1-amaliy mashg‘ulot: Fanning boshqa ijtimoiy-iqtisodiy va ixtisoslik fanlari bilan bog‘liqligi


Download 20.25 Kb.
bet1/2
Sana24.11.2023
Hajmi20.25 Kb.
#1796661
  1   2
Bog'liq
қурилиш иқтисодиёти 1-амалий


1-amaliy mashg‘ulot: Fanning boshqa ijtimoiy-iqtisodiy va ixtisoslik fanlari bilan bog‘liqligi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqlar, korxonalar va firmalarni samarali boshqarish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Ayni paytda barchamiz bir xaqiqatni o‘zimizga aniq tasavvur etishimizni istardim. YA’ni erishilgan bunday marralar - barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga, asoslangan, ochiq demokratik xuquqiy davlat qurish, inson, uning manfaatlari, xuquq va erkinliklari so‘zdan emas,amalda oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan, jahon miqiyosida obro‘- etibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo‘lning bir qismi, xolos”, albatta erishilgan yutuqlarni yanada takomillashtirish uchun, mutaxassislarga ilg‘or tajribalarni o‘rganish, rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarni belgilashda “Qurilish iqtisodiyoti ” fani muhim o‘rin tutadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan 2017 yilning 7-fevral sanasida qabul qilingan qarori asosida e’lon qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish orqali uning raqobatbardoshliligini oshirishga alohida ahamiyat berilganligi ham korxonalar faoliyatida yangilikka intilib iqtisodiy kreativlik asosida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishlari lozimligining ta’kidlanganligi ham ushbu yo‘nalishlarning ustuvor ekanligidan dalolatdir. Muhtaram Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “YAngiliklarga intilib yashash iqtisodiyotimiz taraqqiyotining muhim omilidir ” .
Ana shu masalalar bo‘yicha haqiqiy ahvolni atroflicha o‘rganishimiz, hozirgi vaqtda mutaxassislar tayyorlanayotgan har qaysi ixtisoslik yo‘nalishi real hayot talablariga qay darajada javob berishi, unga nafaqat bugungi, balki yaqin istiqbolda qanday ehtiyoj borligini har tomonlama chuqur aniqlashimiz lozim.
Seminar va amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan ushbu uslubiy qo‘llanma «Qurilish iqtisodiyoti» kursining tarkibiy davomi hisoblanadi. Uning darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan farqi shundaki, u birinchidan, ushbu kurs bo‘yicha nazariy bilimlarni mustaxkamlashga, ikkinchidan, korxona faoliyati muhim ko‘rsatkichlarining amaliy hisob-kitoblari bo‘yicha ko‘nikmalarni hosil qilishga yo‘naltirilgandir.
Uslubiy qo‘llanma kursning dasturiga hamda amaldagi o‘quv rejalari va darsliklarga mos holda tuzilgan. Masalalarni echish uchun berilgan dastlabki ma’lumotlar asosan shartli ravishda olingan bo‘lib, alohida holatlarda xo‘jalik amaliyoti ma’lumotlaridan ham foydalanilgan.
To‘plam mashg‘ulot mavzulari savollarini dastlab nazariy muhokama qilish, keyin esa amaliy masalalar echish tamoyiliga asoslanib tuzilgan. Alohida mavzular bo‘yicha ishlab chiqarish (iqtisodiy) holatlari keltirilgan bo‘lib, ular asosida ish o‘yinlarini amalga oshirish mumkin.
.
Qurilish iqtisodiyoti” fanining predmeti, maksadi, mazmuni va vazifalari

Download 20.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling