1-amaliy mashg’ulot: jismоniy yuklаmаlаrgа mоslаshishi (аdаptаtsiya) vа оrgаnizmning zаhirа imkоniyatlаri amaliy mashg’ulot maqsadi
-amaliy mashg’ulot: JISMONIY MASHQ BILAN SHUG’ULLANUVCHILARNING TOLIQISHINING FIZIOLOGIK ASOSLARI
Download 66.31 Kb.
|
12FFFF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg’ulot rejasi: Toliqish jarayoni haqida tushuncha Toliqish turlari
6-amaliy mashg’ulot: JISMONIY MASHQ BILAN SHUG’ULLANUVCHILARNING TOLIQISHINING FIZIOLOGIK ASOSLARI
Amaliy mashg’ulot maqsadi: Amaliy mashg’ulot davomida jismoniy mashq bilan shug’ullanuvchilarning toliqishining fiziologik xususiyatlari, shuningdek, toliqish davomida energetik resurslarning tugashi, energetik moddalarning parchalanishi, kislorodning yetarlicha kelmasligi tufayli bo‘g‘ilish kabi hodisalarni oldini olishni o’rgatish. Amaliy mashg’ulot rejasi: Toliqish jarayoni haqida tushuncha Toliqish turlari Amaliy mashg’ulot borishi: Toliqish jarayoni haqida tushuncha Toliqish jarayoni — jismoniy ish bajarish davrida turli a’zolar, tizimlar va bir butun organizmda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar. Toliqish holati, vaqtinchalik ish qobiliyatining pasayishi bilan xarakterlanib subyektiv his qilish bilan namoyon bo‘ladi. Kishi, toliqish holatida, jadallikning talab darajasini va ish sifatini (bajarish texnikasini) belgilashga qodir bo‘lmaydi. Toliqishni lokallashtirish va uning mexanizmlari. Turli mashqlarni bajarishda, muayan fiziologik tizimlarning ishtirok etish darajasi bir xil emas. Har qanday mashqni bajarishda asosiy, yetakchi, eng ko‘p ish bajaradigan tizimlarni ajratish mumkin. Ularning funksional imkoniyatlari, insonni ushbu mashqni talab darajasidagi jadallikda va sifatda bajarish qobiliyatini belgilaydi. Bu tizimlar, o‘zining maksimal imkoniyatlariga qarab ish bilan yuklanganlik darajasi, mashqni bajarishning chegaraviy davomiyligini, ya’ni toliqish davrining boshlanishini belgilaydi. Shunday qilib, yetakchi tizimlarning funksional imkoniyatlari, ushbu mashqni bajarishning jadalligini va chegaraviy davomiyligini va sifatini nafaqat belgilaydi, balki limitlashtiradi ham. Turli mashqlarni bajarish paytida, toliqishning sabablari bir xil emas. Birinchi toliqishni lokallashtirish, ya’ni funksional o‘zgarishlar toliqishni kuchayishini belgilaydigan yetakchi tizimni (tizimlarni) ajratish. Ikkinchi toliqish mexanizmlari, ya’ni toliqishning rivojlanishini belgilaydigan yetakchi funksional tizimlar faoliyatidagi konkret o‘zgarishlar. Toliqishning lokalizatsiyasi bo‘yicha, mazmuni bo‘yicha, har qanday mashqning bajarilishini ta’minlaydigan tizimlarning uchta asosiy guruhlarini ko‘rib chiqish mumkin: 1) boshqaruvchi — markaziy, vegetativ asab va gormonal-gumoral tizimlar; 2) mushak faoliyatini vegetativ ta’minlaydigan — nafas, qon va qon aylanish tizimlari; 3) ijrochi tizim — harakat (periferik asab-mushak) apparati. Har qanday mashqni bajarish paytida, mushak faoliyatini boshqaradigan va uni vegetativ ta’minlashni tartibga soladigan asab markazlarining holatida funksional o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bunda, toliqishni eng ko‘p darajada sezadiganlari, po‘stloq asab markazlari hisoblanadi. Markaziy-asabli toliqishning ko‘rinishi — funksiyalarning muvofiqlashuvining buzilishlari (xususan, harakatlarni), toliqish hissining paydo bo‘lishi kabilar hisoblanadi. Toliqish, vegetativ asab tizimi va ichki sekretsiya bezlari faoliyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Uzoq muddat bajariladigan mashqlarda ichki sekretsiya bezlarining roli, ayniqsa, katta (A. A. Viru). Bu tizimlar faoliyatidagi o‘zgarishlar, vegetative funksiyalarni, mushak faoliyatini energetik ta’minlash va hokazolarni boshqarishda buzilishlarga olib kelishi mumkin. Toliqishning rivojlanishiga vegetativ ta’minlash tizimi nafas va yurakqon tomir tizimi faoliyatidagi ko‘pchilik o‘zgarishlar sababchi bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarishlarning asosiy oqibati — ish bajarayotgan odam organizmining kislorod tashish imkoniyatlarining pasayishi. Toliqish, ijrochi apparat — ish bajarayotgan mushaklarning o‘zidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunda, mushaklarning (periferik) toliqishi, yo mushak tolalarining qisqaruvchi apparatlarida, yo asab-mushakli sinapslarda, yo mushak tolalarining elektromexanik aloqalari tizimida yuzaga keladigan o‘zgarishlarning natijasi hisoblanadi. Ushbu lokalizatsiyalarning har birida, mushak toliqishi — mushaklarning qisqaruvchanlik qobiliyatining pasayishida ko‘rinadi (2.10-rasm). Download 66.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling