1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


Me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash


Download 0.97 Mb.
bet35/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

7.3 Me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash
Foydalanuvchilarni me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash O’z DSt 1.4:1998 “O‘z SDT. Me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash tartibi” talablariga muvofiq bajariladi.
Manfaatdor tashkilotlarni, ularning qaysi mahkamaga qarashliligidan qat’iy nazar, mahsulotga me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash uchun mas’ullik me’yoriy hujjatlarni tasdiqlagan idoralarga yuklatiladi.
Davlatlararo va davlat standartlari bilan ta’minlash
O‘zbekiston hududida amalga kiritilgan davlatlararo standartlarni rasmiy nashr etish, qayta nashr qilish, qog‘ozda yoki magnitli tashigichlarda nus’halarini ko‘paytirish va tarqatish mutlaq huquqi O‘zstandart Agentligiga yoki bu standartlarni qabul qilgan Davarxitekturaqurilishga berilgan. Davlat standartlarini rasmiy nashr qilish, qayta nashr qilish, ko‘paytirish va tarqatish huquqi ularni o‘z vakolatlari doirasida tasdiqlagan O‘zstandart Agentligi, Davarxitekturaqurilish, Davtabiatqo‘mita, Sog‘liqni saqlash vazirligiga berilgan.
O‘zbekiston hududida amal qilinayotgan davlatlararo standartlar to‘g‘risida axborot “O‘zbekistonda amaldagi davlatlararo standartlar” ko‘rsatkichida chop etiladi. Amaldagi davlat standartlari to‘g‘risidagi axborot “O‘zbekiston davlat standartlari” ko‘rsatkichida chop etiladi. Barcha yangitdan tasdiqlangan, almashtirilgan, bekor qilingan davlat standartlari to‘g‘risida, shuningdek bularga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida axborot har uch oyda (kvartalda) “O‘zbekiston davlat standartlari” axborot ko‘rsatkichida chop etiladi.
Foydalanuvchilarni davlatlararo va davlat standartlariga kiritilgan o‘zgartirishlarning matni bilan ta’minlash abonentlik yoki bir martalik so‘rovlar bo‘yicha bajariladi.
O‘zbekiston hududida amalga kiritiladigan davlatlararo standartlar to‘g‘risida, yangitdan ro‘yxatga olingan davlat standartlari to‘g‘risida, davlatlararo va davlat standartlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, shuningdek standartlarni ishlab chiquvchilar-tashkilotlar to‘g‘risida tezkor axborot o‘rnatilgan tartibda O‘zstandart Agentligining Axborot-ma’lumotnoma markazi (AMM) tomonidan beriladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling