1-amaliy mashg’ulot ishlanmasi. Mavzu : 1-Fanga kirish. 2-Antropometrik o’lchovlar olish
Download 13.23 Kb.
|
1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
- Mashg’ulotning borishi
- 3-bosqich
- Nazorat savollari
1-AMALIY MASHG’ULOT ISHLANMASI. Mavzu : 1-Fanga kirish. 2-Antropometrik o’lchovlar olish. 3-Talabalarning jismoniy tayyorgarligini o’lchash. Mashg’ulotning maqsadi:Talabalarda jismoniy tarbiya fani bilan tanishtirish,bir semester davomida nimalarni o’rganishimiz,qanday test-meyorlarini topshirishlari haqida tushinchalar beriladi.Shu bilan birga talabalarning jismoniy tayyorgarliklari jismoniy mashqlar yordamida nazoratdan o’tkaziladi.Talabalarning jismoniy yuklamalarga chidamliligi,tezkorliga,egiluvchanligi va kuch sifatlarini tekshirib, shu asosida talabalar uch guruhga bo’linib mashg’ulotlar olib boriladi. Topshiriqlar: 1. Talabalar bilan savol-javob o’tkaziladi.Ular bilan yaqindan tanishiladi.Tanishishda talaba o’zi haqida ma’lumot beradi va institute hamshirasidan talabalarning sog’ligi to’g’risidagi kartochkasi o’rganilib chiqiladi.Har bir talaba qaysi sport to’garaklarga qiziqadi va to’garaklarga jalb etiladi. 2.Talabalarning yuurak urishi,nafas olishlari engil jismoniy mashqlar berib,bu organlarning faoliyati o’rganiladi. 3. Jismoniy mashqlar bajarish asosida talabalar organizmining jismoniy sifatlarining qay darajada rivojlanganligini tekshirib ko’riladi. Mashg’ulotning borishi: Mashg’ulot institutning jismoniy madaniyat fakul’tetidagi talabalar o’yingohida olib boriladi. 1-bosqich: Guruh bilan tanishiladi.Har bir talaba bilan alohida tanishilib,ular haqidagi zarur axborotlar yig’iladi va talabalarga o’quv yili davomida nimalarga e’tibor qaratishlari haqida jismoniy madaniyat mashg’ulotlarida qanday test-me’yorlari topshirishlari to’g’risida ma’lumotlar beriladi. 2-bosqich:Antropometrik o’lchovlar yani talabalarning bo’yi,vazni hamda institute hamshirasidan olingan talabalarning sog’liga to’g’risidagi kartochkalari o’rganiladi va shu o’rganishning xulosasi asosida mashg’ulot tashkillanadi. 3-bosqich:Talabalarning jismoniy tayyorgarliklari jismoniy mashqlar bajartirish orqali jismoniy yuklamalarga qay darajada tayyorgarlikka ega ekanliklari aniqlanadi. 4-bosqich:Talabalar mashg’ulot davomida jismoniy mashqlar qanday ta’sir etganligi haqida o’z fikrlarini bayon etadi Nazorat savollari: 1. Antropometrik o’lchovlarni bilishlik nima uchun zarur? 2. Bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlanish qanday aniqlash mumkin? 3. O’quvchilar jismoniy tarbiya mashg’lotlarida necha guruhga bo’linadi? 4. Jismoniy tarbiya mashg’uloti o’tilishi shartmi? 5. Jismoniy tarbiya fanining vazifasi nimalardan iborat? 6. Jismoniy tarbiya faning boshqa fanlar bilan bog’liqligini sanab bering? Download 13.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling