1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


UTR - umumiy texnik reglament; MTR


Download 0.97 Mb.
bet39/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

UTR - umumiy texnik reglament;
MTR - maxsus texnik reglament;
20__ - qabul qilingan yili;
XXX – uch razryadli shifr raqami (“001” dan boshlanadi);
UZ – ISO 3166 ga muvofiq jahon davlatlari tasniflagichi bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasining belgilanishi.



Texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir talablar
Texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir talablar quyidagilar bо‘yicha belgilanishi mumkin:
biologik xavfsizlik;
mexanik xavfsizlik;
kimyoviy xavfsizlik;
yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik;
yong‘in xavfsizligi;
elektr xavfsizligi;
mashina va uskunalarni ishlatish (ulardan foydalanish) hamda utilizatsiya qilish xavfsizligi;
elektromagnit mosligi;
qurilish ishlari xavfsizligi;
binolar, itnshoatlardan va ularga tutash xududdan foydalanish
ekologik xavfsizlik;
veterinariya xavfsizligi;
sanoat va ishlab chiqarish xavfsizligi;
portlash xavfsizligi;
axborot xavfsizligi;
о‘lchovlarning va sinovlar usullarining bir xilligini ta’minlash.
Texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir boshqa talablar ham belgilab qо‘yilishi mumkin.


Texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi
Texnik reglamentlar O’z DSt 18.1:2010 “TJTSDT. Texnik reglament. ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, rо‘yxatga olish va kiritish tartibi” ga muvofiq ishlab chiqiladi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi quyidagilardan iborat:
Texnik reglamentlar texnik reglamentlarni ishlab chiqishning tasdiqlanadigan dasturlarga muvofiq ishlab chiqiladi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar belgilangan tartibda:
Texnik reglamentlar ishlab chiqilishi xaqidagi xabarlarni e’lon qiladi;
Texnik jihatdan tartibga solinishi lozim bо‘lgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning guruhlari hamda turlarini belgilaydi;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilanadigan talablarga muvofiqligini baholash usullarini belgilaydi;
ishlab chiqilgan texnik reglamentlarni kelishib oladi;
ishlab chiqilgan texnik reglamentlardan foydalanish erkinligini ta’minlaydi.
Texnik reglamentni ishlab chiquvchilar ishlab chiqilgan texnik reglamentlar rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida ularning muhokama qilinishini ta’minlaydi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling