab chikarish va noishlab chikarish asosiy fondlari, shuningdek, amaldagi korxonalarning kengaytirilishi va kayta ta’mirlanishi, ularga ishlab chikarishni texnik jixatdan kayta jixozlanishidir. Axolini uy-joy bilan ta’minlash muammolarining echimi batamom kurilish zimmasiga yuklanadi. Download 20.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling