10-amaliy mashg’ulot: JISMONIY MASHQLARNING FIZIOLOGIK KLASSIFIKATSIYASI VA TA’RIFI
Amaliy mashg’ulot maqsadi:
Amaliy mashg’ulot davomida jismoniy mashqlarning fiziologik klassifikatsiyasi to’g’risida talabalarda ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
Amaliy mashg’ulot rejasi:
Jismoniy mashqlarning fiziologik tasnifi (klassifikatsiyasi)
Jismoniy mashqlarning umumiy fiziologik tasnifi
Sport mashqlarining fiziologik tasnifi
Amaliy mashg’ulot borishi
Jismoniy mashqlarning fiziologik tasnifi (klassifikatsiyasi)
Jismoniy tarbiya va sportning maqsadi, turlari, usullari va shakllari, ommaviyligi va samaradorligini ko‘rib chiqishda tashqi muhit, kundalik turmush, ovqatlanish, yoshi va jinsi bilan o‘zaro bog‘liq holda yondashish zarur.
Jismoniy tarbiya va sport — hayotning subyektiv aspektlari sifatida namoyon bo‘ladi va shuning uchun, alohida har bir inson va butun jamiyatning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Inson o‘zining kundalik hayot faoliyatida, ya’ni uyda, ishlab chiqarishda, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanganda juda xilma-xil harakat amallarini bajaradi. Fiziologiya nuqtayi nazaridan, mashq — ma’lum bir maqsadga erishishga (harakat vazifasini yechishga) yo‘naltirilgan, bir-biri bilan bog‘liq uzluksiz harakat amallarining (harakatlarning) majmuasi hisoblanadi.
Musobaqalashuv sport mashqlarida harakat amallarining majmuasi bo‘lib, imkoni boricha maksimal sport natijasiga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Jismoniy mashqlarning shu jumladan, sport mashqlari sonining ko‘pligi, ularni tasniflash zaruratini keltirib chiqaradi. Fiziologik tasniflash, funksional tavsiflari o‘xshash bo‘lgan jismoniy mashqlarni bir xil guruhlarga birlashtiradi. Bir tomondan, bular shunday jismoniy mashqlarki, ularni muvaffaqiyatli bajarish uchun jismoniy tarbiyaning o‘xshash rejimlari, vositalari va usullari
ma’lum bir darajada qo‘llanishi mumkin. Boshqa tomondan, bitta guruhga shunday jismoniy mashqlar birlashtiriladiki, ular jismoniy tarbiya tizimida teng darajada ishlatilishi mumkin. Bundan ko‘zlangan maqsad — bir xil fiziologik a’zolar, tizimlar va mexanizmlarning funksional imkoniyatlarini, demak, bir xil jismoniy sifatlarni oshirishdan iborat. Masalan, chidamlilikning rivojlanish ko‘rsatkichini belgilovchi yurak-qon tomir va nafas tizimlarining imkoniyatlari, turli jismoniy mashqlarning (uzoq muddatli yugurish, velosiped haydash, suzish, chang‘ida uchish) bir xil guruhini qo‘llagan paytda muvaffaqiyatli darajada ortishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |