1-amaliy mashg‘ulot: Ijtimoiy ta`limni tashkil


Pedagogik hamkorlikning asosiy holatlari - ta'limga tarbiyachi va bolaning o'zaro


Download 80.38 Kb.
bet4/10
Sana11.07.2023
Hajmi80.38 Kb.
#1659739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-amaliy mashg‘ulot Ijtimoiy ta`limni tashkil

Pedagogik hamkorlikning asosiy holatlari - ta'limga tarbiyachi va bolaning o'zaro ijodiy hamkorligi sifatida munosabatda bo'lishi tamoyilida: majburlamasdan o'qitish foydalanishi (tayanch signallar), o'z-o'zini tahlil qilish, guruh- ning intellektual foni; tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi, shaxsga yo'naltirilgan ta'limni o'z ichiga oladi.

Ta'lim orqali inson va fuqaroning zamonaviy jamiyatga ta- komillashuvi va har tomonlama kirishuvi (qorishib ketishi), zamonaviy bilimlar darajasi, shaxsning milliy va dunyoviy madaniyati integratsiyasi masalalari amalga oshiriladi. Bu tamoyilning asosiy jihatlaridan biri hamkorlik pedagogikasi kattalarning (tarbiyachi, ota-ona va bolalar) oldiga ta'Iim-tar- biya jarayonida muloqotining altruistik (o'zining shaxsiy qizi- qishlarini emas, balki boshqalar manfaati uchun harakat qilishi) uslubini qo'∏ash zaruriyatini qo'yadi.
Bu jihat - pedagog bolaning ustidan hukmronlik qilishdan, uni nazorat qilish, zo'ravonlik, kuch ishlatishdan voz kechib, tarbiyalanuvchiga uning xohishiga ko'ra erkin tanlash huqu- qini beradi.
Bunda:
Kattalarning hissiy-shaxsiy muloqotini shakllantirish;
Bola va pedagog o'rtasidagi hissiyot shaxsiy munosabatla- rini rivojlantirish; Munosabatlar tizimining o'zaro hurmat tarzda shakllanti- rishga e,tibor qaratiladi.
  1. Ijtimoiy pedagogik yondashuv tamoyili:


Bolaning tengqurlari va kattalar bilan munosabatining o'zaro hurmat doirasida bo'lishi bolaning tizimli o'zaro mu- nosabatlarda o'zining "Men" mezoni bo'yicha shaxsiy rivoj- lanishining ijtimoiy faolligi ko'rsatkichida muhim omil hisob- lanadi. Bu asosan 5 boshqichda amalga oshiriladi.

  1. bosqich - oiladagi muhit. Bolani o'rab turgan muhit bi- lan o'zaro munosabatlarining amaliy harakatlari va kattalarga (ota-ona, enaga va boshqalar) to'liq qaram ekanligi bilan aniq- lanadi. Bolaning faolligi muhitga bo'lgan ehtiyojni qondirishiga yo'naltiriladi.

  2. bosqich - vaziyatdagi voqelik - bolani bo'lib o'tayotgan hodisalardan ajrala olmasligi va uni vaziyatga to'liq qaram- ligi bilan tavsiflanadi. Bunda muhit alohida ahamiyatga ega bo'ladi.

  3. bosqich - vaziyat ustidagi voqelik - bolani vaziyatlar oqi- mi ta'siridan chiqish va o'zining aqli yordamida vaziyatni tu- shunib ish tutishi bilan xarakterlanadi.

  4. bosqich - o'zidagi voqelik - bola o'z vaziyatlari modelini tayyorlab, atrofdagi kattalar va tengdoshlari bilan ish yuzasi- dan munosabatlar o'rnatib, o'z "men'ini namoyish etadi.

  5. bosqich - bolaning boshqadagi voqelik va o'zining qadr- qimmatini tan olishga intilishi bilan belgilanadi.

Ijtimoiy pedagogik yondashuvning mazmuni - bola to- monidan insoniyat o'zlashtirilishini ta,minlovchi rivojlanish- ni amalga oshirishdir. Bunday yondashuv ta'lim berish jara- yonini yakuniy natijasiga bola shaxsining axloqiy, ma'naviy o'zgarishlarini tubdan isloh qilishdir.


  1. Download 80.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling